Mavzu: transaksion tahlil


Transaksion men holati o’yinlar va ssenariylar


Download 46.83 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi46.83 Kb.
#1615159
1   2   3   4
Bog'liq
TRANSAKSION TAHLIL

3. Transaksion men holati o’yinlar va ssenariylar
Psixolog pozitsiyasi. Psixolopshng asosiy vazifasi -zaruriy insaytni ta’minlash. Shu asosida uning pozitsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablar: hamkorlik, mijozni qabul qilish, Psixolog va ekspert pozitsiyalarini o’zaro birlash-tirishdan iborat. Bunda psixolog mijozning «Katta», «ego-xolati»ga murojaat qilib, «Farzand»iing injiqliklariga erk bermaydi va mijozdagi g‘azablangan «Ota-ona»ni tinchlan-tirmaydi.
Psixologning (mijoz bilan) suhbatda mijozga tushunarli bo’lmagan terminologiyadan xaddan ortiq foydalanishi, uni muammolarni o’z bedadlik (ishonchsizlik)laridan himoyala-nishga intilishi deb hisoblanishi mumkin.
Mijozga qo’yiladigan talab va umidlar (natijalr). Transakt analizdagi ishning asosiy sharti shartnoma tuzishdan iborat. Shartnomada mijoz o’zini oldiga qoyuvchi maqsadlar: mazkur maqsadlarga erishish yo’llari; o’zaro hamkorona ta’sir bo’yicha psixolog takliflari, mijoz bajarishi zarur bo’lgan talablar ro’yxati haqida aniq kelishib olinadi. Mijoz belgilangan maqsadga erishish uchun o’zining qaysi qarashlarini, xis-tuyg‘ularini, xulq-atvor streotiplarini o’zgartirishi kerzkligini hal qiladi. Erta yechim qarorlarni qaytadan ko’rib chiqgandan so’ng, mijoz avtonomiyaga erishish uchun yo’lida fikrlashni, xulq-atvorli va xis-tuyg‘ularini o’zgartiradi. Shartnomaning mavjudligi ikkala tomon (psixolog va mijoz)ning o’zaro mas’uliyatini taqozo etadi.
USULLAR
Oilaviy modelyatsiyalash texnikasi - psixodrama va «ego-xolatlar»niig elementlarini tizimli tahlilini o’z ichiga oladi. Guruhiy o’zaro ta’sir ishtirokchilari o’z oilasi modeli bilan transaksiyalarni qayta ifodalaydi. Mijozning psixologik o’yinlari va undirishlari analizi rituallar, vaqt strukturalashuvchi analizi, muloqotdagi pozitsiya va nihoyat, ssenariy analizi amalga oshiriladi.
Transakt analiz. Guruhli ish turlarida o’ta samarali bo’lib, qisqa vaqtli psixokorreksion ishga mo’ljallangan. Transakt analiz mijozga xulq-atvorni anglamagan sxema va shablonlari chegarasidan chiqib, xulq-atvorning o’zga kognitiv strukturasini olgan holda ixtiyoriy, mustaqil xulq-atvorga erishish imkonini beradi.
Geshtelttterapiya metodi. Frederik Perls tomonidan asoslangan bo’lib ushbu metod geshtalpsixologiyaning “shaklfon” nazariyasi zamirida ishlab chiqarilgan ya’ni biron obe’kt shakl bo’lsa boshqa obe’ktlar shu shaklni anglashga yordamchi fon sifatida xizmat qiladi. Geshtalpsixologiyada birorta anglanilgan shakl bo’lsa boshqa xislar anglanmay qoladi, degan tamoilga tayanadi. Odamlar ruhiy muammolarini keltirib chiqarishda anglanmay qolgan tuzilma geshtalt sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu muammoni yechish uchun geshtalt vujudga kelishi mijoz esa anglab yetishi shart. Buning uchun terapevt shu yerga va hozir tamoilini qo’yadi. Masalan verbalizatsiya orqali shu yerga va xozir anglayapman deb boshlanuvchi so’zlar bilan murojat qiladi. Keyin bu holatlarning yaxshi yoki yomonligi qulay yoki noqulayligi anglanadi. Geshtaltterapevt mijozga o’zini anglashga yordam berish uchun uning hatti - harakatlariga diqqatini qaratadi yani hatti harakatini anglash orqali esa geshtalt tuzilishiga muammo yechilishiga yordam berishi mumkin. Mijozdagi himoyalanish mehanizmlari uning o’ziga anglatish ham geshtaltterapiya yo’lidir, yani odam tashqi olam yo’naltirilgan extiyoj energiyasining ijtimoiy qarama - qarshilik natijasida o’ziga qaytarilishdir. Bu narsa retrofleksiya deb atalib, u o’ziga qaytarish ma’nosini anglatadi. Bu energiya keyinchalik shu yo’nalishagi boshqa ehtiyojlar vujudga kelishiga to’siq bo’lishi mumkin. Masalan birovni o’rniga ehtiyoj tug‘ilishi natijasida odam quyida og‘riq paydo bo’lishi va buning sababini anglash og‘riq zarbasini yo’qotish mumkin. Keyinchalik Perls odam o’zini o’zi qiynashini “ bu narsani qilaman va buni qilmayman “ degan muloxazani “yuqori va pastki ” deb nomlangan.
Neyrolingvistik programmalashtirish.
Eng zamonaviy va keng tarqalgan terapevtik yo’nalish bo’lib u mijozning o’zini anglashga hatti harakatlari va so’zlari o’rtasida qarama qarshilikni tushinib yetishiga va boshqa odam begona ekanligini tushunishiga yordam beradi.
NLP yuqorida taxlil qilingan metodlarning eng samaralilarini tanlab qullash natijasidir. NLP da asosiy lingvistikaga yani so’zlarning tuzilishi ruhiy olamning ko’rsatkichi sifatida qo’llashga asoslanadi. Reprezintiv sistemada tashqi olam 1 audial 2 vizual 3 kinistik yani asosiy masofali va ichki harakat retseptorlari asosida qabul qilinib shu asosda tashqi olamga nutq orqali javob qaytariladi deb tushuntiriladi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan terapevtik metodlar ishlashi uchun hozirgi vaqtda ijtimoiy psixologik terapevtik guruxlar bilan ishlash yo’nalishi rivojlantirilgan. 1 yilda psixodramma haqida qisqacha to’xtalib guruxiy terapiya yo’llarini ko’rib o’tamiz.
Amerikalik psixolog F.Perlz tomonidan geshtaltpsixologiya, ekzistensializm, psixoanaliz g‘oyalari ta’sirida yaratilgan metod amaliyotda katta muvaffaqiyatga erishdi. F.Perlz tomonidan geshtaltpsixologiyada idrok sferasiga qo’yilgan figura (shakl) yuzaga kelish qonuniyatini inson xulq-atvori motivatsiyasi sohasiga ko’chirdi. U ehtiyojlarni yuzaga kelishi va qondirilishini geshtaltlar shakllanish va yakunlanish ritmi sifatida ko’rib chiqgan. Perlz bo’yicha, motivatsion sfera organizmning o’zini regulyatsiya qilish tamoyili asosida o’z funksiyasini bajaradi.
Inson o’zi va uni o’rab turgan atrof-olam bilan muvozanatda bo’ladi. O’z ehtiyojlarini, moyilliklarini realizatsiyalash -uyg‘un, sog‘lom shaxsga erishish yo’lidir. O’z ehtiyojlarini qondirishga, surunkali tarzda to’sqinlik qiluvchi, o’z «Men»ini realizatsiyasidan bosh tortgan inson vaqt qadriyatlarga amal qila boshlaydi, bu esa o’z navbatida organizmning o’zini regulyatsiyalash jarayonining buzilishiga olib keladi. Geshtaltterapiyaga muvofiq organizm bir butun deb ko’rib chiqiladi va xulq-atvorning har qaysi aspektida insonning butun hayoti namoyon bo’lishi mumkin deb hisoblanadi. Organizm-muhit, inson esa keng «dala»ning bir bo’lagidir. Sog‘lom shaxsda muhit bilan chegara xarakatchan bo’lib, aniq bir ehtiyojning paydo bo’lishi muhit bilan «kontakt» (aloqa)ni talab etadi va geshtaltni shakllantiradi, ehtiyojni qondirish esa geshtaltni yakunlaydi va muhitdan «chetlanishini» talab etadi. Nevrotik shaxsda «kontakt» va «chetlashish» jarayonlari qattiq buzilgan bo’lib, ehtiyojlarni adekvat qondirilishini ta’minlaydi.
F.Perlz shaxsiy o’sish - o’zini regulyatsiyalashga hamda ichki dunyo va muhit o’rtasidagi muvozanatni koordinatsiyalashga imkon beruvchi o’zini anglash zonalarini kengayish jarayoni deb hisoblagan. U anglashni uch zonasini ajratib ko’rsatadi:
Ichki - badanimizda amalga oshuvchi hodisa va jarayonlar.
Tashqi - ongda aks etuvchi tashqi voqea-hodisalar.
O’rta - fantaziyalar, e’tiqodlar, munosabatlar. Nevrozda birinchi ikkita geshtaltterapiyada o’zini
regulyatsiya qilish jarayonining buzilishini besh mexanizmi farqlanadi:
Introyeksiya
Proyeksiya
Retrofleksiya
Defleksiya
Konfluyensiya
Intiroyeksiya . - Odamning tashqi olamidagi narsalarni birovlar obro’yiga asoslanib qabul qilib olish.” Intrekt singmay qolgan “, “chaynalmagan ovqatga o’xshaydi”, - deb yozadi Perls Interektni anglash xam muammoni yechishga yordam beradi Masalan, “Qiz bolaning sochi uzun bo’lishi kerak”. Degan fikr intrekt bo’lishi mumkin. Bu narsani anglamasdan qabul qilingan qiz chiroyli bo’lish uchun sochini kestiradi. Va vijdon azobida qoladi. Buni tushunib yetishi uni vijdon azobidan qutqaradi.
Proyeksiya. - Intiroyeksiyaga qarama – qarshi, o’z fikrini boshqalarning fikrlari deb qabul qilish. Masalan, hammaga qarama - qarshi turadigan odam “ Boshqalar ham menga qarshi” degan fikrda bo’lishi mumkin. Boshqalar bunday fikrda bo’lmasa – da, o’z fikrlaridan qaytmaydi. Perls proyeksiyasining oldini olish uchun “o’z fikriga javobgar qiling” degan g‘oyani ilgari suradi. Javobgarlikni qabul qilish orqali, yani muammo o’ziniki ekanligini qabul qilish natijasida mijoz yetuklikka yetishi mumkin. Geshtaltterapiya - shaxsning o’zligini anglashga ana shu orqali o’z muammolarini xozir va u yerda xal qilishga yordam beruvchi metod.
Retrofleksiya-o’ziga burish - ma’lum bir ehtiyojlar ijtimoiy muhit to’sqinligi sababli qondira olinmaganligi natijasida, tashqi muhitda manipulyatsiyalashga mo’ljallangan. Energiyani o’ziga yo’naltirish hollarida kuzatiladi va qondirilmagan ehtiyoj yoki yakunlanmagan geshtalt sifatida ko’pgina agressiv hissiyotlar kabi namoyon bo’ladi. «U boshqalarga qilmoqchi bo’lganlarni o’zicha qiladi». «Men» va boshqalar orasidagi ziddiyat ichki shaxsiy ziddiyatga aylanadi. Nutqda «Men»... qilishga o’zimni majburlashim kerak» kabi jumlalar mavjudligi retrofleksiya ko’rsatgichi hisoblanadi.
Defleksiya - real kontakt (aloqa)dan qochish. Defleksiyaga ega inson boshqa odamlar, muammo va vaziyatlar bilan bevosita aloqadan bosh tortadi. Defleksiya ko’p gapirish, rituallik, xulk-atvor, ziddiyatli vaziyatlarni «tekislash» tendensiyasi shaklida namoyon bo’ladi.
Konfluensiya (yoki qo’shish) - «Men» va atrof olam o’rtasidagi chegara namoyon bo’ladi. Bunday mijozlar qiyin-chilik bilan o’z fikr, tuyg‘u va xohishlarini boshqalarnikidan farqlay oladilar. Konflueitsiya o’zida bir qator himoya mexanizmlarini mujassam etib, undan foydalanishda individ o’zining asl «Men»idan voz kechadi.
Neyrolingvistik programmalashtirish.
Eng zamonaviy va keng tarqalgan terapevtik yo’nalish bo’lib u mijozning o’zini anglashga hatti harakatlari va so’zlari o’rtasida qarama qarshilikni tushinib yetishiga va boshqa odam begona ekanligini tushunishiga yordam beradi.

XULOSA
Eksperimental «oshirib yuborish». Texnika tana, ovoz va boshqa xatti-harakatlarni giperbolizatsiyalash orqali o’zini anglash jarayonini yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bunda ba’zi jumlalarni balandlashuvchi ovozda takrorlash, imo-ishoralarni yaqqolroq bajarish orqali u yoki bu xulq-atvorga oid hissiyotlar intensifikatsiyalanadi.
Tugallanmagan ish. Har bir yakunlanmagan geshtalt - bu yakunlashni talab etuvchi tugallanmagan ishdir. Ko’pchilik odamlarda qarindoshlari, ota-onasi, hamkasblari va h.z.lar bilan bog‘liq ko’pgina hal etilmagan muammolar mavjud. Ko’p hollarda ular aytilmagan shikoyatlar va qarshiliklardan iborat bo’ladi. Bunda mijozga «bo’sh kursi» usuli orqali hayoliy suhbatdoshga yoki tugallanmagan ishga bog‘liq guruh azosiga o’z hissiyotlarini so’zlab berish taklif etiladi. Bu hissiyotlar qatorida aybdorlik va xafalik hislari asosiy o’rin egallaydi.
Tasavvurga proyeksiyalash o’yinlarida proyeksiya jarayonini illyustratsiyalaydilar hamda qatnashchilarga shaxsnig rad etilayotgan aspektlarini identifikatsiyalashga yordam beradilar.
Bulardan eng mashhuri «Eski tashlandiq do’kon» o’yinidir. Mijozga ko’zini yumib, tinchlanish va kechqurun kichik ko’cha bo’yicha eski tashlandiq do’kon oldidan o’tayotganini faraz qilish so’raladi. Uning oynalari iflos, lekin ulardan yaxshilab qaralsa, do’konda bir predmet borligini ko’rish Aylana bo’iicha yurish yoki aylana qilish. Guruhli ishlarda qo’llaniluvchi mashhur psixotexnika bo’lib, bunda yetakchi(psixoterapiyani olib boruvchi) iltimosi bilan mijoz guruxdagi boshqa qatnashchilarni navbatma-navbat aylanib chiqib, ularga biron gap aytadi yoki ular bilan biron xatti- harakatlar amalga oshiradi. Bu vaqtda guruh azolari javob qaytarish huquqiga ega bo’ladilar. Mazkur texnika guruh azolarini faollashtirish, ularni yangicha xulq-atvor va o’zini ifodalash ozodligida tavakkal qilishga undash maqsadida qo’llaniladi. Qo’p hollarda quyidagiga o’xshash tugallanmagan jumlali ko’rsatma beriladi: «Marhamat, har bir katnashchining oldiga borib, quyidagi jumlani yakunlang- Menda bo’lganligi sababli, men o’zimni noqulay sezyapman».

Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling