Mavzu: Transport immobilizatsiyasini qo’yish qoyidalari(Desmurgiya). Bintli bog’lamlarning turlari Reja


Tananing alohida joylariga qo‘yiladigan


Download 81.74 Kb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi81.74 Kb.
#1540534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-MavzuTransport immobilizatsiyasi.

Tananing alohida joylariga qo‘yiladigan
bog‘lamlar

Boshning uncha katta bo‘lmagan jarohatlarida leykoplastrli, kollodiyli, kleolli bog‘lamlar qo‘yish mumkin, bunda bog‘lam qo‘yiladigan joydagi sochlar yaxshilab qirib tashlanishi lozim. Shuni qayd qilish kerakki, tananing tukli qismlarida yelimli bog‘lamlar yaxshi ushlamaydi. Shuning uchun ham bunday joylarda sopqonsimon va ro‘molli bog‘lamlarni ishlatish ma’qulroq.


Boshga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Boshga quyidagi bintli bog‘lamlar
qo‘yiladi: qaytar bog‘lam, «Gippokrat qalpog‘i», qalpoqchali bog‘lam, bir
yoki ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam, «yugan»simon va boshqalar.
«Gippokrat qalpog‘i» quyidagicha qo‘yiladi: bir qo‘lga birinchi o‘ram, ikkinchi qo‘lga ikkinchi o‘ram bint olinadi. Har ikkala bintning bo‘sh uchlari ensa do‘ngligining pastrog‘iga joylashtiriladi. Har ikkala bint bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda peshona do‘ngi o‘rtasiga olib boriladi. O‘ng qo‘ldagi bint o‘rami sirkular aylanishlar hosil qiladi, bunda har bir qaytib keladigan aylanish undan avvalgi aylanishning 1/2 yoki 2/3 qismini qoplab olishi kerak. Ayni bir paytda sirkular aylanish hosil qilayotgan bint qaytar aylanish qilayotgan chap qo‘ldagi bintni har doim mahkamlab boradi. Bu narsa boshning gumbazi to‘liq qoplangunga qadar davom ettiriladi.
Boshning qalpoqchali bog‘lami (3- rasm). Bu bog‘lam eng qulay va ishonchli hisoblanadi, chunki bunday bog‘lam qo‘llanilganda uning bo‘shashib, o‘rnidan qo‘zg‘alishiga hech qanday imkon bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bu bog‘lamni qo‘yish texnikasi sodda bo‘lib, u quyidagicha amalga oshiriladi: uzunligi 80–90 sm bo‘lgan bint olinadi (bint bog‘ich). U tepa suyagining o‘rta qismiga shunday qo‘yiladaki, bunda uning uchlari quloqlarning old qismidan pastga vertical tushib turadi. Bintning har ikkala bo‘sh uchini tarang holda ushlab turish kerak (bintni kasal yoki yordamchi tortib ushlab turadi). O‘ng qo‘l bilan bint o‘ramini olib bosh atrofidan birinchi sirkular yo‘l bilan aylantiriladi (bu mahkamlovchi yo‘l bo‘lib hisoblanadi). Uni 2–3 marta aylantirib ishonchliligini oshirish ham mumkin.


3-rasm.

Mahkamlovchi sirkular yo‘ldan keyin, bog‘ichga borgach, bint uning atrofidan va pastidan aylantirilib, peshona yoki ensa tomonga o‘tiladi, keyin bint qarama-qarshi tomonga boshqa bog‘ichga yo‘naltiriladi, undan aylantirilib yana qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi, bunda har bir galdagi aylana avvalgi aylanishning bir qismini berkitib boradi, u bosh gumbazi berkilgunga qadar davom ettiriladi. Shundan keyin bir yoki ikkita sirkulyar yo‘l bilan bint mahkamlanadi, bog‘ichlarning biridan o‘tkaziladi va bog‘ichning ikkinchi uchi bilan iyak ostidan bog‘lab qo‘yiladi.


Ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam monokulyar bog‘lam deyiladi. Shuni yodda tutish kerakki, bintlash kasal ko‘zdan boshlanadi. Bintni bosh atrofidan sirkular yo‘l bilan o‘tkazib (bunda peshona va ensa do‘nglari qamrab olinadi) mahkamlovchi aylana hosil qilinadi. Keyin bintni orqa tomondan ensaga qarab yo‘naltirib, uni shikastlangan ko‘z tomondagi quloqning ostidan olib o‘tib, chakka orqali yuqoriga ko‘tariladi va u shikastlangan ko‘zni berkitadi. Mana shu ikkinchi yo‘l orqali sirkular mahkamlovchi yo‘lga o‘tadi, keyin yana ikkinchi yo‘lga qaytiladi. Shu yo‘sinda yo‘llarni galma-gal almashtirib kasal ko‘z berkitiladi.
Har ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam – binokulyar bog‘lam deb ataladi. Bu bog‘lam ham bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam kabi boshlanadi. Sirkular-mahkamlovchi yo‘l qilingach, ikkinchi yo‘l quloq ostidan o‘tadi, ko‘zni berkitib yana mahkamlovchi sirkular yo‘l hosil qilib, keyin peshona orqali pastga tushib, ikkinchi ko‘zni yopadi, uni quloq ostidan o‘tkazib yana mahkamlovchi sirkular yo‘lga qaytiladi. Shunday qilib, bu bog‘lamda uchta yo‘l navbatma-navbat takrorlanadi: sirkular – mahkamlovchi yo‘l, ikkinchisi quloq ostidan bir ko‘zga, uchinchisi peshonadan ko‘zga tushib uni berkitgach, quloq ostiga yo‘naladi.
«Yugan» bog‘lami (4-rasm). Bu bog‘lam yuz, iyak sohasi va ba’zan tananing
tukli qismlarini bog‘lashda tavsiya etiladi. «Yugan» bog‘lami 4 ta navbatlashuvchi
yo‘llardan tashkil topadi. Birinchi va ikkinchi yo‘llar – sirkular mahkamlovchi
(ensa va peshona do‘nglaridan o‘tadi) yo‘llardir. Uchinchi yo‘lda bint ensa orqali
iyakka o‘tadi. Keyin bint vertikal holatda 4, 5 va 6-yo‘llar bilan iyak ostidan o‘tadi.
Keyin bint gorizontal holatga (aylana yo‘l) o‘tib, 7 va 8-yo‘llarni hosil qiladi. Keyin bog‘lam qotiriladi. Mana shu yo‘llarni navbati bilan almashtirib, butun boshni yoki ikkala chakkani bog‘lam bilan yopish mumkin.
4-rasm.
Barmoqlar bog‘lami. Bitta barmoqni bintlashda birinchi (mahkamlovchi)
Sirkular yo‘l bilan bo‘g‘imning yuqorirog‘idan bir necha marta aylantirib qo‘yiladi. Keyin bint panjalarning orqa tomonidan qiyshiq yo‘naltirilgan holda shikastlangan barmoqning tirnoq jimjilog‘iga olib boriladi. Uni berkitib orqaga qaytiladi, keyin spiral yo‘llar bilan tirnoq jimjilog‘idan barmoq asosigacha bintlanadi, panjaning orqa yuzasida bint kesishib o‘tgach, sirkular yo‘llar bilan birlamchi mahkamlovchi yo‘llarga keltirib yana mahkamlanadi.
Barmoqlarning «qo‘lqop» bog‘lami xuddi shu tarzda amalga oshiriladi, bu yerda bitta barmoq emas, hamma barmoqlar bintlanadi. O‘ng qo‘lni bog‘lashda bosh barmoqdan, chap qo‘lni bog‘lashda 5-barmoq (jimjiloq)dan boshlash kerak. Bosh barmoqqa bog‘lam boshoqsimon ko‘rinishda, qolgan barmoqlarga esa bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishda qo‘yilishi mumkin.
Panjalar bog‘lami. Panjalarga bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishda bog‘lanadi. Avval to‘rtta barmoq birgalikda, keyin bosh barmoqqa bog‘lov alohida bajariladi.
Bilaklar bog‘lami. Spiralsimon ko‘rinishda bukishlar hosil qilib bog‘lam qo‘yiladi.
Tirsak bo‘g‘imiga bog‘lam qo‘yish zarurati bo‘lganda tirsakni 900 li burchak ostida bukib, bog‘lam toshbaqasimon – tarqaluvchi yoki qo‘shiluvchi ko‘rinishda qo‘yiladi.
Yelkaning boshoqsimon bog‘lami. Bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan holatda amalga oshiriladi. Bintning birinchi yo‘llari (sirkular) mahkamlovchi bo‘lib hisoblanadi. Qo‘ltiq osti chukurchasiga uning yiringli yallig‘lanish jarayonlarida (gidradenit) bog‘lov qo‘yiladi. Desmurgiyaning ko‘plab qo‘llanmalarida berilgan bog‘lovlar o‘rnidan oson qo‘zg‘alib tushib ketadi. Bu kamchilliklardan xoli qulay va bo‘lgan usul sopqonsimon usuldir. Uni qo‘yish uchun keng bint (kengligi – 16–20 sm, uzunligi – 1 m) olinib, ikki uchi to‘rtga ajratib kesiladi. Bintning kesilgan qismi qo‘ltiq osti chuqurchasiga shunday qo‘yiladiki, to‘rtta tasmasi ko‘krak qafasiga, to‘rtta tasmasi yelkaga chiqib turadi. Ko‘krakka ketadigan ikki uchi ko‘krak atrofida, qolgan ikkitasi yelka usti va bo‘yin o‘rtasida mahkamlanadi. Qarama-qarshi tomondagi ikkita tasma yelka
atrofida va yelka usti sohasida mahkamlanadi. Mahkamlanishning yaxshi
chiqishi uchun terining bog‘lam turadigan joylariga kleol surkab qo‘yish
maqsadga muvofiqdir.
Ko‘krak qafasini bintlashda butsimon, sakkiz ko‘rinishdagi bog‘lamlar qo‘llaniladi.



Download 81.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling