Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet27/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

Nazorat uchun savollar:

  1. XX-asrning 20-yillari boshlarida Turkiston iqtisodiyoti holatining nochorligini nima bilan izohlash mumkin?

  2. Sovetlar nima uchun yangi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqdilar?

  3. Turkistonda o‘tkazilgan yer-suv islohotining birinchi bosqichida nimalarga asosiy e’tibor qaratildi?

  4. O`lkada amalga oshirilgan yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qaysi jihatlari bilan ajralib turardi?

  5. O`zbekistonda sanoatlashtirishni o‘tkazish zaruriyati bormidi va buning uchun respublika imkoniyati yetarlimidi?

  6. O`zbekistonda sanoatlashtirish jarayonida uning mustamlakachilik mohiyati nimalarda namoyon bo‘ldi?

  7. O`zbekistonda sanoatlashtirish rejasi qanday oqibatlarni keltirib chiqardi?



Mavzu: Respublika qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish


va uning oqibatlari.
Reja:

  1. Qishloqda jamoalashtirish sari yo‘l tutish.

  2. Ommaviy jamoalashtirish siyosati va uning oqibatlari.

  3. Jamoa xo‘jaliklarining moddiy-texhik bazasini mustahkamlash va suv inshoatlari qurilishi.

Adabiyotlar:
1.»O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob, T.”Sharq” 2000, 346-359 betlar.
2.Usmonov Q, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy.). T.“Sharq” 2003, 93-101 betlar.
1-masala:
Sovetlar hokimiyatining XX-asrning 20–30-yillarida amalga oshirgan ma’muriy-buyruqbozlik va zo‘ravonlik siyosatining yo‘rqin ifodasi qishloqda o‘tkazilgan jamoalashtirish jarayonida namoyon bo‘ldi. Necha asrlar davomida individual xo‘jalik yuritib kelgan, ongi, shuurida xususiy mulkchilik hissiyoti kuchli bo‘lgan, mulk daxlsizligi tushunchasini muqaddas bilgan millionlab dehqon xonadonlarini ularning xohish-irodasiga qaramasdan, majburiy tarzda yirik jamoa xo‘jaliklariga olib o‘tish bu hazilakam oson ko‘chadigan ish emas edi. Sovet hokimiyati, hukmron partiya ijtimoiy taraqqiyotning borishi, uning tabiiy qonuniyatlariga zid o‘laroq bu jarayonni qisqa muddatlar ichida zo‘ravonlik va majburiylik yo‘li bilan o‘tkazish sari yo‘l tutdilar. 1927-yil dekabrdagi VKP(b) XV-s’ezdi belgilab bergan qishloqda yoppasiga jamoalashtirishni amalga oshirish siyosati bunga to‘la asos qilib olindi.
Butun SSSR hududida bo‘lgani singari O`zbekistonda ham bu ishga faol kirishildi. Buning uchun yetarli shart-sharoit va imkoniyatlar bormi, yo‘qligi yoki mahalliy aholining bu tadbirlarni bajarishga tayyorgarligi qay darajada ekanligi e’tiborga olinmadi. Mahalliy hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, milliy jihatlari, turmush tarzi ko‘rinishlari ham inobatga olinmadi. Xo‘sh, O`zbekiston qishloq xo‘jaligining 20-yillar manzarasi qanday edi? Qishloq aholisining sinfiy, tabaqaviy tarkibidagi o‘zgarishlar nimadan dalolat berardi?
20-yillarda o‘tkazilgan yer-suv islohoti davrida badavlat dehqonlarning yerlari, vaqf yerlari, ruhoniylarga tegishli yerlar davlat tomonidan tortib olingan edi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilingandi. Umuman, 1925–1929-yillar ichida boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 mingga yaqin individual xo‘jaliklari batamom tugatildi. Ko‘pgina xo‘jaliklardagi ortiqcha yerlar ham tortib olingan edi. Bu yerlar qayta taqsimlanib, ularning bir qismi yersiz yoki kam yerli dehqon xo‘jaliklariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrakkambag‘allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo‘lsa, islohotdan so‘ng ular 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo‘jalik turmushlari yaxshilanib, o‘sib borganligi bois o‘rta hol dehqonlar salmog‘i 17 foizdan 52 foizga ko‘tarildi. Shu tariqa qishloqda tovar-g‘alla yetishtiruvchi mayda ishlab chiqaruvchilarning salmog‘i ko‘payib bordi. Bu islohot jarayoni davomida respublikada jamoa xo‘jaliklari ya’ni kolxozlar tashkil etildi. Biroq ularning hali xo‘jalik va moliyaviy zaifligi, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining pastligi ko‘zga tashlanib turardi.
Sovet hokimiyatining 20-yillarda qishloqda yuritgan bir qadar mo‘tadil siyosatidan bahra olib, yer-suv islohotidan naf topib, o‘z xo‘jaliklarini ancha oyyoqqa turg‘izib, o‘rtahollar darajasiga ko‘tarilib olgan o‘zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tez orada hukmron partiya boshlab yuborgan ommaviy jamoalashtirish jarayoni girdobiga g‘arq bo‘ldi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling