Mavzu: tuproq sifat baholashning nazariy asosi, differensial yer rentasi haqida tushuncha


Download 52.5 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi52.5 Kb.
#1120331
  1   2   3
Bog'liq
MT2


MAVZU:TUPROQ SIFAT BAHOLASHNING NAZARIY ASOSI, DIFFERENSIAL YER RENTASI HAQIDA TUSHUNCHA.
Tabiiy resurs va xo‘jalik ob’ekti bo‘lgan Yerga munosabat hamma vaqt ham
siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy hayotni diqqat markazida turgan.
Yer masalasi hamma formatsiyalarda, qayta qurish, qayta shakllanishlar
davrida markaziy muammo hisoblangan.
Yer har doim nazorat va himoya hamda tarbiyaga muhtoj bo‘lib, uni hech ham
aldab bo‘lmaydi. Yaxshi egaga ega bo‘lgan Yer doimo yuqori hosil beravermaydi.
Uni, ya’ni Yerni bahosi ham hosil bilan o‘lchanadi. Shunday bo‘lib kelgan.
"Yosh kelin - deyilgan "Avesto"da - eriga go‘dak hadya etganday, Yer ham
chap va o‘ng qo‘li bilan o‘ng va chap qo‘li bilan parvarish qilgan odamga mo‘l-ko‘lhosil beradi.
Ishlov bermagan va ekilmagan yer ersiz va farzandsiz johil qiz kabi
baxtsizdir. Qiz yaxshi erni orzu qilganday, yer ham yaxshi qo‘shchiga ilhaq".
Yaqin kunlargacha dehqonchilikning umumiy madaniyati, yerni, tuproqni
unumdorligi reja va topshiriqlar bilan o‘lchanar edi.
Shu bois mamlakatda 1964 yilgacha tuproq tekshiruv xaritalaridan, yer tuzish
va boshqa loyiha ishlarida deyarli foydalanilmagan.
Sug‘oriladigan mintaqalarda almashlab ekish tuproq sharoitlarini hisobga
olmay joriy qilinar edi. Almashlab ekishda esa kimyoviy ishlar uchun tuzilgan
1:50000 nisbatdagi agrotuproq xaritalaridan foydalanilgan.
Yer kadastrining qishloq xo‘jaligidagi roli va o‘rni alohida bo‘lib, ko‘p qirrali
hisoblanadi. Tarixda Yer kadastrining tarkibiy qismlaridan hech qaysi biri tuproq
bonitirovkasiday qiziqish uyg‘otmagan.
Yerni hisobga olish va baholash qadimgi Rimda mavjud bo‘lgan.
Yegipetda yerga egalik qilish huquqini berish bilan birga yerdan olingan
daromadni 20 % ni soliq tariqasida undirib olingan.
Rossiyada Pyotr davrigacha davlat sarf xarajatlarini qoplash uchun yer
egalaridan alohida Yer solig‘i olingan.
Qadimgi Rus davlatlarida dehqonlar birinchi bonitirovkachilar bo‘lganlar. Ular
hozirgi zamon ilmiga ega bo‘lmagan bo‘lsalarda, ya’ni tuproqning mexanik tarkibi,
gumus, sho‘rtobligi va boshqa xossa va xususiyatlarini bilmagan bo‘lsalarda qora
qoramtir ranglardagi tuproqlarni birinchi o‘ringa, bo‘z, och bo‘z rangli tuproqlarni
keyingi o‘rinlarga, oq tuproqlarni esa unumsizlar qatoriga qo‘yganlar va shu asnoda joylashganlar hamda dehqonchilik qilganlar.
Dehqonlar tuproqni baholashda har xil atamalar va sermazmun so‘zlardan
foydalanishgan. Masalan; qaerda podzol bo‘lsa, o‘sha joyda muhtojlik, qora yer – oq non. Oq yer tezroq kambag‘allashadi va boshqalar.
Ivan Grozniy davrida ham yerlarni hisobga olish maqsadida maxsus buyruqlar
berilgan va xizmat ko‘rsatgan odamlarga yaxshiroq yerlardan joy berish maqsadida
bu hisob-kitoblar va yozuvlardan foydalanilgan. Shu davrdagi ro‘yxatga oluvchilarni ishlari Yer to‘g‘risidagi dastlabki, nisbatan to‘liq ma’lumotlarni qamrab olgan. Bu yozuvlarda joyning geografik sharoiti, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shahar, qishloqlar to‘g‘risidaga ma’lumotlar, relyef, aholi o‘z aksini topgan. Yerni sifati to‘g‘irisidagi ma’lumotlar ham berilgan.
Haydaladigan yerlar o‘zlarining sifat ko‘rsatkichlariga qarab uch guruhga:
saxiy, o‘rtacha, ozg‘inlarga bo‘lingan.
Bulardan tashqari haydalgan, haydalmagan o‘rmon, qamishzor, toshli yer,
qumli yer va boshqalarga ajratilgan.
Feodalizm davridagi yer taqsimotidayok yerlarni sifati e’tiborga olingan, ya’ni
o‘rtacha sifatga ega bo‘lgan yerlardan yer berilayotganda me’yorga nisbatan 25%
ko‘proq, past sifatli yerdan berilganda esa 50% ko‘paytirilib berilgan.
Pyotr davrida Yerga bo‘lgan munosabatlar, uni baholash masalalari deyarli
to‘xtab qoldi yoki kuchli darajada buzildi.
Rossiya tuproq qoplamini o‘rganishda XVIII asrda tashkil etilgan Rossiya
Fanlar Akademiyasining geografiya departamenti alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk olim M.V.Lomonosov ushbu departamentni boshqargan edi. Bu davrda department tomonidan joylardan ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus savolnomalar tuzilgan.
M.V.Lomonosov qayinzorlar tagidagi tuproqlarni boy tuproqlar deb baholadi, bunga sabab tariqasida ularni barglarini kuzda to‘kilishi va bahorda yangilanishini keltirdi.
Yerga tushgan barglar yil davomida chirib organik moddaga aylanishini aytdi.
Yel, sosnalar tagidagi tuproqlarni kambag‘al tuproqlar qatoriga kiritdi, sabab
tariqasida ularning igna barglarini to‘kilmasligi keltirildi.
M.I. Afonin 1771 yilda tuproqlarni tasnifi sifatida gilli qora tuproq, toshli,
o‘rmon, botqoq, yong‘oqsimon qora tuproqlarni ajratdi. Rossiyada 1765 yili "Erkin
iqtisodiy uyushma" tashkil etiladi. Bu uyushma vazifasi o‘z zamonasidagi
dehqonchilik, iqtisod sohasidagi yangiliklarni to‘plash va aholiga etkazishni yangi
usullarini ishlab chiqish, yerlarni sifatini o‘rganish edi.
Bu davrga kelib Rossiya dunyoda bug‘doy sotuvchi yirik mamlakatlardan
biriga aylangan edi. Shu bois erkin iqtisodiy uyushma asosiy bug‘doy maydoni
hisoblangan qora tuproqlarni o‘rganishga kirishdi. Akademik Leman, Bolotov,
Komovlar uyushmani to‘plamlarida tuproqni xossalari, iqtisodiy ko‘rsatkichlari
to‘g‘risida chiqib turdilar.
XIX asrning birinchi yarmida dastlabki ro‘yxatga olish ishlari davlat
tomonidan soliqlarni barobarlash maqsadida boshlandi. Kadastr ishlari katta
xarajatlarni talab qildi. Bu xarajatlarni qoplash uchun dehqonlardan qo‘shimcha soliq
olish nazarda tutildi. 1842 yilga kelib joylarda kadastr komissiyalari tuzildi, bu
komissiya turli so‘rovlar o‘tkazdi. Bu vaqtlarga kelib ushbu komissiya yordamida
Rossiyaning 17 guberniyasida kadastr ishlari o‘tkazildi. Bu guberniyalarga Peterburg,
Voronej, Penza, Tambov, Tula, Ryazan, Orlovsk, Kursk, Moskva, Yekaterinoslavsk,
Pskov va boshqalar kiradi. Bu ishlar natijasida 1851 yili Veselovskiy rahbarligida
1:8400000 masshtabda Rossiyaning tuproq xaritasi tuzildi. Bu xaritaga va ish
jarayoniga Dokuchayev yuqori baho berdi.
Shunday qilib Rossiyada Yer kadastri ayni vaqtda tuproqlar geografiyasi va
tuproqlarni xaritalash kabi fanlarga asos soldi.
Keyinchalik baholash ishlari uslubi ishlandi va biroz takomillashdi.
Tuproqlarni sifat jihatidan baholash hosilga bog‘landi. Haydaladigan yerlar 5 sinfga, pichanzorlar esa 14 sinfga, pichan 4 navga ajratildi. Guberniyalar uchun alohidaalohida bug‘doyni hosildorligi, narxi aniqlandi. Eng kam hosil podzol, eng yuqori hosil esa qora tuproqlardan olinishi aniqlandi.
Xullas bu davrdagi yerga baho berish, ro‘yxatga olish davlat siyosati uchun bir
tadbir tariqasida o‘tkazildi.
Shu davrda, ya’ni 1870 yillardan boshlash Dokuchayevning faoliyati ko‘rina
boshladi. 1883 yili Dokuchayev tomonidan "Rus qora tuprog‘i" nomli asar chop
etildi. Shu asar orqali dunyoda yangi "Tuproqshunoslik" fani paydo bo‘ldi.
Tuproqlarni genetik asosda o‘rganish boshlandi. Ayni shu vaqtda tuproqlarni ilmiy
bonitirovkalashga asos solindi.
Dokuchayev tomonidan Rus qora tuproqlari o‘rganilib kelingandan keyin, u
darhol Nijniy-Novgorod, Poltava yerlarini o‘rganish va baholash uchun yuborildi.
Dokuchayev yerni baholash ishlarini keng agronomik ishlarga aylantirib yubordi. Shu davrdan boshlab yerga baho berishni Dokuchayev davri boshlandi.
Bu davrda yerlarni baholashda Dokuchayevdan boshqa Amalitsskiy, Baravkov,
Vernadskiy, Glinka, Zamyatchinskiy, Levinson-Lessing, Sibirtsev va boshqalar
qatnashdi. Shu tariqa Dokuchayev tuproq bonitirovkasining tabiiy-tarixiy usulini
yaratdi.

Download 52.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling