Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet64/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

3-masala:
Taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi o‘ziga xos mexanizm siyosat sohasini ham o‘z domiga tortdi. Boshqaruv apparatining byurokratlashtirilishi, qarorlar qabul qilish va uni hayotga tadbiq etishda nodemokratik usullarning qo‘llanishi, qonunlarning bajarilishini ta’minlovchilarning o‘zlari tomonidan qonunchilikning buzilishi, davlat va ijtimoiy hayotga doir masalalarda oshkoralikning yo‘qligi, ommaning passivligi va shu singarilar siyosat sohasidagi inqirozning namoyon bo‘lishi edi. 20-yillar oxiri – 30-yillarda shakllangan xo‘jalik yuritish tizimi, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli 30-yillarda, urush davrida, tiklash yillarida muayyan samara bergan bo‘lsada, 50-yillardan e’tiboran ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘la boshladi. 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurishlar, boshqaruvni demokratlashtirishga urinishlar bo‘ldi. Avvallari Markazda hal etilgan ayrim mahalliy masalalarni respublikalar ixtiyoriga berish, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, boshqaruvni joylarga yaqinlashtirish, boshqaruv apparatini qisqartirish, korxonalarning xo‘jalik mustaqilligini kengaytirish, xo‘jalik tarmoqlarini boshqarishning hududiy tartibiga o‘tish tadbirlari ko‘rildi. Biroq bu tadbirlar yarim-yorti o‘zgarishlar bo‘lib, iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning chuqur qatlamlariga borib yetmadi. Uning ustiga bu o‘zgarishlar, demokratlashtirish jarayonlari konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi va to‘xtab qoldi.
70–80-yillarda partiyaviy rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik uslubi tendensiyasi kuchaydi. Hamma sohalarda boshqarish funksiyalari partiya tashkilotlari qo‘lida to‘plangan edi. Qabul qilingan qarorlarni bajarishda ma’suliyat tobora susayib bordi, omma bilan aloqa zaiflashdi. Davlat hayotiga chuqur kirib borgan noxush holatlar borgan sari tarqqiyotga to‘siq bo‘la boshladi.
SSSR Konstitutsiyasiga binoan xalq deputatlari sovetlari davlatning hokimiyat organlari hisoblansada, amalda ular partiya tashkilotlarining ijrochilariga aylanib qolgan edilar. Sovetlarning sessiyalari ham Kompartiya tomonidan oldindan tayyorlanadigan qonun va qarorlarni yakdillik bilan ma’qullar edi. Sovetlar obro‘sining pasayishi qonunlarning bajarilishiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Qonunlar turli xildagi hujjatlar bilan almashtirildi. 70-yillarning oxiri – 80-yillarning boshiga kelib xalq xo‘jaligini boshqarishda 200 mingga yaqin har xil buruqlar va ko‘rsatmalar to‘planib qolgan bo‘lib, xo‘jaliklar faoliyatini o‘rgimchak singari o‘rab, chalkashtirib tashlagan edi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan oziq-ovqat, agrar, ijtimoiy va boshqa sohalardagi dasturlar iqtisodiy qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirib yubordi. Respublika partiya va hukumat rahbariyatida qanday qilib bo‘lsa ham Markaz va KPSS rahbariyati, xususan, L.I. Brejnev oldida “yuzni yorug‘ qilish”ga intilish kuchaydi. O`z navbatida quyi partiya tashkilotlarining respublika rahbariyati oldida “yuzni yorug‘ qilish”, bergan va’dalari ustidan chiqish uchun nopok yo‘llarni axtarishi keng tus oldi.
O`sbekiston Kompartiyasi MQning 1984-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan XVI plenumida partiya, sovet va davlat xo‘jalik organlari faoliyatidagi jiddiy xatoliklar va qonubuzarlik to‘g‘risida ochiq-oydin gapirildi. Biroq plenum tobora chuqurlashib borayotgan noxushliklarning ildizini keltirib chiqargan tub sabablarni to‘liq ochib bera olmadi. Shu boisdan keyinchalik ham noxush jarayonlar davom etaverdi. Mahalliy ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirishda O`zbekiston partiya tashkilotlarining ishiga Markazning aralashuvi kuchaydi. Bu esa respublikadagi nosog‘lom vaziyatni yana ham murakkablashtirdi. Iqtisodiy va ijtimoiy hayotning tobora yaqqolroq namoyon bo‘layotgan inqirozli holatlarini bartaraf etish, O`zbekistonni yuqori taraqqiyot darajasiga olib chiqish uchun yangicha yo‘l tutish zaruriyati to‘liq yetilgan edi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling