Mavzu: Transport immobilizatsiyasini qo’yish qoyidalari(Desmurgiya). Bintli bog’lamlarning turlari Reja
Download 81.74 Kb.
|
4-MavzuTransport immobilizatsiyasi.
Velpo bog‘lami
Sut bezini kesib tashlash operatsiyalarida va yelka bo‘g‘imining chiqishlari o‘rniga solingach, bu bog‘lamlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Qo‘lning tirsagi yuqoriga ko‘tarilib, panjalar sog‘lom tomondagi yelka ustiga qo‘yiladi. Bintlash kasal tomondan boshlanadi. Bog‘lam bintning ikkita yo‘lidan tashkil topadi. Birinchi yo‘l sirkular bo‘lib, qo‘lni ko‘krakka mahkamlaydi, u sog‘lom tomondagi qo‘ltiq ostidan orqaga o‘tib, qiyshiq yo‘nalishda kasal tomondagi yelka ustiga chiqadi. Ikkinchi yo‘l ko‘krak qafasi oldidan pastga qarab sog‘lom qo‘ltiq ostidan o‘tadi va sog‘lom yelka usti orqali o‘tib, qo‘lni mustahkamlaydi. Ko‘krak qafasining spiral bog‘lami. Uzunligi 100–120 sm ga teng bint olinib, o‘ng yoki chap yelka ustiga tashlanadi. Bintning bir uchi ko‘krakda, boshqa uchi orqada osilib turadi. Sirkular yo‘l bilan xanjarsimon o‘simtadan sal pastroqda bint ikki aylantirib mahkamlanadi, keyin spiralsimon yo‘l bilan yuqoriga ko‘tarilib, oldingi yo‘lning yarmini yoki 2/3 qismini berkita boradi. Shunday qilib, butun ko‘krak qafasi qo‘ltiqosti chuqurchasiga qadar bint bilan berkitiladi. Bintning erkin osilib turgan uchlari qarama-qarshi yelka ustiga bog‘lab qo‘yiladi. Qorin sohasi va tos-son bo‘g‘imiga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Qorin sohasiga spiralsimon ko‘rinishdagi bog‘lamlar qo‘yiladi. U pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi. Bog‘lam sirpanib tushib ketmasligi uchun, terining bir necha joyiga kleol surkab qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Tosson bo‘g‘imiga boshoqsimon tipdagi bog‘lam qo‘yiladi. Bu bog‘lam qorinning pastki qismini ham o‘z ichiga oladi. Bog‘lamning aynan qaysi joyga qo‘yilishiga qarab (yonbosh, oldinda, orqada) yonbosh, oldingi yoki orqa boshoqsimon bog‘lamlardan iborat bo‘ladi. Chot sohasidagi jarohatni bog‘lashda bintlash shikastlangan tomondan boshlanadi. Avval bint sirkular yo‘llar bilan qorin atrofida mahkamlanadi. Keyin qorinning oldingi tomonidan sonning oldingi tomoniga o‘tiladi – ichki yarim aylanasiga va ichki yuzasiga qaytadi. Keyin bint qiyshiq holatda tepaga va qovga yo‘nalib, oldingi yo‘lni berkitadi va tepaga qorin atrofiga ko‘tariladi. Bu yo‘llar qov sohasi to‘liq berkulgunga qadar davom ettiriladi. Download 81.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling