Mavzu: Transport logistikasi
Transport logistikasining mohiyati va vazifalari
Download 80.1 Kb.
|
Transport logistikasi (2)
1.Transport logistikasining mohiyati va vazifalari
Transport – bu odamlar va yuklar tashishni amalga oshiruvchi, moddiy ishlab-chiqarish tarmog‘idir. Jamiyat ishlab-chiqarishi tuzilmasida, transport moddiy xiz-matlar ishlab-chiqarish sohasiga mansubdir. (9.1.-rasm) Moddiy oqimning birlamchi xom-ashyo manbaidan oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan xarakati davomidagi logistik operatsiyalarning anchagina qismi, turli xil trans-port vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarning xarajatlari, umu-miy logistika xarajatlarining 50%gacha tashkil etishi mumkin. Transport ishlab-chiqarish va savdo jarayonlariga juda yaxshi kirib borgan. Shu-ning uchun ham transport, logistikaning ko‘pgina masalalarida ishtirok etadi. Shu bilan birga logistikaning yetarlicha mustaqil bo‘lgan transport sohasi ham mavjud. Unda transport jarayoni ishtirokchilari orasidagi kelishuvlar, ularga mos moddiy oqim xarakatining ishlab-chiqarish-ombor bo‘limlariga aloqasi bo‘lmagan tarzda ko‘-rib chiqilishi ham mumkin. Transport logistikasi vazifalariga, birinchi navbatda, o‘z yechimi bilan, trans-port jarayonining bevosita ishtirokchilari xarakatlarini o‘zaro kelishilganligini kuchaytiruvchi, vazifalar kiradi. Bunday vazifalarni yechishning dolzarbligi, trans-port ishlari alohida bir sohaga aylanganida paydo bo‘ladi. rasm. Transportning jamiyat ishlab-chiqarishidagi o‘rni. Transport jarayonlarini tashkil etishga logistik yondashuv xususiyatlarini, aralash ta-shishdagi transport zanjiri bo‘g‘inlarining o‘zaro ta’siri misolida tushuntirishimiz mum-kin. (9.2.-rasm) Bir necha transport turlari ishtirokida tashishning ana’naviy tashkil etilishi.rasmdan ko‘rinib turibdiki butun oddiy oqimni boshqarishning yagona funksiyasi mavjud emas. Axborot va moliya mablag‘larining xarakati jarayonida bo‘g‘inlarning o‘zaro ke-lishuvi darajasi past, chunki ularning xarajatlarini hech kim boshqarmaydi. rasmda tasvirlangan aralash tashishni tashkil etish butunlay boshqacha xususiyatga ega. Tranportda logistikaning qo‘llanilishi, ishlab-chiqarish yoki savdodagi kabi raqobat-chilarni transport jarayonida bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi hamkorlarga aylantiradi. Logistika, aytib o‘tilganiday, bu yagona texnika, texnologiya, iqtisod va rejalashti-rishdir. Bunga muvofiq transport logistikasi vazifalariga transport jarayoni ishtirok-chilarining texnik va texnologik ta’minotini, ularning iqtisodiy manfaatlari o‘zaro mos kelishini, hamda rejalashtirishning yagona tizimlarini ishlatishni kiritish lozim. Bu va-zifalarning har biriga qisqacha tavsif berib o‘tamiz. Butun yagona tashish jarayonining moddiy oqimini loyihalash va chiqib ketishda beril-gan parametrlarga erishish imkoniyatlarini yaratadi. Aralash tashishlarni tashkil etishga an’anaviy va logistik yondashuvlarning taqqosla-ma tavsifi 9.1.-jadvalda keltirilgan. T ransport majmuidagi o‘zaro bog‘langan transport turlarining ayrimlari ichida va turlararo qismida parametrlarning kelishilmaganligini bildiradi. Download 80.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling