Mavzu: Tuproq mikroorganizmlarining ahamiyati va azot almashinuvi


Download 34.83 Kb.
bet1/4
Sana13.12.2022
Hajmi34.83 Kb.
#1000622
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'SIMLIK FIZIOLOGIYAS8


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Biologiya va ekologiya kafedrasi

“Himoyaga ruxsat etiladi”


Tabiiy fanlar fakulteti decani
________________K. A. Saparov
“___”_______________ 2022-yil

5110400-Biologiya ta’lim yo’nalishi 301-guruh talabasi


Farhodova Iroda Bahodirning O'simlik fiziologiyasi fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Tuproq mikroorganizmlarining ahamiyati va azot almashinuvi.

“Tasdiqlayman” Biologiya va ekologiya Ilmiy rahbar: Biologiya va


kafedrasi mudiri O’. E. Xo’janazarov ekologiya kafedrasi
______________________ O’.E. Xo’janazarov
“___” _________________ _________________

Toshkent-2022

MUndarija


KIRISH………………………………………………….3
I.BOB. Nazariy qism:Tuproq mikroorganizmlari haqida va uning ahamayati…………………………………..8
1.1. Tuproqdagi bakteriyalar va uning ahamiyati….............8
1.2. Tuproqdagi zamburug’lar va uning ahamiyati………..14
II.BOB. Amaliy qism: Azot almashinuvini o’rganish undagi jarayonlar……………………………….21
II.1. Azotning tabiatdagi biologik aylanishi…………...…….21
II.2. Tuproqdagi azotni umumiy miqdorini aniqlash…….…28
Xulosa…………………………………………………………..32
Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….37
KIRISH
Kursh ishining dolzarbligi: Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar va ularning faoliyati va massasi bilan tuproq hosildorligini belgilashda asosiy ro’l o’ynashi aniq bo’lib qoldi. Shunday ekan, xar xil qishloq xo’jaligi tizimida, tuproq hosildorligini oshirish va saqlab turish, bu jarayonni boshqarish ko’p ma’noda tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarni boshqarish bilan uzviy bog’liq.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan unumli hosil olish jarayonini va tuproqdagi kechadigan mikrobiokimyoviy jarayonlarni boshqarish qishloq xo’jalik fanlarida yangi yo’nalish-tuproq biotexnologiyasining paydo bo’lishiga olib keldi. Bu yo’nalish tuproq sharoitidagi mikroorganizmlar tarkibini o’rganish va boshqarish muommalariga asoslangan bo’lib, mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish va ular tomonidan olib borilayotgan metobolitik reaksiyalarni, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishga yo’naltirishni taqoza etadi.Tuproq biotexnologiyasi asosida mikroorganizmlar faoliyatidan to’g’ri va oqilona foydalanish orqali tuproq unimdorligini oshirish, yuqori sifatli va mo’l mahsulot etkazish mumkin.
Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati o’z navbatida o’simlikning ildizdan oziqlanish sharoitini va uning o’sishi, rivojlanishi hamda hosildorligini belgilab beradi. Xuddi mana shuning o’zi mikrobli preparatlarga zarurat tug’diradi va foydali mikroorganizmlar asosida, bakterial o’g’itli preparatlar tayyorlash texologiyasini yaratdi.
Bakteriologik o’g’itlar tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarga va mikroorganizmlarga kuchli tasir ko’rsatadigan faktorlardan hisoblanadi. Birinchi marta “nitrogen” deb ataladigan tuganak bakteriyalardan iborat bakterial o’g’it 1896 yilda Germaniyada F.Nobbe va L.Giltner tomonidan qo’llanildi. 1906 yilda Angliyada V.Bottomley “nitragin” ishlab chiqara boshladi. 1967 yilda Amerikalik olimlar F.Garrison va B.Barlou tuganak bakteriyani “nitrokultura” deb atadi. 1967 yilda Rossiyada L.T.Budinov “nitrogin” deb ataluvchi o’g’it ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda nitorgin, azotobakterin, fosforobakterin, AMB va boshqa ko’plab bakterial o’g’itlar ishlab chiqilmoqda.Turli dukkakli o’simliklarning urug’lari ekishdan oldin nitrogin bilan ishlov berilsa (1-ga yetadigan urug’ uchun 5-10gr. nitrogin kerak), ekinlarning hosildorligi o’rta hisobda 10-15% ortadi. Nitrogin tarkibida faol tuganak bakterialar bo’ladi, ular ko’plab atmosferat azotini o’zlashtirib tuproqda to’playdi, hosilni oshiradi, mahsulotning sifati ortadi, ko’p miqdorda oqsil aminokislotalar, B guruhiga kiruvchi vitaminlar sintezlaydi. Nitrogin bakterial o’g’iti torfli, tuproqli, agar-agarli aralashmalar va suyuq holda ishlab chiqariladi.
MDH davlatlarida nitraginning tuproqli aralashmasi ishlab chiqariladi, uning 1 gramida mayda urug’lar uchun 3-6 mlyardgacha yirik urug’lar uchun 1.5-3 mlrgacha bakteriya boladi. Azotobakterin. Azotobakterin bakterial o’g’iti tarkibida azotobakter boladi. Bu o’g’itni tayyorlash uchun azotobakter agar-agarli muhitda o’stiriladi, 1 gramida 40 mln azotobakter bo’ladi.
Fosforobakterin. A.A.Menkina (1935) tuproqdan fosforli organik birikmalardagi bakteriyalarni ajratib oldi. Bu bakteriya organik moddalardagi fosforni ajratib fosfot kislota xosil qiladi. Fosfat kislota esa o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Ko’pchilik tuproqlarda organik holdagi fosfor 28-35% gacha bo’ladi, lekin undan o’simlik foydalana olmaydi. Fosforli organik birikmalarni parchalovchi bakteriyalar 2 xil: spora xosil qiluvchi Bac.megatherum. Bac.phosphaticum, spora qilmaydigan Seggatra myercescens. Spora xosil qiladigan bakteriya vakillari o’lchami 5-6 mkm, eni 1.8-2 mkm, sporasining uzunligi 1.2 eni 0.7 mkm bo’ladi. Spora xosil qilmaydigan bakterialarning uzunligi 1.8-2 mkm, eni 0.5 mkm tayoqchasimon fakultativ bakteriyadir.Bir gektar maydon uchun zarur bo’lgan urug’lar uchun 250g fosforobakterin ishlatiladi.
Azospirillum. J.Dobereyner o’t o’simliklarning rizosfyerasidan azot o’zlashtiruvchi bakterialarni ajratib oldi. Bu bakterialar egilgan tayoqcha shaklida bo’lib, asosan ildizning yuqori qismida rivojlanadi. Azospirilla yuqtirilgan o’simlikning hosildorligi 15-30%ga oshgan.
Ko’k-yashil suvo’tlari (sianobakteriya – oltingugurt bakteriyalari). Ko’k-yashil suvo’tlari (sianobakteriya – oltingugurt bakteriyalari ) tuproqni azot bilan boyitishda ko’pchilik mamlakatlarda qo’llaniladi. Bu mikroorganizmlarni kulturasi tuproqqa solinadi, bu jarayon algolizasiya deb nomlangan. Algolizasiya asosan subtropik zonalarda sholipoyalarda yaxshi o’rganilgan. Bu suv o’tlari namlikni juda yaxshi ko’radi, nam kam joylarda yaxshi rivojlanmaydi. Sholipoya suvlarda ko’k-yashil suv o’tlari uzoq muddat yaxshi rivojlanadi va ko’payadi.
Hozirgi paytda molekulyar azotni o’zlashtiruvchi ko’k yashil suv o’tlarining 130 ga yaqin turlari aniqlangan. Bulardan, Culindrospyernum kuchsiz yorug’likda yaxshi rivojlansa, Aulosira esa kuchli yorug’likda yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Hozirgi paytda ko’proq algolizasiya uchun Tolypothrix tenuis, Anabaena cylindrica va Noctoc linckia turlaridan foydalaniladi.
Bir gektar maydonga ekiladigan urug’lar uchun azotobakterin o’g’itidan 10-15 g ishlatiladi.Azotoyuakterin MDH davlatlarida 1963 yildan boshlab ishlab chiqarilmoqda. Azotobakterin bo’z va qora tuproqli yerlarda qishloq xo’jaligi ekinlarining xosilini 6-10% ga oshiradi.Ko’proq sabzavot ekinlariga yaxshi natija beradi.
Silos tayyorlash. O’simliklarni yashil massasi nam holda maxsus xandaklarda zichlashtirilgan holda havo kirmaydigan sharoitda bijg’itiladi. Bunday oziqa nordon ta’mga ega bo’lib, yumshoq, rangi qo’ng’ir tusli bo’ladi.
O’simliklarni silos qilish, boshqa usulda tayyorlangan oziqalardan ustun turadi. Silos tayyorlashni 2 xil usuli mavjud: Sovuq va issiq usullar.

Download 34.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling