Mavzu Тransport vositalari detallari va uzellarining ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi -2soat Reja
Download 478.53 Kb.
|
Mavzu 3 INvaDA 2022 2023 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 3.1 Тransport vositasi detallarining eskirishi, zanglashi, yemirilishi
Mavzu-3. Тransport vositalari detallari va uzellarining ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi -2soat Reja: 3.1 Тransport vositasi detallarining eskirishi, zanglashi, yemirilishi. 3.2 Ishqalanash va uning turlari. 3.3 Yeyilish va uning tasnifi. 3.4 Тransport vositasi detallari yeyilishining xarakterli qonuniyatlari. Tayanch iboralar: abraziv yeyilish; darz ketish; deformatsiya; yeyilish; yeyilganlik; yemirilish; yonib ketish; zanglash (korroziya); ishqalanish; ishlab chiqarish choralari; kavitatsion buzilish; kesilish; korozion-mexanik yeyilish; kuyish; ko‘mir holatiga kelish; mexanik yeyilish; molekular-mexanik yeyilish; sinish; suyuq ishqalanish; ta’mirlash choralari; uzilish; cho‘zilish; chegaraviy ishqalanish; eskirish; egilish; ezilish; qatlamlarga ajralish; qirqilish; qisqa tutashuv; quruq ishqalanish; erozion buzilish; ekspluatatsion choralar. 3.1 Тransport vositasi detallarining eskirishi, zanglashi, yemirilishi Transport vositasi ekspluatatsiyasi jarayonida uning texnik holati sekin-asta yomonlashib boradi: dvigatelning quvvati, texnik tezligi kamayadi, yonilg‘i sarfi, yeyilish jadalligi, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash mehnat hajmi oshadi, boshqaruv qulayligi va ishonchliligi pasayadi va h. k. Texnik holatning ekspluatatsiya sharoitida o‘zgarish sabablari [4]: detallarning yuklanish darajasi; detallarning bir-biriga nisbatan o‘zaro harakati; detallar materiallarida fizik-kimyoviy o‘zgarishlar; tashqi muhitning ta’siri (quyosh radiatsiyasi, harorat, namlik, shamol tezligi, havo tarkibidagi chang miqdori va h. k); boshqa sabablar. Ob’ektlarning tuzilmaviy parametrlari vaqt bo‘yicha shakl va boshqa o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi, natijada yeyilish, zanglash, charchash buzilishlari, plastik shakl o‘zgarishlar, harorat ta’siridagi buzilishlar, yemirilish, eskirish va boshqa jarayonlar ro‘y beradi. Eskirish. Ekspluatatsiya jarayonida transport vositalari texnik holatining parametrlari tashqi muhit ta’sirida o‘zgaradi. Masalan, rezina-texnik buyumlari o‘zining mustahkamligini va elastikligini oksidlanish, issiq yoki sovuq harorat, namlik, quyosh radiatsiyasi hamda moy, yonilg‘i yoki suyuqliklarning kimyoviy ta’sirida yo‘qotadi. Yog‘-moy materiallari yeyilganlik mahsulotlari bilan ifloslanadi, qovushqoqlik xarakteristikalari yomonlashadi, undagi qo‘shilmalarning kuchi yo‘qoladi va h.k. Download 478.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling