Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
3-masala:
Urush yillarida respublika ommaviy axborot vositalari ommani front uchun, g‘alaba uchun safarbar etishga, xalqni g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. O`sha damlarda O`zbekistonda 200 ga yaqin gazeta, shundan 124 tasi o‘zbek tilida, 52 ta jurnal, shundan 19 tasi o‘zbek tilida nashr etilar edi. Gazetalarning bir gallik adadi 900 ming, shundan 600 ming nusxasi o‘zbek tilida chiqardi. Gazetalar va jurnallar sahifalarida frontdagi vaziyat, respublika mehnat jamoalarining fidokorona mehnati, qiyinchiliklar yoritilardi. O`zbekistonning bir guruh yozuvchi va jurnalistlari sovet armiyasi siyosiy boshqarmalari ixtiyoriga yuborildi. Bulardan To‘lqin Rustamov va Rasul Muhammadiy sovet armiyasi bosh boshqarmasida inspektor, Jalolxon Azizxonov, Rustam Abdurahmonov, Adham Rahmat, Sharif Bo‘latov, Muhammadjon Murodov, Yo‘lchi Bilolov va boshqalar front gazetalarida muharrir o‘rinbosarlari bo‘lib xizmat qildilar. Nazir Safarov, Mirzakalon Ismoiliy, Zinnat Fatxullin, Meli Jo‘ra, To‘g‘on Ernazarov, Sulton Jo‘ra va boshqalar harbiy muxbirlar sifatida hamda jurnalistikaning boshqa jangovar sohalarida faoliyat ko‘rsatdilar. Urush yillarida o‘zbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziya gazetasi nashr etilardi. “Front haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Qizil armiya”, “Vatan sharafi uchun”, “Dushmanga qarshi olg‘a” kabi gazetalar nashr etilgan. Urush yillarida radio xodimlarining, madaniy-ma’rifiy muassasalarning xizmatlari ham katta bo‘ldi. Urush yillarida 754 ta kino ustanovka, 11 ta muzey, 360 ta qiroatxona, 1044 ta klub, 433 ta kutubxona, 2800 ta qizil choyxona omma orasida siyosiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni olib borish markazi sifatida xizmat qildi. Urush yillarida sahna san’ati rivojlandi. Toshkentda va Andijonda yangi teatrlar ochildi, respublikada hammasi bo‘lib 36 ta teatr ishlab turdi. Shuningdek, ko‘chirib keltirilgan 14 ta teatr ham faoliyat ko‘rsatdi. Respublika teatr jamoalari 1942–1944-yillarda 203 ta yangi asarni sahnalashtirdilar. Ko‘pgina spektakllar urush mavzusiga bag‘ishlangan edi. Xalq ashulachilarining, talantli bastakorlarning ijodi zo‘r shuhrat qozondi. To‘xtasin Jalilov va Yunus Rajabiy xalq musiqa san’atining an’analariga tayanib, yorqin xalqchil asarlar yaratdilar. M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burhonovlar musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tardilar. Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko‘chib kelgan yirik kinomatograflar bilan hamkorlikda “Ikki jangchi”, “Nasriddin Buxoroda”, “217-raqamli odam”, “Vatanga sovg‘a”, “Besh respublikaning film-konserti” nomli kinofilmlarni yaratdilar. O`zbekiston rassomlari zo‘r g‘ayrat bilan ishladilar. L.Abdullayevning “Qizil armiyaga kuzatuv” va “Mukofot bilan taqdirlash”, O`.Tansiqboyevnng “Otliqlar hujumi” va “Parizan qiz”, Ch.Ahmarovning “O`zbekiston – frontga”, V.Ye. Kaydalovning “Fashist gazandasi yo‘q qilindi” va “Dushmanga qaqshatqich zarba” asarlari O`zbekiston badiiy xazinasidan mustahkam o‘rin egalladi. Urush yillarida O`zbekiston rassomlari 39 ta ko‘rgazma tashkil etdilar, besh mingdan ko‘proq badiiy-siyosiy plakatlar yaratdilar. O`zbekiston san’at xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini ko‘tarib turdilar. San’atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq konsert brigadalari frontdagi jangovor harbiy qismlarning askar va zobitlari uchun 400 dan ko‘proq konsert berdilar, respublika hududida joylashgan harbiy qismlarda 15 mingta, gospitallarda 10 mingta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakorlar huzurida doimo xizmatda bo‘ldilar. Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san’atkorlar: Halima Nosirova, Tamaraxonim, Abror Hidoyatov, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto‘rayeva, Abbos Bakirov, Kommuna Ismoilova va boshqalar xalq hurmatiga sazovor bo‘ldilar. Ijodkor ziyolilarning asarlari, san’at ustalarining chiqishlari xalqni ma’naviy jihatdan ko‘tardi, ommani g‘alaba uchun kurashga safarbar etishda muhim omil bo‘ldi. O`zbek ijodkorlari fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling