oz kattaroq 2—3 mm kattaliklagi kanalar, hasharotlar va boshqalar kiradi; o’simliklar ildizlari va boshqa organizmlar atrofida kislorod to’planadi, shu kislorod hay- vonlarning nafas olish manbai hisoblanadi va ular rivojlaiadi. makrofauna guruhiga kiruvchi hayvonlarning kattapigi 2— 20 mm ga yetib, ularga chuvalchanglar, ko’poyoqlilar, qurtlar va boshqalar kiradi. megafauna guruhi vakillari yer kavlovchi sutemizuvchi hayvonlardir (sug’urlar, kalamushlar, bo’rsiqlar va boshqalar). Yerning tuproq, qatlamlarini kavlab 3—4—5 m chuqurliklarda yashaydigan hayvonlar ham o’zlariga xos ekologik guruh hisoblanadi. Ma’lumki, tirik organizmlarning o’sishi, ko’payishi, rivojlanishi va tarqalishida ed a f i k omillarning ahamiyati kattadir. Tuproq muhitining har xilligi o’simlik va hayvonlarning tabiiy zonalar bo’yicha taqsimlanishiga sabab bo’lgan. Masalan, cho’l-dasht mintaqalarida: kovul-saksovul, kovul-betaga, qiyoq-saksovul, mo’tadil mintaqada igna bargli qarag’ay, qoraqarag’ay o’rmon o’simliklar tiplari tarqalgan va ularga xos hayvonlar moslashgan. Ko’p tabiiy zonalarda keng uchraydigan, keng moslanish qobiliyatiga ega bo’lgan kosmopolit turlar ham uchraydi. Bularga mikroorganizmlar, zamburug’lar, sodda tuzilgan hayvonlar, qushlardan qarg’a kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |