Mavzu Тransport vositalari tortish sifatlarini diagnostika qilish texnik vositalari. Тdv samaradorligi va rivojlanish istiqbollari-2soat Reja


Download 1.02 Mb.
bet6/7
Sana22.04.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1381512
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu-8. АТЭваС 1 модул ИНваДА 2022 2023

8.9 Ekologik me’yorlar
Ekologik me’yorlar GOST 17.22.03-87 va GOST 21393-75da keltirilgan. Oxirgi vaqtda ko‘pgina davlatlar ishlatilgan gazlardagi zaharli chiqindi moddalarni me’yorlovchi xalqaro standart –“Yevro” qoidasiga o‘tmoqdalar (8.1-jadval).
8.1-jadval
Yevro” qoidalariga binoan zaharli chiqindi moddalarning me’yoriy miqdorlari

Me’yorlar

Uglerod oksidi (SO) miqdori,
g/kVt soat

Uglevodorod (SN)miqdori, g/kVt soat

Azot oksidi (NOX) miqdori,
g/kVt soat

Amalga kiritilgan yil

Yevro I

2,72



Yig‘indisi 1,97

1992

Yevro II

2,2



Yig‘indisi 0,50

1996

Yevro III

2,3



0.2



Yig‘indisi 0,15

2000

Yevro III (atmosfera harorati minus 70S bo‘lganda)

15

1.8

Me’yorlanma­gan

2000

8.10 Texnik diagnostikaning samaradorligi
Transport vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash davrida ishonchlilik statistikasi va yakka diagnostik axborot ishlatiladi. Statistik axborot transport vositalarining buzilishi bo‘yicha yig‘ilgan axborotga ishlov berish natijasida olinadi, yakka diagnostik axborot esa transport vositasining texnik holat ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘li bilan topiladi.
Statistik axborot ma’lum ehtimollik bilan texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlari mehnat hajmini reglamentlaydi, diagnostika asosida esa ushbu ishlar mehnat hajmini ko‘rilayotgan Avtotransport vositasi bo‘yicha aniqlaydi.
Diagnostik axborotni qo‘llash natijasida texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejali-ogohlantiruv prinstipi asosida o‘tkaziladi, bu esa buzilish natijasida vujudga keladigan ta’mirlash ishlari sarf-xarajatlarini kamaytiradi.
Texnik diagnostikalash vositalari majmuini transport korxonasida tatbiq etish natijasida olinadigan yillik samaradorlik tejalgan moddiy qiymatlar yig‘indisidan iborat.
Diagnostikaning yillik iqtisodiy samaradorligini aniqlashda diagnostikasiz va diagnostikalashni qo‘llagandagi variantlarni taqqoslash va quyidagi omillarni hisobga olish lozim:
- yangi diagnostikalash vositasi tatbiq etilganidan so‘ng ishlab chiqarish ishlarining hajmi;
- vaqt omili;
- diagnostikalash vositasini ishlab-chiqarishda qo‘llashga bog‘liq bo‘lgan joriy ta’mirlash omillari (ta’mirlovchi ishchilarning ishlash sharoiti va xavfsizligini ta’minlash, chiqindi gazlarning zaharliligini yo‘qotish va hokazo).
Diagnostikalashni qo‘llash natijasida olinadigan iqtisodiy samaradorlikni haqqoniy va to‘liq hisoblash uchun quyidagilarni aniqlash talab etiladi:

  • tashish tannarxining kamayishi;

  • foydaning o‘sishi;

  • materiallarning tejalishi;

  • diagnos sarmoyalarning qoplanish muddati;

  • ta’mirlash ishlarining shartli qisqarishi.

Yuqorida keltirilgan tadbirlarga asoslanib, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlariga ketadigan sarf-xarajatlar quyida keltirilgan shartni qoniqtirsa, texnik diagnostikalashni qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi:



(8.4)

bu yerda: – diagnostika qo‘llanilmagandagi texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlariga ketadigan yillik sarf-xarajatlar, so‘m;
– diagnostika qo‘llanilgandagi texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlariga ketadigan yillik sarf-xarajatlar, so‘m.
Korxonalarda diagnostikalash jarayonini tatbiq etish uchun diagnostik jihozlarni olish, o‘rnatish, joriy ekspluatatsiyasi va amortizatsiyasi bo‘yicha ma’lum kapital mablag‘lar sarflash talab etiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, diagnostikani qo‘llash natijasida transport vositalarining ta’mirlashlarda turib qolishlari kamayadi va natijada avtosaroy bo‘yicha texnik tayyorgarlik koeffitsienti o‘sadi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling