Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
2-masala:
O`zbekiston metallurgiya sanoati taraqqiy etdi. 1962-yilda O`zbekiston metallurgiya sanoati kombinatida uzluksiz po‘lat quyish qurilmasi ishga tushirildi. 1970–1980-yillarda elektr yordamida po‘lat eritish kompleksi va uning ikkita pechi qurilib ishga tushirildi. Kombinatda po‘lat idishlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Po‘lat eritish 1985-yilda 1,2 trln. tonnaga yetdi. Rangli metallurgiya respublika sanoatining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. 50-yillarda Olmaliq – Angren tog‘ sanoati rayonida mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar koni topildi, ularni o‘zlashtirish jarayonida yirik Olmaliq konmetallurgiya kombinati bunyod etildi. 1951-yilda Jizzax viloyati Forish tumanida Uchquloch rangli metallar koni kompleks usullar yordamida o‘rganilib qo‘rg‘oshin, mis, rux konlari topildi va o‘zlashtirishga kirishildi. Respublikada 50 ga yaqin simob va surma konlari, Angrenda zahirasi 10 mlrd. tonnaga yaqin bo‘lgan kaolin gili koni topildi, ularni o‘zlashtiruvchi korxonalar qurildi. O`zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg‘ona vodiysidagi daryo o‘zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Xisor, Pomir tog‘larida oltin tarkibli kvars tomirlati va rudalari mavjudligi aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog‘ boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi. “O`zbekoltin” birlashmasi tuzilgach, uning tarkibida 1965-yilda Chodak boyitish kombinati, Angrenda oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi. O`zbekiston hududidagi rangli metall konlariga, shuningdek, oltin konlariga, ulardan noyob va nodir metallar qazib olishga respublika xo‘jayinlik qilmasdi, ularga Ittifoq hukumati xo‘jayinlik qilardi. O`zbekiston hukumati bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar qazib olinayotganini, ularni kimlar qayerga olib ketayotganini, qayerda va qancha pulga sotilayotganini bilmas edi. Bu haqda gapirish va yozish ham taqiqlangan edi. Bu holat o‘sha paytlarda “O`zbekiston suveren respublika” degan iboraning naqadar yolg‘on, quruq gap ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. 50–80-yillarda O`zbekiston mashinasizlik industriyasi ko‘p tarmoqli sohaga aylandi. 1985-yilda respublika sanoatida faoliyat ko‘rsatgan 1549 ta ishlab chiqarish birlashmalari, kombinatlari va korxonalarining 100 dan ortig‘i mashinasozlik tarmog‘iga tegishli bo‘lib, ularda tayyorlangan mashinalar salmog‘i butun sanoat mahsulotining 16 foizini tashkil etardi. Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikkka xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog‘ini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Toshkent qishloq xo‘jaligi zavodi qishloq xo‘jaligi mashinasozligining bosh korxonasi hisoblanib, bu yerda paxta terish mashinalari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarilar edi. Bu mashinalar O`zbekistondan tashqari Markaziy hokimiyat tomonidan ittifoqdosh respublikalarga, shuningdek, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya va boshqa 38 ta xorijiy mamlakatlarga eksport qilinardi. Ushbu zavodning Sirdaryo, Chirchiq va Asaka shaharlarida filiallari qurilib, ularda paxta terish mashinalarining turli qismlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. 50-yillarda qishloq xo‘jalik mashinalari uchun reduktorlar, bir qator traktor moslamalari ishlab chiqaruvchi “Tashirmash” zavodi qurildi. Bu zavodga 1963-yili O`zbekiston traktor yig‘uv zavodi, 1971-yildan esa Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi agregat zavodi nomi berildi. 1957-yilda paxta tozalash sanoati uchun mashinalar ishlab chiqaruvchi “Tashxlopkomash” zavodi bazasida yirik “Tashavtomash” zavodi barpo etildi. Zavodda paxtani tashuvchi transport vositalari va GAZ-51 yuk avtomobili uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu zavod 1967–1971-yillarda qayta jihozlanib, traktor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va unga Toshkent traktor zavodi nomi berildi. Zavod 1985-yilda 26,4 mingta traktor, 38,1 mingta pritsep ishlab chiqardi. Zavod mahsulotlari Markaziy hokimiyat tomonidan Kuba, Eron, Afg‘oniston, Pokiston va boshqa 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlarga eksport qilinar edi. 1970-yilda paxtachilik mashinasozlik birlashmasi tashkil etilib, uning tarkibiga Toshkent traktor zavodi, paxtachilik mashinalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bosh konstruktorlik byurosi, Andijon “Kommunar” zavodi, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Chust paxtachilik mashinasozligi ehtiyot qismlari zavodlari birlashtirildi. Respublikada qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashda O`zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi muhim o‘rinni egallaydi. 1976-yilda O`zbekiston qishloq xo‘jalik mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashmaga “O`zbekselmash” zavodi, Toshkent kimyo qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi hamda Paxtakor qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi biriktirildi. Birlashma mahsulotlari ittifoqdosh respublikalar, hamda Hindiston, Eron, Afg‘oniston, Gretsiya kabi 28 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinar edi. Paxtaga ishlov berish vositalari ishlab chiqaruvchi Chirchiq qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi ham kengaytirildi. Markazi Andijon bo‘lgan irrigatsiya mashinasozligi zavodi tarmog‘i ham kengayib bordi. Paxtachilik kompleksi bilan bog‘liq bo‘lgan mashinasozlikning yana bir yo‘nalishi paxta tozalash sanoati va to‘qimachilik mashinalari ishlab chiqarishdir. Bu tarmoqning yetakchi korxonalariga 50–60-yillarda qurilgan Toshkent to‘qimachilik mashinasozligi zavodi, Andijon “Kommunar” zavodi va boshqalar kiradi. O`zbekiston aviatsiya sanoati ham o‘sib bordi. Toshkentda 1941-yilda Ximki shahridan keltirlgan zavod asosida aviatsiya zavodi barpo etilgan edi. Dastlab u PS-84 va IL-2 samolyotlarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik 1953-yilda IL-14, 1958-yilda turli tipdagi transport samolyotlari, 1966-yilda esa AN-22 samolyotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1972-yilda ushbu zavod Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. Birlashmada turli samolyotlar yig‘iladi, uning detallari va uzellari tayyorlanadi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling