Mavzu: Turistlik agentlik tizimini yaratish
Download 465.64 Kb.
|
Axmataliyev Murodulla loyiha ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Shart operatorlari Shartli operatorlar.Toʻliqsiz tarmoqlanish if
- (true)
- Blok-sxemasi 1.3.Sinflar va Obyektlar
1 bayt joy oladi va 0 dan 256 tagacha boʻlgan simvollar ketma-ketligidan iborat boʻlishi mumkin. Satr tipidagi oʻzgaruvchilar qoʻshtirnoq (“) ichida yoziladi.
C++ tilida oʻzgaruvchilarni initsializatsiya qilish degan tushuncha ham mavjud. Initsializatsiya qilish degani oʻzgaruvchini eʻlon qilish barobarida unga boshlangʻich qiymatini ham berish demakdir. Masalan: int a=5, b, s=-100;– a, b, s oʻzgaruvchilari butun tipli ekanligi koʻrsatildi va a oʻzgaruvchisiga 5 (a=5), s oʻzgaruvchisiga esa –100 (s=-100) boshlangʻich qiymatlar berildi. 1.2.Shart operatorlari Shartli operatorlar.Toʻliqsiz tarmoqlanish if operatori. if operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirish natijasiga koʻra dasturda tarmoqlanishni amalga oshiradi: if ()1; Bu yerda har qanday ifoda boʻlishi mumkin, odatda u taqqoslash operatori boʻladi. Agar tekshiriladigan_shart rost (true) boʻlsa, 1 bajariladi, aks holda(false) dastur keyingi operatorlarni bajarishga oʻtadi. C++ tilida bir nechta amallarni blok(guruh)larga birlashtirish mumkin. Blok ʻ{ʻ va ʻ}ʻ belgi oraligʻiga olingan amallar ketma-ketligi boʻlib, u kompilyator tomonidan yaxlit bir operator deb qabul qilinadi. Toʻliq tarmoqlanish. if – else operatori: Misol. Ikkita butun sonni kiriting va ulardan kichigini ekranga chiqaring. Blok-sxemasi 1.3.Sinflar va Obyektlar Sinflar va sinf a’zolari Yangi tip sinfni e’lon qilish bilan tuziladi. Sinf - bu bir – biri bilan funktsional orqali bog’langan o’zgaruvchilar va usullar to’plamidir. Sinflarga amaliyotdan ko’pgina misollar keltirish mumkin. Masalan, avtomabilni g’ildirak, eshik, o’rindiq oyna va boshqa qismlardan tashkil topgan kolleksiya yoki haydash tezligini oshirish to’xtatish, burish imkoniyatlariga ega bo’lgan obyekt deb tasavvur qilish mumkin. Avtomobil o’zida turli ehtiyot qismlarni va ularni funksiyalarini inkapsulyatsiya qiladi. Avtomobil kabi sinfda ham inkapsulyatsiya qator imkoniyatlarni beradi. Barcha ma’lumotlar bitta obyektda yig’ilgan va ularga osongina murojaat qilish, ularni o’zgartirish va ko’chirish mumkin. Sizning sinfingiz bilan ishlovchi dasturiy qismlar, ya’ni mijozlar sizning obyektingizdan, uning qanday ishlashidan tashvishlanmasdan, bemalol foydalanishlari mumkin. Sinf o’zgaruvchilarning ixtiyoriy kombinatsiyasidan, shuningdek boshqa sinflar tiplaridan iborat bo’lishi mumkin. Sinfdagi o’zgaruvchilar o’zgaruvchi – a’zolar yoki xossalar deyiladi. Car sinfi o’rindiq, radiopriyomnik, shina va boshqa o’zgaruvchi - a’zolardan iborat. O’zgaruvchi – a’zolar faqatgina o’zlarining sinflarida yotadilar. G’ildirak va motor avtomobilning qanday tarkibiy qismi bo’lsa, o’zgaruvchi – a’zolar ham sinfning shunday tarkibiy qismidir. Sinfdagi funksiyalar odatda o’zgaruvchi a’zolar ustida biror bir amal bajaradilar. Ular funksiya – a’zolar yoki sinf usullari deb aytiladi. Mashina sinfi usullari qatoriga Haydash() va Tuxtatish() usullari kiradi. Mushuk sinfi hayvonni yoshi va og’irligini ifodalovchi o’zgaruvchi – a’zolarga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, bu sinfning funksional qismi Uxlash(), Miyovlash(), SichqonTutish() usullaridan iborat bo’ladi. Funksiya – a’zolar ham o’zgaruvchi a’zolar singari sinfda yotadi. Ular o’zgaruvchi a’zolar ustida amallar bajaradi va sinfni funksional imkoniyatlarini aniqlaydi. Sinfni e’lon qilish. Sinfni e’lon qilish uchun class kalitli so’zi, undan so’ng ochiluvchi figurali qavs, so’ng xossalar va usullari ro’yxati ishlatiladi. Sinfni e’lon qilish yopiluvchi figurali qavs va nuqtali vergul orqali yakunlanadi. Masalan, Mushuk sinfini quyidagicha e’lon qilish mumkin. Download 465.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling