Mavzu: Tuproq tarkibidagi azot miqdori va uning birikmalari


Download 403.09 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi403.09 Kb.
#1035932
  1   2   3
Bog'liq
Tuproq tarkibidagi azot miqdori va uning birikmalari.

.


Mavzu: Tuproq tarkibidagi azot miqdori va uning birikmalari
  • Tabiatdagi mavjud azotning asosiy qismi atmosferada uchraydi. Uning bu miqdori 78 % ni tashkil qiladi. Azotning anorganik birikmasi foydali qazilma tariqasida Tinch okean qirg‘og‘ida, Chilida natriyli selitra (NaNO3, NaNO2) tariqasida mavjud. Tuproqda yalpi azot kam miqdorda, uning mineral formasidagisining asosiy miqdori, nitritlar, nitratlar ko‘rinishida bo‘ladi. Lekin azotning asosiy massasi tuproqda, tuproq organikasi, ya’ni ammonikislotlari va gumusi, gumin kislotalar bilan bog‘liq. yalpi azot murakkab organik birikmalar bo‘lgan oqsil moddalar tariqasida, har qaysi o‘simlik va har qaysi hayvon tarkibiga kiradi. Hujayraning eng muhim qismlari protoplazma va yadro, oqsil moddalaridan tuzilgan. Azot oqsil jismlarning zaruriy, tarkibiy qismidir. Demak azot bo‘lmasa, oqsil bo‘lmasa hayot yo‘q. Litosfera, gidrosferadagi azot atmosfera azotni 0,04 % ni tashkil qiladi. Azot kimyoviy jihatdan nisbatan inert modda. «Azot» grekcha so‘z bo‘lib, hayotiy emas degan ma’noni aglatadi. Aslida esa hayot uchun eng zaruriy elementlardan biri. Lotincha nomi nitrogenium bo‘lib, selitra tug‘diruvchi demakdir. Tuproqdagi azot miqdori kamdan-kam hollardagina o‘simlik uchun yetarli bo‘ladi. Och-yashil rang, ya’ni bargning och-yashil rangli bo‘lishi azot yetishmasligidan dalolat beradi. Bunday o‘simliklar azotga muhtoj bo‘lib, azot solinganda keskin o‘sib, rivojlanib ketadi. Shuning uchun ham azotli o‘g‘itlar qishloq õo‘jaligida ko‘p qo‘llaniladi.
  • Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tuproqdagi azotning asosiy qismi, ya’ni 99 % organik formada bo‘lib, yiliga 1-5 % dan o‘simlik unumli foydalaniladi. Bu miqdorning asosiy qismi organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. O‘simlik o‘zlarining navlari va turlariga qarab, yiliga 100 kg/ ga gacha va undan ortiq azot ite’mol qilishlari mumkin. Demak, o‘simlik organik azotdan mo’tadil zonada 5 %, ya’ni atiga kg/ga miqdordan foydalanadi. Qolgani mineral azot tariqasida berilishi kerak. Ammo tropik zonada organik azot o‘simlik ehtiyojini 50% gachasini qondiradi. Tuproq kesimida azotning tabaqalanishi gumus kabi bo‘ladi. Lekin gumusning tuproqdagi tarqalish qonuniyati jadaligiga nisbatan past darajada bo‘ladi. Bu qonuniyat faqat yalpi azot uchun õosdir. Azotni boshqa murakkab birikmalar, TSK bilan birikish jarayoni azot fiksatsiyasi nomi bilan ma’lum. Tabiatda momaqaldiroq vaqtida azotning fiksatsiyasi ma’lum, lekin miqdor jihatdan o‘simliklar talabini qondira olmaydi. O‘simliklar tarkibidagi ko‘pchilik organik moddalar azot saqlaydi. Bularga amminokislotlar, nuklein kislotalar, fermentlar, õlorofil va boshqalar kiradi. O‘simlik azotsiz yashay olmaydi. Bu element yetishmagan taqdirda yuqoridagi moddalarning azotga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlay olmaydi. O‘simlik fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan qand moddalarini oqsillarga aylanishi uchun ham azot kerak. Azotsiz bu jarayon ham tugallanmay qoladi. Azotning yetishmasligi o‘simlik o‘sishini susaytiradi. Tuproqda doimo azotning -3, +5 valentli formalari uchraydi. Azotni boshqa shakldagi, ya’ni boshqa valentlikdagi birikmalari ham mavjud bo‘lib, ular oz yoki efimer, ya’ni vaqtinchalik ko‘rinishda bo‘ladi.

Download 403.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling