Mavzu Тransport vositalari detallari va uzellarining ekspluatatsiya jarayonida o’zgarishi -2soat Reja
Download 478.53 Kb.
|
Mavzu 3 INvaDA 2022 2023 (1)
Yeyilish turlarining tasnifi. Yeyilish o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi (3.2-rasm).
Mexanik yeyilish: – abraziv yeyilish – ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv zarrachalarning (chang, qum) kesuvchanlik ta’siri natijasi (kolodka va baraban, shkvoren birikmasi, ressoraning barmoq – vtulkasi oralaridagi yeyilishlar). Ayrim hollarda abraziv zarrachalar tarkibiga ishqalanayotgan detallarning yeyilish mahsulotlari ham kirishi mumkin. – shakl o‘zgarishi natijasidagi yeyilish – detallarga juda katta yuklamalar ta’sir etganda ro‘y berib, uning natijasida sirt qatlamlarining siljishi kuzatiladi va detallarning o‘lchamlari o‘zgaradi; – mo‘rt buzilish yeyilishi – ishqalanayotgan detallardan birining sirtqi qatlami ishqalanish va parchinlanish natijasida mo‘rtlashib buziladi va o‘z ostidagi bo‘sh qatlamlarni ochib qo‘yadi; – charchash natijasidagi yeyilish – ishqalanayotgan detalga uning chidamlilik chegarasidan yuqoriroq davriy yuklamalar ta’siri oqibatida yuzaga keladi (masalan, podshipniklarning chopish yo‘laklari). Molekular-mexanik yeyilish – adgezion yeyilish ishqalanayotgan sirt materiallarining molekular ilashuvi natijasida paydo bo‘ladi. Asosan, mexanizmlarning moslashuv (chiniqtiruv) davrida kuzatiladi. Bunday yeyilish mexanizmlarni tirnalishga, harakatlantirmay qo‘yishga va buzilishga olib keladi. Buyumlarning atomlar tanlab o‘tishi sharoitidagi yeyilishi – spirtglitserinli aralashma bilan moylanib ishlaydigan po‘lat va bronza juftida kuzatilgan. Bu sharoitda detal yuzalarida qalinligi 1–2 mkm bo‘lgan mis parda hosil bo‘lgan. Bu parda ishqalanish kuchini tahminan 10 marta kamaytirgan va juftning yeyilishini sekinlashtirgan. 3.2-Rasm. Yeyilish turlari tasnifi Xuddi shunday hodisa po‘lat bilan po‘lat juft bo‘lib ishlaydigan mashinalarda, masalan, ro‘zg‘or sovutgichining kompressoridagi freon aralashma bilan moylanadigan qismlarda ham kuzatilgan. Download 478.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling