Mavzu Тransport vositalari detallari va uzellarining ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi -2soat Reja


Download 478.53 Kb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi478.53 Kb.
#1305022
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu 3 INvaDA 2022 2023 (1)

Suyuq ishqalanish – ichki ishqalanish yoki gidrodinamik ishqalanish deb ham ataladi.

Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari orasidagi moy qatlami sirtning mikronotekisliklarini ko‘mib ketadi va natijada ishqalanish faqat molekulalarning moy qatlamidagi harakatidan paydo bo‘ladi. Bu tur ishqalanishda ishqalanish kuchi moyning ichki qarshiligi hisobiga sodir bo‘ladi. Suyuq ishqalanish tirsakli val podshipnigida ishlash rejimining turg‘unligi sharoitida kuzatiladi.

  1. Chegaraviy ishqalanish. Bu tur ishqalanish yuqori solishtirma yuklama sharoitlarida faqat shu detallar sirtiga shimilgan moy molekulalari qatlamlari bilan chegaralangan paytda sodir bo‘ladi. Masalan, orqa ko‘prik bosh uzatmasi tishli g‘ildiraklari ilashuvi, zo‘ldirli podshipniklar va h. k..

Buyumlarning ko‘pgina birikmalari yetarli moylanmasa, aralash ishqalanish vujudga keladi, ya’ni ishqalanish sirt qismlarida uch xil turdagi ishqalanish paydo bo‘ladi (3.1-rasm. e). Ob’ektning ishqalanayotgan sirt qismlari orasidagi moy qatlami sirtning mikronotekisliklarini ko‘mib ketishi natijada suyuq ishqalanish, sirtiga shimilgan moy molekulalari qatlamlari yupqa parda tashkil etgan sirtlarning qismlarida esa chegaraviy ishqalanish paydo bo‘ladi. Ob’ektning ishqalanayotgan sirt qismlarida bir-biri bilan bevosita tutashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish natijasida quruq ishqalanish sodir bo‘ladi. Aynan shu sirt qismlarida yeyilish jadalligi oshadi.
Mexanik va kimyoviy jarayonlar natijasida ishqalanish sirtlarida mis bilan boyitilgan yumshoq va yupqa qatlam juda kuchsiz ishqalanishni ta’minlaydi va ishqalanish sirti bo‘yicha bosimlarni bir tekisda taqsimlaydi (misol: uy sovutgichi kompressori).

3.1-rasm. Ishqalanish va moylash turlari: a) suyuq,
b) chegaraviy, d) quruq, e) aralash
3.3 Yeyilish va uning tasnifi
Yeyilish deb, o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detal sirtqi qatlamlarining ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar ta’siridagi yemirilishiga aytiladi.
Yeyilganlik – o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detallarning yeyilish natijasi bo‘lib, u o‘lchamlar, shakllar, hajm va og‘irliklar o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Yeyilganlik oqibatida o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi.

Download 478.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling