3. CHulg’amlari yulduz-yulduz (y/y) sxemada ulangan transformatorlarda magnitlanish jarayoni
Yuqorida ko’rib o’tganimizdan bizga mahlumki, chulg’amlari Y/Y sxemada ulangan transformatorlarning birlamchi va ikkilamchi chulg’amlaridagi magnitlovchi toklarning tarkibida uchga karrali (=3,9,15...) garmonikalar mavjud bo’la olmaydi, lekin faza chulg’amlarida hosil bo’lgan magnit oqim tarkibida asosiy F1 magnit oqim bilan birga uchinchi garmonikaning magnit oqimi F3 ham mavjud bo’ladi. Demak, chulg’amlari Y/Y sxemada ulangan transformatorlarning magnit oqimining tarkibida magnit sistemaning ustunlarida faza bo’yicha bir xil yo’nalgan uchinchi garmonikani magnit oqimlari F3 mavjud bo’lar ekan. Magnit oqimining uchinchi garmonikasi magnit o’zak orqali o’ta olmasdan bir to’sindan ikkinchisiga transformator moyi yoki havo orqali, shuningdek bak va boshqa konstruktiv elementlar orqali oqib o’tishi mumkin. SHuning uchun faza elektr yurituvchi kuch va kuchlanishlari nosinusoidal bo’ladi, ularning tarkibida Ye3 mavjud bo’ladi, lekin tarmoq kuchlanishlari sinusoidal bo’ladi. Agar F3 asosiy oqimning 10 % ni tashkil etsa, Ye3 esa 30 % ni tashkil etadi, chunki F3 uch marta katta chastotada o’zgaradi. SHunday qilib, chulg’amlari Y/Y sxemada ulangan uch fazali transformatorlarning faza kuchlanishlari sinusoidal ko’rinishda bo’lmaydi, uch ustunli chulg’amlari Y/Y sxemada ulangan transformatorlarda uyurma toklar tahsirida quvvat isroflari ortib ketadi.
Agar 0 simdan yoki sim o’rniga qarshilikdan foydalanilsa bunday hol yuz bermasligi mumkin. SHuning uchun yuqori kuchlanishli transformatorlarning chulg’amlari Y/Y sxemada ulanmaydi, agarda ishlab chiqarish korxonasining extiyojiga ko’ra shunday sxemada ulanish talab qilinsa, u holda transformatorning ustunlariga uchinchi garmonika tokiga hisoblangan uchinchi chulg’am o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |