Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet43/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

2-masala:
Urush respublika qishloq xo‘jalik xodimlarini qattiq sinovdan o‘tkazdi. Ular oldida sanoatni xom ashyo bilan, aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan, murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xo‘jaligi asosan paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari Ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach oziq-ovqat keltirish to‘xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni izlab topish zarur bo‘lib qoldi. Ikkinchidan, evakuatsiya qilingan aholi hisobiga shaharlar aholisining ko‘payishi oziq-ovqatga bo‘lgan talabni yanada oshirdi. Uchinchidan, kuch-quvvatga to‘lgan dehqonlar frontga va harbiy sa noatda ishlashga safarbar etilgan, dehqonchilikning mashaqqatli ishlari keksalar, ayollar, o‘smirlar zimmasiga tushgan edi. To‘rtinchidan, MTSlar va sovxozlarga G`arbdan yangi traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari va ularga ehtiyot qismlar keltirish to‘xtab qolgan, bugina emas, xo‘jaliklardagi traktorlar, avtomobillar, otlarning bir qismi qizil armiya ehtiyojlari uchun olib ketilgan edi.
Qishloq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida qat’iy ish tartibi belgilandi. Eng kam miqdordagi majburiy mehnat kunlari 1,5 baravarga oshirildi, o‘smirlar uchun ham 12 yoshdan boshlab mehnat kunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kunlarini bajarish majburiy qilib qo‘yildi.
Urush yillarida respublika dehqonchiligining strukturasi keskin o‘zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan holda don, qand lavlagi, kanop, pilla, sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish tadbirlari ko‘rildi. Birinchi navbatda ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatlarini oshirish ishlari yuksak sur’atlar bilan olib borildi.
Usmon Yusupov O`zKP(b) MQning 1941-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan V plenumida O`zbekistonda g‘alla masalasini hal qilish, o‘zimizni o‘zimiz unnon bilan ta’minlashimiz kerak, degan vazifani ilgari surdi. Don ekiladigan sug‘oriladigan yer maydonlari kengaytirildi. Zarang yerlar, qo‘riqlar, to‘qaylar, lalmikor yerlardan foydalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar, 1943-yilda 2090,2 ming gektar yerga g‘alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada don mahsulotlari yetishtirish ko‘payib, 1941-yilgi 4,8 mln. s. o‘rniga 1953-yilda 5,3 mln. s. olindi, respublika ehtiyojlari qondirildi. Qishloq xo‘jaligida O`zbekiston uchun yangi tarmoq – qand lavlagi yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilib, 1942-yildayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektardan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavlagi ekildi. Qand lavlagini qayta ishlash, shakarqand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Qo‘qon, Yangiyo‘l qand zavodlari qurildi. Respublika bo‘yicha 1944-yilda davlatga 1 mln. 373 ming. s., 1945-yilda 1 mln. 646 ming. s. qand lavlagi topshirildi. Urush yillarida O`zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to‘rtdan bir qismini berdi.
Urush yillarida mehnatkashlar chorvachilik, jun, qorako‘l, teri yetishtirish, pillachilik jabhalarida ham fidokorona mehnat qildilar. Go‘sht, yog‘, sut, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, meva tayyorlashda ko‘rsatilgan g‘ayrat-shijoat tufayli mustahkam oziq-ovqat bazasi yaratildi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi xodimlari urush yillarida davlatga 1262 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sabzavot, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 159 ming tonna go‘sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar.
Urush yillarida ham paxtachilik qishloq xo‘jaligining muhim sohasi bo‘lib qoldi. Paxtakorlar jonbozlik bilan ishlaganlariga qaramay, 1942–1943-yillarda paxta tayyorlash rejasi bajarilmay qoldi. Davlatga 1 ming tonna paxta kam topshirildi. Bunga bir qator ob’yektiv holatlar sabab bo‘ldi: paxta ekiladigan maydonlar 1941-1943 yillarda 927650 gektardan 625343 gektarga kamaydi; mexanizatsiya vositalari yetishmasdi; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i kamaygan edi; yerni haydash, chopiq, sug‘orish, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash ishlarini o‘z vaqtida muntazam olib borish uchun ishchi kuchi yetishmasligidan paxta yetishtirish agrotexnikasi yomonlashgan edi. Respublika rahbariyati buni yaxshi tushunardi. Paxta maydonlarini qisqartirish, buning o‘rniga don, qand lavlagi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan ekin maydonlarini ko‘paytirishga majbur bo‘lgan edi. Biroq Markazdagi rahbarlar bu ob’yektiv omillarni hisobga olmaydi. Shu bois respublika rahbarlari Moskvaga chaqirilib muhokama qilindilar, ularni paxta tayyorlash ishini o‘z holiga tashlab qo‘yishda, layoqatsizlikda aybladilar. Ulardan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham paxta tayyorlash rejasini bajarish, yanada ko‘paytirish talab qilindi. Bu boshqarishning ma`muriy-buyruqbozlik usullarini yanada kuchaytirishdan boshqa narsa emasdi. Bunday zug‘um natijalari VKP (b) MQ ning 1944-yil 6-martda qabul qilingan “O’zbekiston KP(b) MQning ishi to‘g‘risida”gi qarorida o‘z ifodasini topgandi. O`zbekiston Kompartiyasi MQning 1944-yil aprel oyida bo‘lgan X plenumi mazkur qarorni bajarishga doir tadbirlarni ishlab chiqdi. Ittifoq hukumati O`zbekiston paxtakorlari uchun 2300 ta yangi traktor, 300 ta yuk avtomobili, 375 ming tonna mineral og‘it va boshqa qishloq xo‘jalik uskunalari ajratdi. 1944-yilgi paxta tayyorlash rejasi bagarildi, davlatga 1943-yilga nisbatan 375 ming tonna ko‘p paxta topshirildi, 1945-yilda ham paxta tayyorlash rejasi bajarildi. Urush yillarida respublika paxtakorlari davlatga 4 mln. 806 ming tonna paxta xom ashyosi etkazib berdilar.
Urush yillarida ishchilar bilan dehqonlar o‘rtasidagi jipslik, o‘zaro yordam yanada kuchaydi. Sanoat korxonalari kolxozlarni otaliqqa olib, ularga qishloq xo‘jalik texnikalari, ehtiyot qismlar bilan yordamlashdilar. Shaharliklar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ishtirib olishda faol qatnashdilar. Kolxozchi dehqonlar esa sanoat sohasidagi umumxalq qurilishlarida faol ishtirok etdilar. Masalan, Farhod GESi qurilishining o‘zidagina 70 mingga yaqin kolxozchi qatnashdi. O`zbekiston ishchilari va dehqonlari jipslashib, fidokorona ishlab, fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabaga salmoqli hissa qo‘shdilar. 160 mingga yaqin kishi front orqasidagi fidokorona mehnati uchun “Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling