Mavzu: tuproq unumdorligi va strukturasini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar


Download 0.99 Mb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1222478
  1   2   3
Bog'liq
tuproq unumdorligi va strukturasi

Mavzu: tuproq unumdorligi va strukturasini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar RUSTAMOVA Feruza

Reja:

  • 1. Tuproq unumdorligi. 2. Tuproq madaniyligi va uni yaxshilash tadbirlari. 3.Tuproq strukturasi va uni yaxshilash usullari. 4. Tuproqdagi oziq elementlari, organik modda va mikroorganizm-larning ahamiyati.

1.1

  • 1. Tuproq unumdorligi deganda uning o‘simliklarni suv va oziq moddalar bilan ta’minlash xususiyati tushuniladi.
  • Tuproq unumdorligi yerga oqilona ta’sir etganda yaxshilanib boradi, noto‘g‘ri ishlov berilganda esa aksincha pasayib boradi.
  • Tuproq unumdorligi tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi.
  • Tabiiy unumdorlik tabiiy omillar ta’sirida paydo bo‘ladi. Hali inson qo‘li tegmagan bo‘z yerlar tabiiy unumdorlikka ega. Bunday unumdorlik tabiiy sharoit va tuproq paydo bo‘lishi jarayonidagi omillarga hamda tuproqning organik va mineral tarkibiga, kimyoviy, biologik xossalariga bog‘liq holda yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.

1.2

  • Sun’iy unumdorlik inson tomonidan yaratiladi. Dehqonchilikda qo‘llaniladigan yerni ishlash, sug‘orish, o‘g‘itlash, zaxini qochirish, sho‘rini yuvish, almashlab ekish kabi agrotexnik tadbirlar su’niy unumdorlikni vujudga keltiradi. Yа’ni, inson fan va texnika yutuq-laridan foydalanib tuproqning tabiiy xossalarini o‘zgartiradi. Sun’iy unumdorligi bo‘lgan tuproqda ma’lum darajada tabiiy unumdorlik ham bo‘ladi

1.3

  • Tuproq unumdorligi potentsial va samarali unumdorlikka ham bo‘linadi. Potentsial unumdorlik tuproqdagi oziq elementlarining umu-miy miqdorini ko‘rsatadi. Bunga o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan va oson o‘zlashtira oladigan shakldagi oziq moddalarning barchasi kiradi. Samarali unumdorlik tuproqdagi o‘simlik o‘zlashtira oladigan oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi.Tuproqqa ilmiy asosda ishlov byerish, o‘g‘itlash, melioratsiyalash orqali tuproq xossalarini tubdan yaxshilash, zararli tuzlarni yuvish, ortiqcha suvni qochirish, namlik etishmaganda sug‘orish, ortiqcha ishqoriylik yoki kislotalikni bartaraf etish, yeroziyani oldini olish va to‘xtatish kabi tadbirlar potentsial unumdorlikni samarali unumdorlikka o‘tishiga olib keladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling