Mavzu: Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Reja


Xalqaro turizmda turistlarnimg hayoti xavfsizligini ta’minlashning


Download 62.68 Kb.
bet8/15
Sana03.12.2023
Hajmi62.68 Kb.
#1801344
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Mavzu Turistlar xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari. Rej-fayllar.org

2. Xalqaro turizmda turistlarnimg hayoti xavfsizligini ta’minlashning
xalqaro huquqiy va me’yoriy hujjatlari
Insonning hayoti xavfsiziigini ta’minlash hamma vaqtda ham awalo insonning o’z
hayotini muhofaza qilish, sog‘lig‘ini saqlash, yashash istagi hissiyotlaridan kelib
chiqadi. O’z hayoti xavfsizligining ertasini o'ylamaydigan, hozirgi zamonamizdan
juda ko'p yillar ilgari xavfli sharoitlarda tavakkaliga sayohatga chiqgan jasur
kishilar (Skott, Magellan, Maklay, Livingston, Dikson, Nikitin, Bering, Dejnyov,
Perjevalskiy, Polo, Batuta, Lazerev, Kruznshtem, Kolumb, Vamberi va boshqalar)
buyuk geografik tadqiqotchi sayyohlar bo‘iishgan, lekin vaqt o‘tishi bilan inson-
ning yashashga bo‘lgan hissiyotlari ham o‘zgardi. Bunday hissiyotlar zamirida
albatta qo‘rqish hissi hukmron, ildcilanish hissi kuchhroq bo’lganligi hisoblanadi.
Bir mamlakatdan o‘zga mamlakatlarga sayohat qilmoqchi bo‘lgan turist albatta, bu
mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, axborotlami to‘playdi va
ko‘nglida xavotir yo‘qligidan aniq bir qarorga keladi.
Turizmning xalqaro miqyosda rivojlanib borayotganligining sabablaridan biri,
xalqaro nizolarning pasayishi, qurollanishningsusayganligi natijasida jahon
xalqlarining biri-biriga qiziqishi, ko‘rishishga, muloqot qilishga, xalqlaming
tarixiy-ma’naviy madaniya-tiga, xalqlar yashayotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi,
intilishi hisoblanadi.
Turizmdagi xalqaro huquq-me’yorlami qabul qilgan mamlakatiarda turistlar
ana shu huquq-me'yorlarga ishonib, suyanib, erkin harakat qilishadi. Shu bilan
birga, turizm rivojlanishida turistik oqimlarning muayyan davlatda yoki davlatlarda
ko‘payishi turizmdagi xalqaro tashkilotlaming faoliyatiga ham bog‘liq bo'ladi.
Har bir davlatda, shuningdek, xalqaro miqyosda turizmni tashkil etishning eng

muhim elementlaridan biri - turistiaming sog‘lig‘i va hayoti xavfsizligining ta’min-


lanishi hisoblanadi. Turistiaming hayoti xavfsizligi va buyumlarining saqlanish
kafolati xalqaro miqyosda va davlatlar hududlarida harakatlanish xavfsizligidagi
juda ko‘p majmuali tadbirlaming qonun himoyasida ta’minlanishni talab qiladi.
Turizmning xalqaro xavfsizligidagi xalqaro tajribalami Butunjahon turistik tash-
kiloti (BTT) tadqsq qiladi va tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsi-
yalami xalqaro turizm to‘g‘risidagi qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul
qilgan davlatlarga ko'rsatma – yo’llanma sifatida taqdim qilib kelmoqda.
Sayohatlaming xavfsizligini ta’minlash haqidagi turizm Xartiyasi 1985-yil BTT
dagi Bosh Assambleyaning VI - sessiyasida qabul qilingan edi. Xartiya tarkibi 9 ta
modda va turist kodeksidan iborat. Xartiyaning 4-moddasida turistiaming sog‘ligi
va hayoti xavfsizligini ta’minlashda, uiaming buyumlarini saqianishi, har bir davlat
hududlarida erkin harakat qilishida quyidagi talablar bajarilishi dunyodagi barcha
davlatlarga tavsiya qilingan;
  • turistlarga imkoniyatlaming yaratilishi, o‘z davlatida va chet ellik turistlar



uchun sayohatlar davrida BMT, BTT, Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti,

Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro bojxona hamkorligi Kengashi va boshqa


xalqaro tashkilotlaming turizm to‘g‘risidagi, xalqaro turizm to‘g‘risidagi
«Holatlar», «Dasturlar», «Huquq-me’yorlar» bilan tanishish, ulami o‘rganish,
foydalanish sharoitlarini yaratishlari;
  • turistlarning bilimi va madaniyati o'sishiga hamkorlik qilishi va yetib kelgan



davlatlaming mahalliy aholisi bilan bo’lgan muloqotlarda, aloqalarda o‘zaro
tushunish, o'zaro do‘stona muhitlarining yaratilishi;
• turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash va buyumlarining saqlanish chora-
tadbirlarini xalqai'o qonunlarga mos holda ishlab chiqishi;
• gigiyena va sog‘liqni saqlash xizmatlariga murojaat qilish, yordam olishning
barcha shart-sharoitlarini yaratishi, yuqumli kasalliklar va baxtsiz hodisalardan
saqlanish haqida ogohlantirish;
• turizmda buzg‘unchilik maqsadlaridagi qilingan har qanday xatti-harakatlarning
oldini olish;
• turistlar va mahalliy aholini giyohvandlik moddalaridan noqonuniy foydalanish
manbalaridan himoya qilish tizimlarini ishlab chiqish.
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi 10 ta tamoyilni qabul qildi va uni
barcha mamlakatlarga tarqatdi. Deklaratsiya jahonda turizmning rivojianishida
turizm xavfsizligi xalqaro miqyosda va milliy davlatlar miqyosida ta’minlanishi
shartligini ta’kidladi. Bunga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya
qilindi:
• turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash me’yorlarini ishlab chiqish va
turizmda joriy qilish;
• jamoatchilikka aniq axborotlami yetkazish va tarqatish;
• turistlarning xavfsizligini o‘rganuvchi va ta’minlovchi, ayniqsa, efcstremal
vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashni tadqiq qiluvchi institutsional markazlar
tashkil qilish;
• turistlaming xavfsizligini ta’minlashda xalqaro, qit’alararo hamkorlikni tashkil
qilish va harakatlantirish;
• turistlami hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va xavfsiziigini himoya qilish

turizm rivojianishining ajralmas qismidir.


• turistlami himoya qilish, hayoti xavfsiziigini ta’minlashdagi huquqiy me’yorlami
ishlab chiqish, xavfga qarshi chora-tadbirlar tizimini yaratishda har bir davlatlar-
ning BTT bilan o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash.
Gaaga deklaratsiyasida qabul qilingan yana bir muhim hujjat shundan iborat
bo’ldiki, terrorizm turizm va turistik harakatlanishning rivojiga real xavf, deb tan
olindi. Jahondagi davlatlarning terroristiarga har xil siyosiy sabablami ro‘kach
qilib, boshpana berish holiari jahon miqyosida qoralanishi e’tirof etildi.
Xalqaro turizm xavfsizligi va turistlaming hayoti xavfsizligini ta’minlashda
BTT ning 2001-yil 30-sentabr - 1-oktabrda Yaponiyada (Osaka deklaratsiyasi)
o‘tkazilgan konferensiyasi, MDH davlatlarining «Turizm sohasida hamkorlik»
- Ashxobod 23-dekabr 1993-yil, 29-oktabr 1994-yil, 4-noyabr 1994-yil Osaka
deklaratsiyasi, «Turistik faoliyatni tashkil qilish Yevropa Kengashi», 2-noyabr
I981-yil Nepaldagi «Xalqaro mehmonxona qoidalari assotsiatsiyasi» muhim
qarorlar qabul qildi, tavsiyalar ishlab chiqib, dunyo mamlakatlariga tarqatdi.
Turizm mamlakatlarining 21% ida maxsus turizm politsiyasi tashkil qilingan
bo‘lib, bu politsiya faqat turizm faoliyati bilan shug‘ullanadi. Turizm politsiyasi
zimmasiga turistlami, turizm resurslarini va atrof-muhitni muhofaza qilish,
giyohvandlikka qarshi kurashish, mahalliy etnik guruhlami himoya qilish vazifalari
ham yuklatilgan.
Xalqaro turizm amaliyotidan ma’lum bo‘ladiki, ko‘pgina davlatlarning turizm
boshqaruvi turistlaming dunyo davlatlariga, mintaqalariga borishi yoki
bormasliklari, xavfsizlikning holati, darajalari, ushbu davlatlarda turizm siyosati va
himoya haqida aniq tavsiyalar ishlab chiqadi va o‘z ommaviy axborot vositalarida
muntazam ravishda tavsiyalar berib boradi.
3. O’zbekiston Respsiblikasi qonun va qarorlarida turistlar


Download 62.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling