Mavzu: Transformatorlar Reja: Kirish Transformatorlar


Download 0.65 Mb.
bet3/5
Sana15.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1777100
1   2   3   4   5
Bog'liq
Transformatorlar

2. Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsienti
Har qanday elektr mashinalaridagi kabi transformatorlarda ham keltirilgan energiyaning bir qismi uning o‘zida isrof bo‘ladi. Bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat:
1. Tokning issiqlik ta’siri tufayli mis chulg‘amlarda yuzaga kelgan quvvat isrofi

2. Magnit oqimining o‘zgaruvchanligi tufayli yuzaga kelgan po‘lat o‘zakdagi gisterezis va uyurma toklarga sarf bo‘ladigan quvvat isrofi Pn = Pr + Py Bu quvvat isrofi po‘lat o‘zakning materialiga, magnit induksiyasiga va o‘zgaruvchan tokning chastotasiga bog‘liq.
3. Transformatorning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan quvvat isrofi Pk.
Bulardan Pm va Pn asosiy isroflar hisoblanadi. Mis chulg‘amlardagi quvvat isroflari yuklamaga bog‘liq bo‘lgani uchun o‘zgaruvchan, po‘lat o‘zakdagi quvvat isroflari Pn esa transformatorning ish jarayonidan o‘zgarmas (nominal kuchlanish chegarasida) dir.
Transformatorning foydali ish koeffitsienti
bu yerda: P1 - transformatorning kirish tomonidagi quvvati; P2 - transformatorning chiqish tomonidagi foydali quvvati; ΔP - transformatordagi to‘la quvvat isrofi.
Agar transformatorning foydali ish koeffitsientini uning qanday yuklanganligini ko‘rsatuvchi yuklanish koeffitsienti
cosφ2 yuklama quvvat koeffitsienti, Snom transformatorning to‘la quvvati, VA. Katta quvvatli transformatorlarning foydali ish koeffitsienti 0,97‚0,99, kichik quvvatlilarniki esa 0,82‚0,9 atrofida bo‘ladi. Transformatorlarda Rp=Pm bo‘lganda uning yuklanish koeffitsienti optimal (βopt 0,50,6) bo‘lib, bunda transformatorning foydali ish koeffitsienti eng yuqori bo‘ladi.
3. Transformatorning nominal kattaliklari va ish rejimlari
Transformatorlardan normal foydalanish maqsadida uning pasportida quyidagi nominal kattaliklar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
1) transformatorning turi;
2) chiqish tomonidagi nominal quvvat Snom, kVA;
3) birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal liniya kuchlanishlari (U1nom va U2nom ) kV;
4) salt ishlagandagi quvvat isrofi (P0 = Pp ) , kVt;
5) mis chulg‘amlardagi, ya’ni qisqa tutashuv paytidagi quvvat isrofi (Pm= Pk) kVt;

6) qisqa tutashuv kuchlanishi (uq ) %
7) yuklama nominal va uning yarmiga teng hamda cosφ2 =1 dagi foydali ish
koeffitsienti.
Transformator birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining nominal toklari esa uning nominal kattaliklaridan hisoblab topiladi.
Bir fazali transformatorlarda
Kichik quvvatli transformatorlarning nominal kuchlanishi va toki xujjatda ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling