3
o’zining qiziqishi sohalarini ko’rib ulgurish, qoniqish, o’rganish, tanlash
xususiyatlari va imkoniyat darajalaridan to’g’ri foydalanish uchun ishlab chiqarish
sohalarini, turistik marshrutlarni, tabiiy biologik resurslarni, insonlarning yashash
tarzlarini alohida-alohida turizm sohasiga aylantirdi.
Hozirgi Jaxondagi ko`zga ko`ringan mutaxassislarning
yozishlaricha jahonda
turizmning asosiy turlari 20-22 yo’nalishdan iborat. Ishlab chiqarish sohalarining
yoki insonlar guruhining mo’jizakor, mukammal va hayratomuz ko’rinishga ega
bo’lgan mahsulotlari, inshootlari insonlar oqimini o’ziga jalb qilishi turizm sohasini
keltirib chiqardi, sohadagi turlarning ko’payib borayotganligi ham ana shu omillarga
bog’liq.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Kurs ishining maqsadi turistik marshrutning tarkibiy qismlar ini o'rganish, turistik
marshrutlarni ishlab chiqish, tashkil qilish, o'tkazish ularni to'g'ri tanlashda turli
usullar va amaliy asoslarni o'rganish hamda turizmda an'anaviy va
zamonaviy
xaritalashtirishning metodlarini o'rganishdan iborat.
Ushbu maqsadlardan kelib
chiqib quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi
- -Turistik marshrutlar ishlab chiqarishning nazariy asoslarini o'rganish
- Turistik marshrutlarda turistlarga xizmatlar ko'rsatish
mexanizmlarini
o'rganishdan iborat
- Turizm xizmatlarini xaritalashtirishni o'rganish
Kurs ishining obekti: kurs ishining obekti sifatida turli xil mashrutlar ya'ni tabiat
so'lim go'shalari, qadimdan saqlanib kelayotgan obidalar hamda turistik firma va
turistik tashkilotlar hisoblanadi.