Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet55/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

Nazorat uchun savollar:

  1. Urush insoniyat boshiga qanday kulfatlar keltirdi?

  2. O`zbekistondagi tiklash ishlarining g‘arbiy hududlardagi tiklash ishlaridan farqlari nimalardan iborat edi?

  3. Sanoat korxonalari qanday maqsadlarda qayta jihozlandi?

  4. Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot temir yo‘li qachon qurildi, uning ahamiyati nimada?

  5. Paxta monokulturasi nima?

  6. Xalq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlash masalasi qanday hal etildi?

  7. Ma’muriyatchilikning kuchayishi deganda nimalarni tushunasiz?

  8. Ziyolilarning qatago‘n qilinishi, uning oqibatlari haqida so‘zlab bering?



Mavzu: 1950–1990-yillarda O`zbekiston sanoati:
bir tomonlama rivojlanishi.
Reja:

  1. Energetika va yoqilg‘i sanoati.

  2. Metallurgiya va mashinasozlik sanoati.

  3. Qurilish sanoati, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati.

  4. Transport va aloqa vositalari.

Adabiyotlar:
1. «O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob, T.”Sharq”. 2000, 520-533 betlar.
2. Usmonov Q, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy.). T.”Sharq” 2003, 188-203 betlar.
1-masala:
XX-asrning 50–80-yillarida O`zbekiston sanoati ancha rivojlandi, qurilish ishlari kengaydi, yangi sanoat tarmoqlari barpo etildi. Respublika xalq xo‘jaligini rivojlantirishda energetika sanoati muhim o‘rin tuti. Shu boisdan, birinchi navbatda, elektr energiyasi tarmog‘i kengaytirildi.
50–80-yillarda 7-Shahrixon GESi, ikkita Namangan GESlari, ikkita Bo‘zsuv GES lari, Chorvoq GESi, Xo‘jakent GESi qurilib ishga tushiildi. O`zbek va tojik xalqlari birgalikda Tojikiston hududida eng yirik Qayroqqum GESini, Xisrav GESini qurib ishga tushirdilar. Gaz bilan ishlaydigan Angren, Taxiatosh, Navoiy, Sirdaryo, 2-Angren GRESlari qurilib ishga tushirildi. 1985-yilda O`zbekiston elektrostansiyalarining umumiy quvvati 9,9 mln. kilovattdan ortdi. Shu yili 47,9 mlrd. kilovatt-soat, ya’ni 1940-yilga nisbatan 100 baravar, 1950-yilga nisbatan 18 baravar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr uzatgich liniyalari qurilishi kengaydi. Respublikaning barcha elektr stansiyalari O`zbekiston yagona energosistemasiga ulandi. Shuningdek, O`zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarining yirik elektr stansiyalari Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijada sanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish ancha kengaydi, xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash yaxshilandi.
Yoqilg‘i sanoati o‘sdi. 50-yillarda Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un toshko‘mir koni o‘zlashtirildi va yuqori sifatli qo‘ng‘ir ko‘mir qazib chiqarila boshlandi. 60-yillarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi Gazli, Jarqoq, Sho‘rtepa, Sho‘rchi, Qarantay yangi neft konlari o‘zlashtirildi. 70-yillarda Farg‘ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushirildi. 1959-yili qurilib foydalanishga topshirilgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ancha kengaytirildi. Zavodda texnika moylari, benzin, dizel yoqilg‘isi, parafin va boshqa 35 xil mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O`zbekistonda yirik gaz industriyasi bunyod etildi. Gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yirik gaz konlarining izlab topilishi va o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ravishda yuksalib bordi. 50-yillarning ikkinchi yarmida “O`zbekneftegaz-razvedka” tresti amalga oshirgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida 1956-yili gaz zahiralari 500 mlrd. kubometrga teng bo‘lgan, foydalanishga eng qulay Gazli koni ochildi. Shuningdek, Muborak, O`rtabuloq, Qultak, Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Sariatosh, Qorovulbozor neft va gaz konlari topildi. Respublikamizda jami 100 dan ortiq neft va gaz konlari topilgan. Ularda 250 mln. tonna neft, 2 trln. kubometr gaz zahiralari borligi aniqlandi. 1959-yili Buxoroda neft va gaz qazib olishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Buxoroneftegaz” boshqarmasi tuzildi.
Yirik gaz konlarining topilishi respublikamizda shaharlar, tumanlar, korxona va ob’ektlarga gaz yetkazib berish uchun yirik gaz quvurlarini qurishni talab etar edi. 1958–1960-yillarda Jarqoq – Buxoro – Samarqand – Toshkent gaz quvurini qurish ishlari olib borildi. 767 km. uzunlikdagi gaz quvuri 1960-yil 2-dekabrda qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5 mlrd. kubometrga teng edi. 1960-yilda Shimoliy So‘x – Farg‘ona, Shimoliy So‘x – Qo‘qon gaz quvurlari qurilib ishga tushirildi. 1964-1966 yillarda Muborak – Toshkent – Chimkent – Bishkek – Almati gaz quvuri yo‘li qurilib foydalanishga topshirildi. Uzunligi 1317 km., diametri 720 mm.li po‘lat quvurlari orqali Qashqadaryo gazidan O`zbekistonning ko‘pgina shaharlari, shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘iziston xalqi bahramand bo‘ldi. Keyingi yillarda Toshkent – Bishkek – Almati oralig‘ida ikkinchi gaz quvuri qurildi. 1970–1972- yillarda 234 km. uzunlikdagi Qo‘qon – Namangan – Andijon gaz quvuri qurilib foydalanishga topshirildi. 1974–1978-yillarda Xovos – Farg‘ona quvuri yotqizildi. Uzunligi 677,8 km. dan iborat bo‘lgan bu gaz yo‘lining 425,8 km.i O`zbekistondan, qolganlari Tojikiston hududidan o‘tadi. Qashqadaryo va Buxoro “zangori yoqilg‘i”sidan qardosh Tojikiston xalqi ham bahramand bo‘ldi. 1958–1980-yillarda Buxoro, Gazli va Qarshi vohalaridan Toshkent – Bishkek – Almatigacha yotqizilgan gaz quvurlarining umumiy uzunligi 5686 km.ni (uning 3618 km.i O`zbekistonda yotqizilgan), yillik quvvati 23 mlrd. kubometr gaz yoqilg‘isini tashkil etadi. 70-yillarda Muborakda qurilgan eng yirik gazni qayta ishlash zavodi yiliga 10 mlrd. kubometr gazni tozalab berib turdi va yiliga 160 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarishni ta’minladi.
O`zbekistonliklar respublikamiz hududidan ko‘plab tabiiy gaz konlarining topilishi va o‘zlashtirila boshlanishidan behad xursand bo‘ldilar. Har bir oila o‘z xonadonida “zangori yoqilg‘i”dan foydalanishni orzu qilardi. Ammo o‘zbek xalqi respublikamiz hududida topilgan gaz konlariga xo‘jayin emas edi, ularning xo‘jayini Markaz edi. Markaziy hokimiyat O`zbekiston gazidan Uraldagi, SSSRning Yevropa qismidagi shahar va viloyatlarni, korxona va xonadonlarni gazlashtirishda foydalandi. 1985-yilga kelib O`zbekistonda 2,8 mln. kvartira, jumladan, qishloqlardagi 1,3 mln. xonadon gazlashtirilgan edi, xolos.
Respublikamizda mo‘l-ko‘l bo‘lgan gaz, neft, oltingugurt, ozokrit, osh tuzi, grafit, ohak, rangli metallurgiya chiqindilari, paxta va kanopni qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan chiqindilar kimyo sanoati uchun boy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Kimyo sanoatida mineral og‘it ishlab chiqarish yetakchi o‘rinda turar edi. Shu maqsadda 50-yillarda Samarqand suprerfosfat zavodi, 1962-yilda Farg‘ona azot og‘iti zavodi, 1965-yilda Navoiy kimyo kombinati, 1969-yilda Olmaliq kimyo zavodi qurilib ishga tushirildi. 70-yillarda Olmaliq va Samarqand zavodlarida mineral og‘itlar ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar bunyod etildi. 1985-yilda respublika kimyo korxonalarida 7,8 mln. tonna mineral og‘itlar ishlab chiqarildi. Respublika qishloq xo‘jaligi mineral og‘itlar bilan ta’minlandi va boshqa respubika, viloyatlarga ham chiqarildi. O`zbekistonda Farg‘ona kimyo tolalari zavodi, Ohangaron “Santexnik” plastmassa zavodi, Jizzax plastmassa trubalari zavodi, Olmaliq maishiy kimyo mahsulotlari zavodi, Quvasoy, Namangan kimyo zavodlari, Toshkent yog‘-moy zavodi tarkibida qurilgan sintetik yuvish vositalari zavodlari qurilib ishga tushirildi. Respublika kimyo sanoatida zaharli vositalar, kislotalar ishlab chiqarish ham katta o‘rin tutadi. Andijon gidroliz zavodi, Farg‘ona furan birikmalari zavodi, Yangiyo‘l biokimyo zavodida paxta, sholi, paxta chiqindilaridan spirt, oqsil achitqilari, furan va boshqa mahsulotlar tayyorlanardi. Farg‘onada triatsetilsellyuloza, Navoiyda kotaran, Chirchiqda kaprolaktam ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1985-yilda 2,3 mln. tonna sulfat kisotalari tayyorlandi. Markaziy hokimiyat tomionidan zaharli kimyo vositalari ishlab chiqarish respublikaga 60–70-yillarda tiqishtirildi. 1985-yilda 47,9 ming tonna turli zaharli ximikatlar ishlab chiqarildi. Zaharli vositalarning respublika paxta maydonlarida haddan tashqari keng qo‘llanilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat buzildi, odamlar turli-tuman kasalliklarga chalindi. Odamlar sog‘lig‘i hisobiga paxta xom ashyosiga ko‘rsatilgan “g‘amxo‘rlik” xalqqa qimmatga tushdi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling