Mavzu: trigger turlari va tadbiqi
Download 385,3 Kb. Pdf ko'rish
|
5 mavzu (1)
Triggerlar - ikkita turg‘un holatli chiqishga ega bo‘lgan qurilma bo‘lib, u
elementar xotira yacheykasi (bistabil yacheyka) va boshqaruv sxemasiga ega. Boshqaruv sxemasi bevosita elementar xotira yacheykasi kirishiga kelib tushayotgan ma’lumotni signallar kombinatsiyasiga o‘ zgartiradi. Trigger ta’rifiga mos keluvchi raqamli avtomatning umumlashtirilgan tuzilma sxemasi 4.1-rasmda keltirilgan. Raqamli avtomat kirishida doim to‘rt guruhga mansub turli signal ishlaydi: x - kirish signallari, zi - chiqish signallari, y-, Qi - sxemada ma’lumot holatini o‘rnatilganligini aks ettiruvchi ikkilamchi o‘zgaruvchilar. Ikkilamchi o‘zgaruvchilar ketma-ketli sxemalarning avvalgi holatlari haqidagi maTumotni saqlash qobiliyatini aks ettiradi. Ikkilamchi o‘zgaruvchilarga yi o‘zgaruvchilari va yangi o‘rnatilgan (o‘zgargan) Qi holatlari oraliqida kechikish hos bo‘ladi. Shuning hisobiga sxemada kechikish bloki mavjud. 1-rasm. Ketma-ketli qurilma (raqamli avtomat) blok-sxemasi. Ketma-ketli sxemalarda ikkilamchi o‘zgaruvchilar teskari aloqa vazifasini bajaradilar. Raqamli avtomat turg‘un ishlashi uchun (sinxron raqamli qurilmalarda vaqt bo‘yicha kechikish mavjudligi tufayli) faqat C kirishga sinxrosignal berilgandan keyingina y va Qi qiymatlari o‘zgarishi mumkin. Agar foydalanuvchini triggerli tizimlarda mavjud funksiyalar qoniqtirmasa, ya’ni maxsus funksiyalarga ega bo‘lgan raqamli avtomat talab etilsa, u holda,, bunday sxemalarni loyihalashtirish uchun quyidagi uslubdan foydalanish qulay: 1. Talab etilayotgan holatlar hajmi va uning tizimidagi talab etilayotgan xotira hajmi aniqlanadi. Bu vaqtda tizimning N triggeri uchun 2N holat mavjud. 2. Sxemaning so‘z yordamidagi ishlash prinsipi asosida holatlar (haqiqiylik) jadvali yoki o‘tishlar grafi tuziladi. 3. Trigger turi tanlanadi. 4. Avtomatning ishlash algoritmi va o‘tishlar jadvalidan foydalanib, kengaytirilgan haqiqiylik jadvali tuziladi. 5. Kengaytirilgan haqiqiylik jadvalidan foydalanib avtomatning kombinatsion tizimini ifodalovchi MAF minimizatsiyalanadi. 6. Olingan MAF asosida raqamli avtomat mantiqiy sxemasi tuziladi. Download 385,3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling