Маvzu: tuproqqa yuza (sayoz) ishlov beruvchi ishchi qismlarni loyixalash
Download 1.01 Mb.
|
Қишлоқ хўжалик машиналарини лойихалаш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanigan adabiyotlar
Маvzu: tuproqqa yuza (sayoz) ishlov beruvchi ishchi qismlarni loyixalashReja 1.Tuproqqa sidirg’a (yoppasiga) islov beruvchi kultivatorlar 2. Ishchi qismlar turlari, vazifasi va o’lchamlari 3. O’q-yoy simon panja tig’iga ta’sir etuvchi kuchlar taxlili .
Tuproq palaxsasini ag’darib yerga ishlov berish ko‘pincha salbiy oqibatlarga, ya’ni tuproqdagi uglerodning kamayishi, shamol va suv eroziyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, tuproqni ag’darmasdan yumshatib, tabiiy namlikni saqlab qolish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, ekilgan urug’ni unib chiqishi uchun eng qulay sharoit yaratish kabi maqsadlarda yerga ishlov berish uchun kultivatorlardan keng foydalaniladi. Kultivatorlar yerga yoppasiga ishlov beradigan va maxsus hamda chopiq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Yerga yoppasiga ishlov beradigan turlari ishlov berilmagan joylarni qoldirmasdan tuproqni yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. Maxsus kultivatorlar bog’ va o‘rmonlarda daraxtlar oralig’iga hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda ishlatiladi. Bu guruhga chuqur yumshatkich-keskich kultivatorlari ham kiritiladi. Chopiq kultivatori sug’oriladigan dehqonchilikda ekinlar qator oralig’idagi tuproqqa ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish va o‘g’itlash uchun ishlatiladi. Kultivator bilan ishlov berishda quyidagi agrotexnik talablarga: tuproqning pastki, nam qatlamini yer yuzasiga chiqarmaslik; eroziyani kuchaytiradigan changsimon zarrachalarni hosil qilmaslik; yumshatiladigan chuqurlik tayinlanganidan 1,0 sm dan ortiq farq qilmasligi va begona o‘tlarni 98 – 99 % yo‘qotilishiga rioya qilinadi. Kultivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan to‘rt turga bo‘linadi: yumshatuvchi tishlar, o‘toqlovchi yotiq tishlar, o‘qyoysimon tishlar va chuqur yumshatuvchi tishlar.
Kultivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan to‘rt turga bo‘linadi: yumshatuvchi tishlar, o‘toqlovchi yotiq tishlar, o‘qyoysimon tishlar va chuqur yumshatuvchi tishlar. Yumshatuvchi tishlar iskanasimon (96- d rasm), to‘ntarma (96- e rasm) va nayzasimon (96- frasm) kabi turlarga bo‘linadi. Bunday tish sirtining yumshatish burchagi α o‘zgaruvchan qilinadi (balandligi ortsa, α kattalashadi). Iskanasimon tishning qamrov kengligi b = 20 mm bo‘lib, tuproqning pastki, namroq qismini yuzaga chiqarmaydi. Bunday tish bikir ustunga α = 40 – 45° ostida o‘rnatilib, 25 sm chuqurlikkacha, prujinasimon ustunga α = 25 – 30° burchagi ostida ko‘tarilib, 12 sm chuqurlikkacha ishlov berishi mumkin. To‘ntarma tish uchining kengayish burchagi 2γ = 60 – 70° bo‘lib , qamrov kengligi b = 35 – 65 mm bo‘ladi. Ishlatilayotgan uchi o‘tmaslashib qolsa, tish 180° ga to‘ntarilib o‘rnatiladi. Nayzasimon tish (91- f rasm) ko‘p yillik begona o‘tlarni yo‘qotishda qo‘l keladi. 2. Ishchi qismlar turlari, vazifasi va o’lchamlari 2. Ishchi qismlar turlari, vazifasi va o’lchamlari Sug’oriladigan ekinni parvarishlashda uning qator oralig’idagi tuproqni yumshatish, begona o‘tlar ildizini kesib ketish, o‘g’itlash, juyaklar ochish kabi ishlar chopiq kultivatori yordamida bajariladi. Qatordagi ko‘chatlarga zarar keltirmaslik uchun ularga nisbatan kultivator tishlari birinchi kultivatsiyalashda bx=8–12 sm, keyingilarida bx =14 –15 sm himoya zonasi qoldirilib joylashtiriladi. Ishchi qismlari. Chopiq kultivatorlarida ham yerga yoppasiga ishlov beradigan kultivatorning 106- rasmda keltirilgan ishchi qismlari va 107- rasmdagi o‘g’it solgich, rotatsion yulduzcha, jo‘yak olgich, panjarasimon qanotli jo‘yak olgich, oziqlantirib jo‘yak olgich, sferik disk va boshqalar ishlatiladi. Har bir qator oralig’idagi tuproqqa ketma-ket ishlov berish uchun kerak bo‘lgan ishchi qismlarning majmuasi bitta gryadilga o‘rnatiladi. Gryadil qatorlar oralig’ining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ishchi qismlar uning o‘ng va chap tomonlariga kerakli masofa va chuqurlikda o‘rnatiladi. Har bir ishchi qism ustuni gryadilga tutqich va qulflar yordamida, uning kerakli holatini ta’minlaydigan qilib mahkamlanadi. O‘toqlovchi va o‘q-yoysimon tishlar begona o‘tlarning ildizini kesib ketishi va tuproqni qisman yumshatishi uchun ishlatiladi. Ular tig’ining qalinligi 1,0 mm dan kamroq bo‘lishi kerak. Ish jarayonida o‘zi o‘tkirlanib turishi va yeyilishga chidamli bo‘lishi uchun tig’ga qattiq qotishma (masalan, sormayt) payvandlangan bo‘ladi. Bunday tishlarning tuproqni yumshatish darajasi, ularning engashish burchagi α ga bog’liq bo‘lganligi sababli, ularni ustunga α = 12–18° qilib bolt bilan o‘rnatish mumkin.
Ulardan ko‘chatlarning bo‘yi 30–40 sm ga yetgunicha foydalaniladi. Rotatsion yulduzchaning barmoqlari 5–8 sm gacha tuproqqa botib yuradi. Agar yulduzchani barmog’i bukilgan tomonga aylantirilsa, uning ishlov berish chuqurligi ortadi. O‘g’it ko‘mgich yerni 16 sm chuqurlikkacha yumshatib, o‘g’itlaydi. Jo‘yak olgich 16 sm chuqurlikkacha ishlov berib, begona o‘tlarni yo‘qotib maydalash, tuproqni ko‘tarib ko‘chatlar tagini ko‘mib ketish uchun ishlatiladi. Jo‘yak olgich qanotining holatini o‘zgartirib, tuproqni ko‘tarib ko‘mish balandligi sozlanadi. Oziqlantirib jo‘yak olgich, tuproqqa 20 sm chuqurlikkacha ishlov beradi. Sferik disklar himoya zonasini kamaytirish uchun ishlatiladi. Chopiq kultivatorining qamrov kengligi, ishchi qismlari o‘rnatilgan gryadillar oralig’i va soni, urug’ ekib ketgan seyalkaning o‘lchamlari bilan moslangan bo‘lishi kerak.
Ko‘chatlar traktor g’ildiraklari va gryadildagi ishchi qismlarga tegib shikastlanmasligi uchun ular g’ilof va to‘siqlar bilan yopilishi lozim. Kultivator bilan ishlov berganda shikastlangan ko‘chatlarning miqdori 1,0 % dan oshmasligi kerak. Ish vaqtida turli sabablarga ko‘ra, gryadilni yon tomonlarga burilishi 1–2 sm dan oshmasligi uchun uni bikr o‘rnatish lozim. 2. Ishchi qismlar turlari, vazifasi va o’lchamlari Kultivator tishlarini ramaga osish radial va parallelogrammsimon usullar yordamida bajariladi. Radial osish usulida (98- a rasm) ishchi qism 3, ustuni 2, gryadil 8, kultivator ramasiga sharnir 1 orqali ulanadi. Kultivatorning ishchi qismlari ramaga shu usulda ulansa, qo‘shni gryadillarga o‘rnatilgan tishlar bir-birlariga nisbatan ko‘tarilib-tushib, mikrorelefga moslanib yurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tishni belgilangan chuqurlikka botirish uchun jilov 7 ga kiydirilgan prujina 6 yordamida kerakli miqdordagi Fp kuchi hosil qilinadi. Cheklovchi mix -cho‘p d ni jilov bo‘ylab surib, prujinaning siqilish kuchi Fpo‘zgartiriladi. Gryadillarni ko‘tarib-tushirish AB ikki yelkali richag yordamida bajariladi. Shtanganing yo‘naltirgich 10 dan chiqib turgan ΔS qismi, tish 3 ni ishlov berish chuqurligi o‘zgarishini cheklaydi.
Har qanday pichoqsimon ishchi qism (kultivator tishi, plug lemexi, silos maydalaydigan baraban pichog’i)ni ikki yonli ponaga o‘xshatish mumkin (99- a rasm). Bunday ponaning ad va be yonlari C nuqtasida kesishib, acb=io‘tkir burchagini hosil qiladi. Pona tig’ining ishlashi natijasida asvburchagi yeyilib de yoyini hosil bo‘lishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Pichoqning o‘tkirlangan darajasini i burchagi emas, balki de yoyining qalinligi ifodalaydi.. 99- rasm.Pichoq elementlari: a – charxlanib o‘tkirlanadigan tig’; b – qilovi tushirilgan tig’; 1 – qilov; 2 – tig’; 3 – pichoq yoni. 3. O’q-yoy simon panja tig’iga ta’sir etuvchi kuchlar taxlili 102- rasm. Kultivator tishiga ta’sir etuvchi kuchlar. Ishlayotgan kultivator tishiga ta’sir etuvchi kuchlar. Universal (o‘q-yoysimon) tish simmetrik bo‘lganligi sababli, unga ta’sir qiluvchi elementar kuchlarni yagona Rzx teng ta’sir etuvchisiga keltirish mumkin Tuproq qarshiligi Rzx ning vertikal zo‘qiga bo‘lgan proeksiyasi Rz tishni chuqurlatishga intiladi. Rzx tishning tumshug’iga nisbatan h = (0,5 – 0,3) a balandligida va l = 0,5v masofada ta’sir qiladi. Qarshilik kuchlarining teng ta’sir etuvchisi Rzx tishning ishchi sirtining tuproq bilan ishqalanish kuchi F va normal bosim N ning yig’indisidan iborat bo‘lganligi sababli, yo‘nalishini bildiruvchi ψ burchagi tishning tuproq maydalash burchagi α va ishqalanish burchagi φ larning miqdoriga bog’liq: 3. O’q-yoy simon panja tig’iga ta’sir etuvchi kuchlar taxlili ψ burchagi miqdorining o‘zgarishi Rz kuchini ya’ni, tishning botuvchanligini o‘zgarishiga olib keladi. Namligi oz bo‘lgan tuproqning tish bilan ishqalanish burchagi φ optimal namlikdagi (16 – 18 %) ga nisbatan ko‘proq bo‘lishi ma’lum, shu sababli, bunday yerda tishning botuvchanligi kamroq bo‘ladi. ψ burchagining miqdoriga tishning α burchagi ham ta’sir ko‘rsatadi. Demak, α burchagi katta bo‘lgan yumshatuvchi tishning botuvchanligi kamroq bo‘ladi. Rx kuchini tajriba o‘tkazib (dinamometrlab) o‘lchash mumkin. Bitta tishning sudrashga qarshiligi: bu yerda, b - tishning qamrov kengligi, sm;a - tishning ishlov berish chuqurligi, sm; k - tuproqning solishtirma qarshiligi, N/sm2. O‘q-yoysimon tish uchun k= 1,1 – 2,0 N/sm2, yumshatuvchi tish uchun k= 5 – 10 N/sm2 qabul qilinadi. Foydalanigan adabiyotlar
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling