Mavzu: Transport logistikasi
Qishloq xo‘jaligi ishlab-chiqarishini tashkil etish jarayonlarida transport vositalarining turlarini va sonini tanlash
Download 80.1 Kb.
|
Transport logistikasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil transporti. Qisqa masofalarga
Qishloq xo‘jaligi ishlab-chiqarishini tashkil etish jarayonlarida transport vositalarining turlarini va sonini tanlash.
Transport vositalarining turlari va sonini aniqlash vazifasi logistikaning boshqa masalalari bilan aloqadorlikda yechiladi. Muayyan bir tashish uchun optimal bo‘lgan transport turini tanlash asos bo‘lib bo‘lib, transportning xar xil turlari-ning xususiyatlari to‘g‘risidagi axborot xizmat qiladi. logistika nuqtai nazaridan transportning asosiy turlarini ustunlarini va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz. Avtomobil transporti. Qisqa masofalarga (200-300км) tashishlarni amalag oshirish uchun avtomobil transporti ishlatiladi. Asosiy usutunliklardan biri – yuqori xarakatchanligidir. Avtomobil transporti yordamida yuk «eshikdan eshikga-cha» zaruriy tashishning tezkorlik bilan yetkazishi mumkin. Transportning bu turi yetkazishlar muntazamligini hamda kichik hajmlardan yetkazishlar imkoniyatini ta’-minlaydi. Bu yerda, boshqa turlarga nisbatan mahsulot qadoqiga u daraja qattiq ta-lablar qo‘yilmaydi. Avtomobil transportining asosiy kamchiligi bu tashishlar tannarxining nis-batan yuqoriligi. Odatda tashish uchun to‘lov avtomobilning maksimal yuk kutara oli-shi buyicha olinadi. Bu turning boshqa kamchiliklariga quydagilarni kiritish mum-kin: yukni tushirishni shoshilinchligi, yukni va avtotransportni o‘g‘irlash mumkinli-gi, nisbatan kam yuk ko‘tara olishi. Avtomobil transporti ekologiya jihatdan ham no-qulay, bu esa uni ishlatish imkoniyatini kamaytiradi. Temir yul transporti. Transportning bu turi yuklarning turli hajmlarini (partiyalarini) barcha ob-havo sharoitlarida tashish uchun qulaydir. Temir yul tran-sporti yukni nisbatan tez vaqtda masofalarga yetkazish imkoniyatini ta’minlayli. Tashishlar muntazam amalga oshiriladi. Bu yerda ortish-tushirish ishlarining sama-rali bajarilishini tashkil etish mumkin. Temir yo‘l transportining muhim ustunligi, bu yuklarni tashishning nisbatan past narxi va chegirmalar mavjudligidir. Temir yo‘l transportining kamchiliklariga tashuvchilar sonining cheklanganli-gini va iste’mol joylariga yetkazish imkoniyati pastligidir, ya’ni temir yul o‘tka-zilmaganda avtomobil transportidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Dengiz transporti. Xalqaro tashishlarda eng yirik tashuvchi hisoblanadi. Uning asosiy ustunliklari – yuk tariflarining pastligi va yuqori yuk o‘tkazish qo-biliyatidir. Dengiz transportining kamchiliklariga uning past tezligini, yuklarni qadoqi va o‘rnatilishiga bo‘lgan qatiq talablar, jo‘natishlarini kamligini kiritadilar. Dengiz transporti ob-havo va navigatsiya sharoitlariga bog‘liq bo‘lib, murakab port infrostrukturasini yaratishni talab qiladi. Ichki suv transporti. Bu yerda yuk tariflari past. 100 tonnadan ortiq yukni 250 kmdan uzoqroq masofaga tashishda transpotning bu turi eng arzon. Havo transporti. Asosiy ustunliklari – eng yuqori tezlik, uzoq hududlarga yetib borish imkoniyati, yuklarning yuqori darajada saqlanishi. Kamchiliklariga yuqori yuk tariflari va iqlim sharoitlariga bog‘liqligi kira-di, bu esa yetkazish grafigiga rioya qilishni kamaytiradi. Quvur transporti. Yuqori o‘tkazish qobiliyatida kam tannarxni ta’minlaydi. Transportning ushbu turiga yuklarni saqlash darajasi ham yuqori. Quvur transport-ning kamchiligi bu tashishga mo‘ljallangan yuklarning tor nomenklaturasi. Tran-sport turining tanlashga ta’sir etuvchi oltita asosiy omillarni ajratadilar. 9.2.-jadvalda ushbu omillarning har biri bo‘yicha transportning har xil turlarining ba-hosi berilgan. «1» ga eng yaxshi qiymat mos keladi. Har xil omillarning muhimligining ekspert bahosi, transport turini tan-lashda quyidagilarga amal qilishni muhimligini ko‘rsatadi: yetkazish grafigiga rioya qilish ishonchliligi. yetkazish vaqti. tashish narxi. Download 80.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling