Mavzu: Transformatorlar Reja: Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi 2
Download 469.93 Kb.
|
MAVZU
4.2-rasm 4.3-rasm. (a va b) Transformatorning manbadan (tarmoqdan) olayotgan birlamchi quvvati P1 = U1 · I1 · cosφ1 bo‘lsa, uning iste’molchiga berayotgan ikkilamchi quvvati P2 = U2 · I2 · cosφ2 Agar transformatordagi quvvat isrofi hisobga olinmasa, bo‘ladi. Birlamchi va ikkilamchi zanjirlardagi faza siljish burchaklarini taxminan bir xil desak, U1 · I1 = U2 · I2 deyish mumkin. Agar kuchlanishlar bir-birlari bilan xuddi EYuK lar kabi nisbatda bo‘ladi desak, transformatsiya koeffitsientini quyidagicha qayta yozish mumkin: Transformatorlarning asosiy turlari: Bir fazali va uch fazali kuchli transformatorlar - ular elektr energiyani olisga uzatishda, iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi. Avtotransformatorlar - iste’molchiga beriladigan kuchlanishni biroz o‘zgartirish yoki noldan boshlab oshirish uchun ishlatiladi. O’lchov transformatorlar yuqori kuchlanishni va kata toklarni oddiy o‘lchov asboblari bilan lchashga imkon beradi. Payvandlash transformatorlari. Metall buyumlarni, konstruktsiyalarni va hokazolarni eritib, o’zaro ulash uchun xizmat qiladi. 2. Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsientiHar qanday elektr mashinalaridagi kabi transformatorlarda ham keltirilgan energiyaning bir qismi uning o‘zida isrof bo‘ladi. Bu quvvat isroflari quyidagilardan iborat: Tokning issiqlik ta’siri tufayli mis chulg‘amlarda yuzaga kelgan quvvat isrofi P m = R 1 + · R 2 Magnit oqimining o‘zgaruvchanligi tufayli yuzaga kelgan po‘lat o‘zakdagi gisterezis va uyurma toklarga sarf bo‘ladigan quvvat isrofi Pn = Pr + Py Bu quvvat isrofi po‘lat o‘zakning materialiga, magnit induksiyasiga va o‘zgaruvchan tokning chastotasiga bog‘liq. Transformatorning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan quvvat isrofi Pk. Bulardan Pm va Pn asosiy isroflar hisoblanadi. Mis chulg‘amlardagi quvvat isroflari yuklamaga bog‘liq bo‘lgani uchun o‘zgaruvchan, po‘lat o‘zakdagi quvvat isroflari Pn esa transformatorning ish jarayonidan o‘zgarmas (nominal kuchlanish chegarasida) dir. Transformatorning foydali ish koeffitsienti bu yerda: P1 - transformatorning kirish tomonidagi quvvati; P2 - transformatorning chiqish tomonidagi foydali quvvati; ΔP - transformatordagi to‘la quvvat isrofi. Agar transformatorning foydali ish koeffitsientini uning qanday yuklanganligini ko‘rsatuvchi yuklanish koeffitsienti cosφ2 yuklama quvvat koeffitsienti, Snom transformatorning to‘la quvvati, VA. Katta quvvatli transformatorlarning foydali ish koeffitsienti 0,97‚0,99, kichik quvvatlilarniki esa 0,82‚0,9 atrofida bo‘ladi. Transformatorlarda Rp=Pm bo‘lganda uning yuklanish koeffitsienti optimal (βopt 0,5‚0,6) bo‘lib, bunda transformatorning foydali ish koeffitsienti eng yuqori bo‘ladi. Download 469.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling