Mavzu: Turizmda ovqatlantirish xizmati (Farg’onadagi McDonald’s restorani misolida) Reja: Kirish
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Download 4.07 Mb.
|
Turizmda ovqatlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti va obyekti
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Turizmda turar joy bilan bir qatorda umumiy ovqatlanish ham tizimni tashkil etuvchi omil bo‘lib, turistlarning ovqatlanishga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq. Xalqaro amaliyotning aksariyat misollarida oziq-ovqat, aksariyat hollarda turistlarga turar joy bilan jihozlangan kompleksda taqdim etiladi va bularning barchasi mehmonxona narxiga kiritilgan. Umumiy ovqatlanish sohasi sub’ektlarini tasnifiy belgilari va turlari bo‘yicha bir-biriga to‘g‘ri keladigan jihatlari jadvalda ko‘rinib turibdi. Ushbu jadvalni tahlil qilganimizda unda ko‘rsatilgan ayrim belgilari mavjud. Faoliyat muddatiga ko‘ra esa – doimiy va mavsumiy turlarga bo‘linadi.
Mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlar mavsumiy davrda kelganliklari uchun biz ularga doimiy shaklda xizmat ko‘rsata olmaymiz. Shuning uchun biz faoliyat muddatiga ko‘ra yilning ma’lum mavsumlarida, kunning aniq bir ovqatlanish davrida turistlarga xizmat ko‘rsatamiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, turizm faoliyatida ovqatlantirish xizmati aniq bir vaqtni belgilashni talab qiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining beshta turi mavjud: restoran, bar, kafe, oshxona, tamaddixona (yaxna ovqatlar). Korxonaning turini belgilashda quyidagilarga e’tibor beriladi: realizatsiya qilinadigan mahsulotlar assortimenti, ularni tayyorlashdagi turli-tumanlik va murakkablik; texnik jihozlanish- moddiy baza, injener-texnik jihoz va uskunalar bilan ta’minlanishi, bino tizimi, arxitektura-rejalanishi va h.k.; xizmat qilish usullari; xodimlarning malakasi; xizmat ko‘rsatish sifati, binoning ichki bezagi, ahloq-odob, muomala, estetika va h.k. Restoran va barlarga korxona toifalari sifatida lyuks, oliy va birinchi toifali, degan nomlar beriladi. Kafe, oshxona, tamaddixonalar toifalarga bo‘linmaydi Kurs ishining predmeti va obyekti: Turistlarni ovqat bilan ta’minlash tizimi turning shakliga, turistlarning kategoriyasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq. Ovqat bilan ta’minlash tartibi yo‘llanma, shartnoma, Vaucherda ko‘rsatiladi. qoidaga ko‘ra, nonushta turistlarga “shved stoli” tizimi shaklida beriladi bu o‘z-o‘ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo‘lganlari o‘zlarining xohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko‘pchilik nonushtalar kafeda-bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo‘ladi. Minibar va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning “yarimpansion” shakliga ko‘ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi. “To‘liq pansion”da esa ovqatlanish 3-4 marta bo‘ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus yarimfabrikat va konsenrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan. Mehmonxonalarda ovqat va ichimlik sotish daromadi xona sotish daromadiga teng, hattoki ko‘proq bo‘lib daromadning 50% ga yaqinini tashkil qilmoqda. Restoran bo‘limi xizmatlarining juda ko‘p kuch, turli xil va yuqori darajada javobgarlikli ishlar bo‘lganligi qabul qilinsa ham, hammasi tekshirilganida, jami kompleks ishlarning ovqat-ichimlik bo‘limining yaxshi tashkil qilinishi orqali juda oddiylashtirilishi va yaxshi tarbiya ko‘rgan, yetarli tajribaga ega bo‘lgan boshqaruvchi tomonidan qulaylik bilan boshqarilishi aniqdir. Mehmonxonalarda ovqat servisi juda yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va xususiyatli inson kuchi manbai bilan qo‘llab quvvatlanganligi taqdirda foydali biror muassasa bo‘ladi. Aks holda katta talofatlarga sabab bo‘lgan bir mehmonxona bo‘limi holiga keladi. Rivojlangan bir mehmonxonaning ovqatlanish servisida 5 ta asosiy quyi birlik bordir. Ovqatlanish va ichimlik bo‘limining eng ahamiyatli vazifalaridan biri ovqat va ichimlik tannarxini nazorat qilishdir. Chunki, tayyorlangan porselarning vaqtida sotilishi, omborga va oshxonaga keltirilgan bir necha kunlik moddalarni tez buzilmasligi kabi vaziyatlar tannarxlarni oshiradi. Yaxshi natijaga erishish uchun sotib olishdan sotishgacha bo‘lgan oziq-ovqat va ichimlikning har bir vaqtini alohida tushunish kerak bo‘ladi. Ovqat va ichimlik bo‘limi boshqaruvchilarining bu omillarni doimo ko‘z ostida tutishlari va faoliyatlarning salbiy ta’sir ko‘rsatkichlariga imkon bermaslik majburiyati bordir. Shuni unutmaslik lozimki, mehmonxonaning xo‘jalik-chiqimi bo‘lib, ovqat va ichimlik xarajatlariga ketmoqdadir. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling