Mavzu: tuproq sifat baholashning nazariy asosi, differensial yer rentasi haqida tushuncha
Download 52.5 Kb.
|
MT2
- Bu sahifa navigatsiya:
- YERLARNI BAHOLASHNI MORFOLOGIK USULI
YERNI BAHOLASHNI STATISTIK USULI
Bu usulda tuproqlarni baholashni mazmuni quyidagilardan iborat. 1. Yerni sifat jihatdan baholashni so‘rov savollari orqali to‘plangan ma’lumotlar asosida o‘tkazish. 2. So‘rov savollarga javob berish, to‘ldirish yer egalari va yer boshqarmalari zimmasiga yuklatilgan. 3. So‘rov savollarini tarqatish, ularni to‘plash, tekshirish uezd politsiya boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Ko‘rinib turibdiki, ko‘rsatilgan savollarni tushunadigan va ularga to‘g‘ri javob beradigan xodimlar etarli bo‘lmagan. Chunki statistika xodimlari ichida hatto maxsus ma’lumot emas, balki to‘liq o‘rta ma’lumotli bo‘lmaganlari ham ko‘p uchrab turadigan holat bo‘lgan. Politsiya maxkamasi esa ma’lumotlar soni to‘g‘rimi, hammasi to‘ldirilganmi yo‘qmi, shu savollarga javob bergan. So‘rovnoma ichidagi savollarni mohiyatini tushinadigan odam bu zanjirda deyarli bo‘lmagan. Ko‘rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan yerlarni baholash shu tarzda bajarilgan. Bu usulni o‘zini oqlamasligi tezda ma’lum bo‘ldi, shu bois boshqa usullar izlandi. YERLARNI BAHOLASHNI MORFOLOGIK USULI R.V.Rispolojenskiy, G.F.Nefedov usuli. Bu olimlar o‘zlarini morfologik usullarini ishlab chiqib, uni targ‘ib qildilar. Rispolojenskiy tuproqlarni baholashda ularning tabiiy xossalari hisoblangan mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibini ahamiyatini yo‘qqa chiqardi, ya’ni tuproq bahosi bilan ularni xossalari o‘rtasida bog‘lanish yo‘q dedi va shu tarzda baholash ishlarini o‘tkazdi. Bu usul ko‘rinish va bajarish jihatdan sodda hamda arzon, shu bois qishloq xo‘jaligi hodimlarida qiziqish uyg‘ota oldi. Lekin bu usulda baholash noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi aniqlangan edi va shunday ham bo‘ldi. G.F.Nefedov esa tuproqni bir butun tushunmadi, uning kimyoviy, fizikaviy xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rmadi, shuning uchun tuproqni baholashda u baholanadigan yerlarni bitta, ya’ni gumusni tarqalishini yoki boshqa bir xususiyatini xaritalanishini afzal ko‘rdi. Rispolojenskiy va Nefedov usullari, asosida ishlangan xaritalari mutaxasislar tomonidan keskin salbiy taqrizlar oldi. Shunday qilib bu davrga kelib 3 guruhdagi usullar tuproqni baholashda qo‘llanila boshladi. 1. Dokuchayev-Sibirtsevlarni tabiiy-tarixiy usuli bo‘lib, bu usul Rossiyaning 177 uezdi va 17 guberniyasida qo‘llanildi. Bu maydon 996 ming km2 yoki Rossiyaning Yevropa qismini 25 % demakdir. Download 52.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling