Mavzu: trigger turlari va tadbiqi
Download 385.3 Kb. Pdf ko'rish
|
5 mavzu (1)
2.Bistabil yacheykalar
Har bir trigger asosida bir-biri bilan o‘zaro kesishib ketgan teskari aloqalari mavjud bo‘lgan ikkita invertorli zanjir yotadi. Bu holat 2- rasmda keltirilgan. 2- rasm Bu zanjir bistabil yacheyka (BYA) deb ataladi va u ikkita turg‘un holatga ega. BYA maTumotlarni ikkilik sanoq tizimida qayta ishlashga mo‘ljallangan, chunki bunday yacheykadagi Q chiqish potensiali bir- biridan sezilarli farqlanuvchi mantiqiy 0 va mantiqiy 1 ga mos keluvchi qiymatlarni olishi mumkin. Yacheykaga yozilgan ma’lumot EK kuchlanish manbai ulangan vaqtda saqlanib turadi. Bir BYAdagi maTumotni keyingisiga uzatish mumkin emas, chunki ularda tashqi boshqaruv zanjiri mavjud emas. BYA simmetrik konfiguratsiyaga ega bo‘lgani bilan kuchlanish manbai ulanganda yuzaga keladigan (ichki va tashqi) flyuktuatsiyalar hisobiga tranzistorlarning holatlari teng bo‘lmasligi mumkin: yoki VT1 tranzistor to‘yingan, yoki VT2 berk holatida bo‘ladi, yoki aksincha. Bu holatlar turg‘un. Haqiqatdan ham, deylik, ba’zi sabablarga ko‘ra VT1ning baza toki ma’lum AI B 1 qyimatga kamaygan bo‘lsin. Unga mos ravishda I K 1 toki ham kamayadi va Natijada, VT1ning kollektordagi kuchlanishi pasayadi. Teskari aloqa (U B 2=U K 1) mavjudligi tufayli VT2ning I B 2 baza toki yanada tezlik bilan ortib, uni to‘yinish rejimiga o‘tishini tezlatadi. BYAning birinchi yarimida toklarning ortishi, ikkinchi yarimida toklarning tez (ko‘chkisimon) kamayishiga olib keladi va regeneratsiya deb ataladi. Bu jarayon tok qiymatlari o‘zgarishdan to‘htaganda va VT2 to‘yinish, VT1 esa berk rejimga o‘tganda to‘htaydi. Flyuktuatsiya ishorasi tasodifiy bo‘lganligi sababli, VT1 va VT2 tranzistorlarning berkilish ehtimollari teng. Hulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, boshqaruv va ishga tushirish zanjirlarisiz BYAga ma’lumot kiritish (yozish) mumkin emas. 3-rasm Invertorlar (EMAS elementlari) va teskari aloqa zanjirlari yordamida BYAning shartli tasviri 3-rasmda keltirilgan. Yuqorida koʻrib oʻtilgan barcha raqamli mantiq kombinatsion sxemalarda tuzilgan edi. Ularda chiqishdagi signal kirishning joriy (hozirgi) holati bilan aniqlanadi. Bu sxemalarda «xotira» mavjud emas. Agar kombinatsion sxemalarga xotira kiritilsa, u holda, ularning yordamida hisoblagichlar, arifmetik registrlar va boshqa «aqlli» sxemalarni hosil qilish mumkin. Bunda ular bir funksiyani bajarib boʻlgach, keyingisiga oʻtadi. Bunday sxemalarning asosiy tuguni boʻlib trigger hisoblanadi. ME va triggerlardan tuzilgan sxemalar, ya’ni ketma-ketli sxemalar kirish signalarining hozirgi holati boʻyicha yoki ularning avvalgi holatini bilgan holda kombinatsion funksiya shakllantirishi mumkin. Demak, hodisalarni roʻy berish ketma-ketligidan kelib chiqqan holda, kirishda bir hil oʻzgaruvchili signal boʻlgan holatda bunday sxemalarning chiqishidagi signal turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun sxemalarni loyihalashtirish va tahlil qilishda hodisalarni roʻy berish ketma-ketligini ajratib olish muhim hisoblanadi. Raqamli tizimlarning, birinchi navbatda EHMning kuchi shunda-ki, bir holatdan ikkichisiga bir necha marta oʻtishlar ketma-ketligini berilgan tartibda amalga oshirish imkoniga ega. Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma triggerli qurilma yoki raqamli avtomat deb ataladi. Raqamli avtomat umumiy holda n ta triggerdan tashkil topgan. Raqamli avtomat holati n – razryadli ikkilik soʻzdan iborat boʻlib, uning har bir razryadi mos triggerning chiqish signali holati bilan belgilanadi. Demak, raqamli avtomat holatini 2 n kodli toʻplam ifodalaydi. Triggerlar – ikkita turgʻun holatli chiqishga ega boʻlgan qurilma boʻlib, u elementar xotira yacheykasi (bistabil yacheyka) va boshqaruv sxemasiga ega. Boshqaruv sxemasi bevosita elementar xotira yacheykasi kirishiga kelib tushayotgan ma’lumotni signallar kombinatsiyasiga oʻzgartiradi. Trigger ta’rifiga mos keluvchi raqamli avtomatning umumlashtirilgan tuzilma sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Raqamli avtomat kirishida doim toʻrt guruhga mansub turli signal ishlaydi: x i – kirish signallari, z i – chiqish signallari, y i , Q i – sxemada ma’lumot holatini oʻrnatilganligini aks ettiruvchi ikkilamchi oʻzgaruvchilar. Ikkilamchi oʻzgaruvchilar ketma-ketli sxemalarning avvalgi holatlari haqidagi ma’lumotni saqlash qobiliyatini aks ettiradi. Ikkilamchi oʻzgaruvchilarga y i oʻzgaruvchilari va yangi oʻrnatilgan (oʻzgargan) Q i holatlari oraliqida kechikish hos boʻladi. Shuning hisobiga sxemada kechikish bloki mavjud. 4-rasm. Ketma-ketli qurilma (raqamli avtomat) blok-sxemasi. Ketma-ketli sxemalarda ikkilamchi oʻzgaruvchilar teskari aloqa vazifasini bajaradilar. Raqamli avtomat turgʻun ishlashi uchun (sinxron raqamli qurilmalarda vaqt boʻyicha kechikish mavjudligi tufayli) faqat C kirishga sinxrosignal berilgandan keyingina y i va Q i qiymatlari oʻzgarishi mumkin. Agar foydalanuvchini triggerli tizimlarda mavjud funksiyalar qoniqtirmasa, ya’ni maxsus funksiyalarga ega boʻlgan raqamli avtomat talab etilsa, u holda, bunday sxemalarni loyihalashtirish uchun quyidagi uslubdan foydalanish qulay: 1. Talab etilayotgan holatlar hajmi va uning tizimidagi talab etilayotgan xotira hajmi aniqlanadi. Bu vaqtda tizimning n triggeri uchun 2 n holat mavjud. 2. Sxemaning soʻz yordamidagi ishlash prinsipi asosida holatlar (haqiqiylik) jadvali yoki oʻtishlar grafi tuziladi. 3. Trigger turi tanlanadi. 4. Avtomatning ishlash algoritmi va oʻtishlar jadvalidan foydalanib, kengaytirilgan haqiqiylik jadvali tuziladi. 5. Kengaytirilgan haqiqiylik jadvalidan foydalanib avtomatning kombinatsion tizimini ifodalovchi MAF minimizatsiyalanadi. 6. Olingan MAF asosida raqamli avtomat mantiqiy sxemasi tuziladi. Download 385.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling