Мавзу: Тупроқ органик қисмининг келиб чиқиши, таркиби, ҳоссалари аҳамияти


Download 3.94 Mb.
bet8/10
Sana08.11.2023
Hajmi3.94 Mb.
#1757124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu. Тупроқ органик, биотаси ОХИР

Organik moddalarning muvozanati


Kelish: o'simlik qoldiqlari bilan kelish; urug 'materiallari; ko'k-yashil suv o'tlari; tuproq faunasi; organik o'g'itlar.
Sarflash: mineralizatsiya; vertikal oqim (infiltratsiya); yer usti oqimi.
Balans defitsitsiz, salbiy va ijobiy bo'lishi mumkin (daromad va xarajatlarning nisbatiga qarab).
Сапропел — ҳовуз, кўл ва дарё сувларининг органик моддага бой чўкиндиси. Сув ҳавзаларини тозалашдан иккита мақсад биринчидан, сув ҳавзаларининг экология ҳолатини соғломлаштириш, иккинчидан маҳаллий ўғит олиш кўзланади. Йилнинг ёз фаслида органик моддага, қишда эса минерал моддага бой лойқа чўкади. Шу боисдан сапропел таркибидаги органик модда миқдори 12 дан 80% гача ўзгаради. Чўкинди таркибида кул моддалар микдори 85% дан кўп бўлса, ил деб юритилади. Сапропелнинг ҳажмий массаси 1,02-1,08 т/м3. Ранги таркибидаги органик ва минерал моддаларнинг микдори ва нисбатига боғлиқ бўлиб, сарғишдан қорагача ўзгариб туради. Сапропелнинг органик массаси таркибида 11-43% гумин, 2-24% фульвокислоталар, 5-23% гидролизланмайдиган қолдиқ, 10-53% гемицеллюлоза, 0 ,5-6,0% целлюлоза, 6-17% битум ва 2-14% эримайдиган моддалар бўлади.

Savol: Organik o'gitlarni tuproqqa soilsh yoki chirindiga boy tuproq xosil yetishtirishda qanchalik ahamiyatli?


Javob:
1. Tuproqda chirindi miqdorining ko'p bo'lishi birinchi navbatda tuproqda yashovchi foydali mikroorganizmlar sonining oshishiga sabab bo'ladi. Bu mikroorganizmlar esa tuproqdagi mavjud minerallar va soilinadigan o'g'itlarni o'simlik o'zlashtiradigan shaklga o'tkazib berishda nixoyatda ahamiyatli.
2. Chirindi tupqroqni strukturasi yani ildizlar yaxshi rivojlanishida havo va suv rejimini optimallashtirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Amaliyotda shuni ko'rish mumkinki chirindi miqdori yetarli bo'lgan yerlar kam zichlashib havo yaxshi aylanadi, suv tuproqning mikrokapilyarlarida yaxshi xarakatlanadi.
3. Tuproq chirindisi tuproqning suvni tutib turish muddatini uzaytiriadi, bu esa sug'orishdan so'ng namlik uzoqroq saqlanib turadi degani.
4. Chirindi tuproqni oziqalarni qabul qilish imkoniyatini kengaytiradi. Yani solinadigan o'g'itlar bekorga suv bilan yuvilib ketmay tuproqda ushlanib qoladi. Bu xususiyat tuproqning mexanik tarkibi bilan xam bog'liq sanaldi.
5. Albatta chirindiga boy tuproqqa mexanik ishlov berish osonlashadi. Bu agrotexnikalarni ishlatishda yoqilg'i, moylash va boshqa resurslardan tejash imkonini beradi.
6. Sho'rlangan tuproqlarda sho'rlanish ta'sirini kamaytirishda tuproq yuza qatlamida qanchalik chirindi qatlami ko'p bo'lsa shunchalik issiq kunlarda sizot suvlarining bug'lanishini kamaytirib, pastki qatlamdagi tuzlarni tuproq yuza qatlamiga ya'ni ildiz atrofiga yeg'ilishini oldini oladi.
So'ngi yillarda O'zbekiston tuproqlarida chirindi miqdori keskin kamayib ketayotganini takidlashmoqda. Bu ko'pincha bizni tushinchamizda yerga go'ng tushmayotganidan deb bilayapmiz lekin aslida go'ngdan boshqa narsalar ham chirindi bo'la oladi:
- bargalar-go'zonlar
- o'simlik qoldiqlari
- maishiy chiqindilar tarkibidagi organik chiriydigan chiqindilar
- yashil chirndilar
bular nisbatan arzon va hamma topishi va qo'llashi mumkin bo'lgan resurslar xisoblanadi.
Xorij tajribasida "cover crop", "no-till" kabi texnologiylar aynan tabiiy yo'l bilan tuproqni himoyalashda va shu qatori organik chirindi miqdorini oshirish uchun foydalanib kelinmoqda.

Download 3.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling