Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: 1950–1990-yillarda O`zbekiston qishloq xo‘jaligi: paxta monokulturasi fojeasi. Reja
- Adabiyotlar
Nazorat uchun savollar:
XX-asrning 50–80-yillarida qanday elektr stansiyalari qurildi? Qaysi hududlarda gaz va neft konlari topildi? Jarqoq – Buxoro – Samarqand – Toshkent gaz quvuri qachon qurildi va uning ahamiyati nimada? O`zbekiston gazidan qaysi respublikalar foydalandi? O`zbekistonda qanday metallurgiya korxonalari qurildi? O`zbek oltini haqida nimani bilasiz? Qaysi korxonalarda qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarilgan? Qanday to‘qimachilik korxonalari qurildi? Yangi temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari qurilishi haqida nimalarni bilasiz? Mavzu: 1950–1990-yillarda O`zbekiston qishloq xo‘jaligi: paxta monokulturasi fojeasi. Reja: Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish. Paxta monokulturasi. G`allachilik va chorvachilikning ahvoli. Orol fojeasi. Adabiyotlar: 1. «O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob, T.”Sharq”. 2000, 533-569 betlar. 2. Usmonov Q, Sodiqov M “O`zbekiston tarixi”(1917–1991-yy.). T.”Sharq” 2003, 203-210 betlar. 1-masala: O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallaydi. XX-asrning 50–80-yillarida yerning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orish inshoatlari qurish avj oldi. KPSS MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi “Paxta yetishtirishni ko‘paytirish uchun O`zbekiston SSR va Qozog‘iston SSRdagi Mirzacho‘l qo‘riq yerlarini sug‘orish to‘g‘risida”gi, 1958-yilgi “O`zbekiston SSR, Qozog‘iston SSR va Tojikiston SSRdagi Mirzacho‘lni sug‘orish va o‘zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish va jamoalashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan irrigatsiya tarixida birinchi bo‘lib Mirzacho‘lda katta maydonlarda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish ishlari olib borildi. Yirik ishlab chiqarish bazasi barpo etilib, qurilish ishlari industrial asosda olib borildi. 1956-yilda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish bosh boshqarmasi “Glavgolodnostepstroy”, 1963-yilda irrigatsiya va sovxozlar qurilishi bo‘yicha “Glavsredazsovxozstroy”, ularning hududiy boshqarmalari, joylarda trest va qurilish boshqarmalari tizimi tashkil etildi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo‘jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan olib borildi. 1956–1965-yillarda Mirzacho‘lda 84 ming gektar yer o‘zlashtirildi, 16 ta paxtachilikkka ixtisoslashgan, bitta bog‘dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil eildi. O`zlashtirilgan hududlarda 1957-yilda Yangiyer va 1961 yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo‘lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Mirzacho‘l yerlarini sug‘orish, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho‘l kanali qurildi. Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida, Markaziy Farg‘ona cho‘llarida ham sugoriladigan dehqonchilikni kengaytirish, irrigatsiya-qurilish ishlari keng ko‘lamda olib borildi. Qoraqalpog‘istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi. Buxoro viloyatida 1963-yilda Amu-Qorako‘l, Amu-Buxoro mashinakanallari qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming gektar yangi yer maydonlari sug‘oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo‘ldi. 1953–1963-yillarda Markaziy Farg‘ona cho‘llarida 72,4 ming gektar yer o‘zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi. Jizzax, Qarshi cho‘llarini, Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod, Quyi Amudaryo yerlarini o‘zlashtirish ishlari ham avj oldi. Jizzax cho‘lida 70 ming gektardan ortiqroq yangi yerlar o‘zlashtirildi. O`zlashtirilgan yerlarda Mirzacho‘l, Do‘stlik, Zafarobod, Arnasoy tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyolkalar bazasida Paxtakor, Do‘stlik, Gagarin shaharlari vujudga keldi. 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. Sirdaryo viloyatida yangi yerlarni o‘zlashtirsh ishlari davom ettirildi. 1966–1975-yillarda 181 ming gektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. Bu yerlarda 55 ta sovxozlar vujudga keldi. 50–60-yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg‘ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, Janubiy Surxon, Chimqo‘rg‘on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari qurildi. 70-yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo‘yin, Kampirrovot daryosi bo‘yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Surxon suv omborlari barpo etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa suv omborlari qurildi. Shunday qilib, O`zbekiston hududida 1946–1965-yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug‘oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo‘lsa, 1966–1985-yillarda 1,6 mln. gektar yangi yerlar o‘zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985-yilda 10 mlrd. kubometr suvni to‘plovchi 23 ta suv ombori, 197 ming km. uzunlikdagi kanallar ishlab turdi. O`zlashtirilgan yerlarda 160 ta sovxoz tashkil etildi, 7,7 mln. kv m. turarjoy, 37 ming o‘rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o‘rinli umumta’lim maktablari barpo etildi. Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnik bazasi mustahlamlandi. Xo‘jaliklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari, mineral o‘g‘itlar yetkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling