Mavzu. Turistik marshrutning tarkibiy qismlari va marshrutda xizmatlar koʻrsatishni tashkil qilish reja: Kirish
Turistik marshrutning tarkibiy qismlari , tasnifi hamda tamoyillar
Download 129.23 Kb.
|
Mavzu. Turistik marshrutning tarkibiy qismlari va marshrutda xiz-fayllar.org
1. Turistik marshrutning tarkibiy qismlari , tasnifi hamda tamoyillar
Turistik marshrutlarning tarkibiy qismlari deganda turistlarni turistik obyekt-makonga olib borish va dastlabki-turistlarni qabul qilish joyigacha qaytarishdagi xizmatlar va mahsulotlar dasturini tushunmoq kerak.Turistik marshrutning tarkibiy qismlari quyidagi xizmatlardan iborat.Turistik marshrutlarning tarkibiy qismlari biri-biri bilan bogʻliq holda harakatlanadi. Marshrutdagi tarkibiy qismlarning barchasi xizmatlardir. Ana shu xizmatlar borligidan turistik marshrut boshqa marshrutlardan ajralib turadi. Turistik marshrutdagi transport xizmatlarini tashkil qilishda quyidagi vazifalar bajarilishi lozim: a)Transport vositalarini turistik marshrut mavzusi boʻyicha tanlash; Transport vositalarini ijaraga olish. Transport vositalarining texnik koʻrigini oʻtkazish va hujjatlashtirish. Transport vositalarini ob-havo iqlim, mavsumiy sharoitlar va yoʻllar holati boʻyicha tanlash. Transport vositalarining harakatlanish tezligini chegaralash masalalari. 1.Transport vositalarini turistik marshrut mavzusi boʻyicha tanlash marshrutni ishlab chiqishdagi birinchi va asosiy talablardan hisoblanadi. Bu talab barcha turistik resurslarga marshrut ishlab chiqilganda qoʻyiladi. Bu holatda turistik marshrutga transport vositalarini turning marshrutlari sharoiti boʻyicha tanlash oson boʻladi. Qayd qilish lozimki, aksariyat hollarda turning mavzusi transportni tanlaydi. Turoperator yoki marshrutni ishlab chiquvchi marshrut yoʻlini, uning sharoitini yaxshi bilsa transport turini toʻgʻridan-toʻgʻri, hech ikkilanmasdan tanlaydi. Marshrut yoʻlini, sharoitini ayniqsa yoʻl sharoiti va holatini mavsumlar boʻyicha oʻzgarib turiщini bilmaydigan turoperator marshrut davomida koʻplab kutilmagan qiyinchilik larga duch kelib marshrut rejasini buzib qoʻyishi mumkin. Masalan: shaharlar ichidagi tarixiy obidalar, ziyoragoh joylar va boshqa maskanlarga transport turi turistlar soniga qarab yengil tanlanadi. Agar 5
soni boʻyicha tanlanadi. Umuman olganda shahar va tumanlargacha amalga oshiriladigan sayyohatlarga transport vositalarini tanlash muammoli emas. Chunki shahar va tumanlar orasida yoʻllar har holda ishonchli. Agar turistik marshrut ekoturizm, sarguzasht turizmi, gʻorshunoslik turizmi yoki ovchilik turizmi mavzusida boʻlsa, transport vositasi yengil mashinalar oʻta olmaydigan yoʻl uchun maxsus moslamalar qoʻyilgan (JIP, NIVA, UAZ, GAZ-66) mashinalar tanlanadi. Transport vositalarini ijaraga olishda ham marshrut mavzusiga qarab tanlanadi. Tanlash usullari yuqorida qayd qilindi. Eʼtibor berish lozimki, turistik marshrutga ijaraga olinadigan transport xillari kamida bir necha kun oldin shartnoma asosida qabul qilinib, uning texnik sozligini DAN mutaxassis xulosasi boʻyicha hujjatlashtirish zarur. 1 Transport vositalarini ijaraga olishda esda tutish lozimki, shaharlardan chiqishda transport masalasini hal qilish oson kechadi. Chunki, koʻp hollarda turistik firmalar yoki mehmonxonalarning ham oʻz shaxsiy mashinalari boʻladi. Agarda turistlar shaharlar tashqarisiga ayniqsa ekoturizm, ekzotik turizm arxeologik turizm yoki ovchilik turizmiga chiqishganda mahalliy transport turlariga (ot, eshak, tuya, arava) ehtiyoj boʻlishi mumkin. Marshrutdagi xizmatlarning xillari va sharoitlari Marshrutdagi xizmatlarning xillari xizmatlar koʻrsatish sharoitlari 1. Transport xizmatlari Transport vositalari (poyezd, avtomobil, avtobus, samolyot, mahalliy transport turlari), yoʻlda yurish qoidalari, chegaralangan tezlik, trans portda yurishdagi hayot xavfsizligi, toʻxtashdagi talablar, transportdagi oʻrinlar, koʻchma dam olish transport vositalari, transport va ekologik omil larni nazarda tutish . 1 Hayitboev R., Haydarov S., Abduxamidov S., va boshq., Turizm marshrutlarini ishlab chiqish. Oʼquv qoʼllanma, Samarqand, 2016.-175 b. 6
Joylashtirish vositalari (mehmonxona, turist lar bazasi, turistlar lageri,kemping, ijara uylari, ochiq ekspeditsiya koʻrpalarida, havoda-uxlash palatkada)ning manzillari, darajalari, sharoitlari, xizmatlar koʻrsatishning darajalari, ekologik omillarni nazarda tutish 3 Ovqatlantirish xizmatlari Ovqatlantirish korxonalarining xillari (restoran,kafe, oshxona, choyxona, bar,manzillari, darajalari,xizmatlar qilish davri, vaqti (nonushta, tushlik, kechki ovqat), ovqatlantirish xillari (shved stoli, toʻliq pansion,yarim pansion, maxsus ovqatlar, alya kart, tablgot, palatkausuli, ekspeditsiya usuli,) ekologik omil larni nazarda tutish 4 Ekskursiya xizmatlari Ekskursiyalarning soni, mavzulari, mazmuni oʻtkazishshakli (piyoda, transportda, oʻtkazish ketma-ketligi)ekskursiyada dam olish, ovqatlan tirish masalalari,ekologik omillarni nazarda tutish 5 Turistikmarshrutning hujjatlari Marshrutning mavzusi, mazmuni, texnologiya xaritasi,marshrutdagi axborotlar,marshrut qatnashchilariga koʻrsatmalar, marshrut sxemasi, marshrutni amalga oshirish uchun ruxsatnoma, xizmatlarni amalga oshiruvchilar, (haydovchi va uning yordamchisi, tarjimon, suv, choyberuvchilar, oshpazlar, yuk tashuvchilar, axborotchilar, boshlovchilar va boshq.)haqida hujjatlar. Marshrut haqida hisobot hujjatlari. Bunday holatlarda turmarshrut ishlab chiquvchi marshrutni oʻtkazishdan oldin mahalliy aholi bilan ularning transportidan foydalanish haqida kelishuvlarni amalga oshirishi lozim. Chunki, mahalliy aholidagi transportturlari ham ijaraga olinadi. 3.Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish vahujjatlashtirish faqat maxsus tashkilotlar (DAN) ishtirokida va ularning ruxsatnomalari bilan rasmiylashtirishi kerak. 7
boʻyicha tanlash shartlari 1-qismda keltirildi. Ularga qoʻshimchaqilib aytish zarurki, respublikamizda qish oylari shaharlarda ham, shaharlartashqarisidagi yoʻllarda tuman va tabiat manzillariga boriladigan mahalliyyoʻllarda ham muzlash, erish natijasida loygarchilik holatlari koʻproquchraydi. Ikkinchidan, kuz-qish oylarida ob- havo iliq haroratdan sovuq haroratga qarab tez oʻzgaradi. Qayd qilinganlarni hisobga olib va turistlar ninghayoti xavfsizligini taʼminlash maqsadida kuz-qish oylarida turistikmarshrutlarda maxsus avtomobil va avtobuslardan foydalanish xavfsizliroq boʻlishiga eʼtibor berish lozim. 5.Transport vositalarining harakatlanish tezligini chegaralashda turoperator yoki marshrutni oʻtkazuvchi rahbar toʻliq yoʻl-transport qoidalariga binoan transport boshqaruvini nazorat qilib borishi shart. 10.2. Joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish va tunashdagi xizmatlar dasturi. Turistlarni joylashtirish shaharlarda muammo emas. Turist yoki turistlarning hoxish- istaklariga qarab ularni turli darajadagi mehmonxonalarga joylashtirish mumkin. Joylashtirish muammolari shahardan uzoq masofalardagi turistik obyektlarga sayyohatlar davomida yuzaga keladi. Respublikamizda turizmni rivojlantirishdagi eng ogʻriqli, muammoli masala ham ekoturizm, arxeologik turizm, ovchilik turizm kabi turizm turlariga marshrutlar ishlab chiqishda yuzaga qalqib chiqadi. Oʻzbekistonning tabiat mintaqalariga turistik marshrutlar ishlab chiqilmayotganligining asosiy sabablari ham bu turistik makonlarda turistlar uchun tunash joylari ning yoʻqligidadir. Ekoturizm, arxeologik turizm va ovchilik turizmini rivojlantirishni rejalashtirar ekanmiz birinchi navbatda turistlarning tunashi (joylashtirish) sharoitlarini yaratishimiz kerak boʻladi. Shaharlardan uzoqda boʻlgan turizm resurslarida (ekoturizm, rekreatsiya turizmi) turistlar uchun tunash joylarini hozircha turistik bazalar yoki lagerlar usulida yaratish imkoniyatlari mavjud. Lekin, turizmda tadbirkorlikning kengaymayotganligidan bunday tunash joylari hozirgacha yaratilmayapti. 8
joylari yaratilganda edi. Turistlarning ham tunash, ham dam olish va ovqatlan tirish muammolari birdaniga hal qilingan boʻlardi. Bu muammoli holatdan chiqishning yagona yoʻli ekoturizm, rekreatsiya turizmi yoki ovchilik turizmdagi turistik resurslarga marshrut ishlab chiqishda resursga yaqin joydagi aholi uylarini ijaraga olish hisoblanadi. Lekin, unutmaslik lozimki, xalqar o turistlar har qanday sharoitlarda ham tunab qolaver maydi. Shuning uchun ham bunday sharoitlardan mahalliy turizmdagi turistlarni joylashtirishda foydalanish mumkin. Tabiat landshaftlaridagi turizm maskanlariga (resurslariga) marshrut ishlab chiqishdan oldin bunday joylarda turistik bazalar va turistik lager lar barpo qilishga qatʼiy ravishda kirishishimiz lozim. Turistik lagerlarni palatkali yoki yurta (choʻponning qora uyi) usulida tezkor vaqtlarda mavsumlarga moslashtirib qurish imkoniyatlari juda katta. Turistlar shahar mehmonxonalariga joylashtirilganda ularni ovqat lantirish muammo emas.Chunki, turist joylashgan mehmonxonada ham shaharning har bir koʻchasida ham turistning ehtiyojini qondiradigan restoran, kafe, oshxona va choyxonalar bor. Shaharlar mehmonxonalarida joylashgan turistlarni ovqatlantirishda xalqaro meʼyorlardagi takliflar quyidagicha: a) toʻliq pansion – 3-marta ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat); b) yarim pansion – 2 marotaba ovqatlanish (nonushta–tushlik, nonushta – kechki ovqat yoki tushlik – kechki ovqat); v) faqat nonushta; g) faqat tushlik; d) faqat kechki ovqatlanish. Ovqatlanishda xizmatlar shakli quyidagicha: a) “Shved stoli”-oʻz-oʻziga xizmat. Bu usulda restoran yoki oshxonada turli- tuman ovqat xillari tayyorlangan boʻladi. Turistlar (mijozlar) oʻzlari yoqtirgan ovqat va ichimlik xillarini hoxlaganlaricha (ehtiyojalariga yarasha) olib, yeb-ichishlari mumkin. Ovqatlanib boʻlgandan keyin turist (mijoz) idish – tovoqlarni yigʻishtirmaydi. 9
tanlash huquqi berilmaydi). “A lya kart” - restoran menyusida turistlar hoxlagan ovqat turini erkin tanlaydilar. Ovqatlanishning qaysi shakllari boʻlmasin shaharda va tuman markazlarida turistlarni ovqatlantirish yuqorida qayd qilganimizdek muammo tugʻdirmaydi. Faqat turistik marshrutda shaharda (tumanda) ovqatlantirish joyi va sharoitlari yozib qoʻyilsa yetarli boʻladi. Turistlarni ovqatlan tirishdagi muammolar shaharlardan (tumanlardan) uzoq masofadagi turistik obyektlarga marshrut ishlab chiqishda qiyin vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda. Shaharlardan uzoq masofalarda joylashgan turistik obyektda tunash muammosi yuqorida keltirildi. Bunday sharoitlarda ovqatlantirish ham shu muammoni takrorlamoqda. Qayd qilinganlardan quyidagi xulosalar hosil boʻladi: 1. Turistik marshrut ishlab chiqishda agar marshrut ekoturizm, ovchilik turizmi,sarguzasht turizmi yoki gʻorshunoslik va rekreatsiya turizmi mavzulari boʻyicha ishlab chiqilganda turistlarni “palatka usuli”da ovqatlantirishni tashkil qilish mumkin. Bu usulda turistlarni qiziqtirish uchun milliy ekzotika variantini– yaʼni koʻchma qozon–tovoq usulida–“tabiat bagʻrida tabiiylik” sharoitida ovqat tayyorlashda taklif etish va ovqatlantirish. 2.Qayd qilingan turizm mavzularida turistik marshrut ishlab chiqilganda turistik makonda–obyektda ovqatlantirishni turistik lager (mavsumiy– palatka usulida) tashkil qilish maqsadiga muvofiq.3.Har qanday mavzuda turistik marshrut ishlab chiqishda marshrut davomida mineral suvlar, termosda issiq choy, sovutilgan choy va ekologik toza sharbatlar boʻlishligini taʼminlash shart. 4.Turistik marshrutda ekskursiyaga chiqilganda ekspeditsiya usulida ovqatlanishni (konservalar, qotirilgan kolbasalar, tushonkalar va issiq choy) bilan tashkil qilish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling