Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
2-masala:
Urushdan keyin xalqning mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal holatga o‘tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtiriladi, degan orzu-niyatlari ro‘yobga chiqmadi. Aksincha, iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotda ma’muriyatchilik kuchayadi. Mamlakatni boshqarish partiya-davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzolaydigan va matbuotda e’lon qiladigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan bo‘lib qoldi. Hammani, xususan, joylardagi rahbar bo‘g‘inlarni nazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda o‘tirganlarga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini berardi. Respublikalarning, jumladan, O`zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g‘alabani ta’minlashda rus xalqi asosiy ro‘l o‘ynadi, degan g‘oyasi butun mamlakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni “katta”, “ulug‘ og‘amiz” deb targ‘ib qilardi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin ham davom etdi. 1946-yil sentyabrida VKP(b) MQ va SSSR hukumatining “Kolxozlarda qishloq xo‘jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to‘g‘risida” qarori e’lon qilindi. Qishloq xo‘jaligi bilan aloqasi bo‘lmagan 1300 ta tashkilotga yordamchi xo‘jalik sifatida berib qo‘yilgan 6 ming gektar yerni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga jiddiy xatoliklarga, adiolatsizlikka yo‘l qo‘yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bayrog‘i ostida republika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming kolxozchi oilasi qo‘ldagi tomorqa yerlaridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan “ortiqcha” deb tortib olindi. Kolxoz hududida yashagan, ammo unga a’zo bo‘lmagan 20 ming xo‘jalikning go‘yo “qonunga xilof” ravishda egallagan 2,5 ming gektar yerlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum etish jarayoni 50-yillarda ham davom etdi. Bu tadbirlar turmushi nochor bo‘lgan qishloq aholisining ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Bunday adolatsizlikka hech kim qarshi chiqa olmadi. Qishloq xo‘jalik artelining odamlaridan so‘ramasdan tuzilgan nizomini o‘zgartirishni, nizom qoidalarini qishloq aholisining manfaatlariga moslashtirishni respublika rahbariyati ham, qishloq aholisining o‘zi ham ko‘tarib chiqa olmadi. Negaki, totalitar tuzum hammani jilovlab olgan edi, odamlar asoratga solingan, siyosiy mutelikda yashardi. 3-masala: VKP(b) MQning 1946-yil fevralida qabul qilingan “Zvezda” va “Leningrad” jurnali to‘g‘risida, “Katta hayot” filmi to‘g‘risida, V.Muradelining “Buyuk do‘stlik” operasi to‘g‘risidagi qarorlari ijodkor ziyolilarni qatag‘on qilishning yangi to‘lqinini boshlab berdi. Bu qarorlar O`zbekiston Kompartiyasi organlari uchun ko‘plab olimlar, adabiyot va san’at xodimlarini qatag‘on qilish uchun mafkuraviy asos bo‘lib xizmat qildi. Ularning ko‘pchiligi “o‘tmishni ideallashtirishda”, “feodal madaniyat oldidagi qullarcha tiz cho‘kishda”, “sovet turmush tarzini buzib ko‘rsatishda”, millatchilikda” ayblandi. O`zbekiston Kompartiyasi MQning 1949-yil 25-iyundagi “O`zbekiston yozuvchilar soyuzining ishi to‘g‘risida”gi qarorida Abdulla Qahhorning “Qo‘shchinor chiroqlari” romani tanqid qilindi. Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, Hamid Gulom, M.Shayxzoda, M.Boboyev, A.Qayumov va boshqa yozuvchilar badnom qilindi. “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka” jurnallarining tahririyatlariga bir qator “yaramas” asarlar chop etishga yo‘l qo‘ygan, degan jiddiy ayblar qo‘yildi. 1948–1949- yillarda 20 dan ortiq yirik talantli olimlar, yozuvchilar, shoirlar qamoqqa olinib, yopiq ravishda so‘roq qilinib, millatchilikda ayblanib 15-25 yilga ozodlikdan mahrum etildi va surgun qilindilar. O`zbekiston Kompartiyasi MQning 1950-yil 1-sentyabrda qabul qilgan “O`zbekiston Fanlar akademiyasining ishi to‘g‘risida”gi qarorida bir qator iqtisod, til va adabiyot sohasidagi olimlar millatchilikda ayblandilar. O`zbekiston Kompartiyasi MQning 1951-yil 8-apreldagi “O`zbekiston SSRda musiqa san’atining ahvoli va uni yanada rivojlantirish tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘zbek xalqining buyuk shoiri Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlari, “Tohir va Zuhra”, “Alpomish” xalq dostonlarining afsonaviy folklor syujetlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektaklarini yaratish va sahnalarda ko‘rsatish “zararli” deb baholandi. Bunday spektakllarni sahnalashtirgan ijodiy xodimlar qattiq tanqid ostiga olindi. Ko‘pgina konsert tashkilotlari va musiqali teatr xodimlari “Eski, arxaik musiqani va juda g‘amgin, mungli maqom namunalari”ni tarqatganligi uchun qoralandi. 1951-yil 10-avgustda respublika matbuotida “Ba’zi shoirlarning ijodidagi mafkuraviy buzg‘unliklar to‘g‘risida” degan maqola e’lon qilindi. Unda Turob To‘la, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, Sobir Abdulla, Habibiy asarlari kommunistik mafkuraga, xalqlar do‘stligiga zid g‘oyalarni ilgari suruvchi asarlar sifatida tanqid qilindi, ular millatchilikda ayblandilar. Shu yil 24-avgustda matbuotda e’lon qilingan “O`zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda” nomli maqolada Oybek, H.Zaripov, H.Yoqubov, I.Sultonov va boshqa adiblar mafkuraviy og‘ishlarda qoralandi. M. Shayxzoda, Shukrullo, Said Ahmad, Shuhratlar 1951-yilda “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati”da ayblanib qamoqqa olindilar va keyinchalik 25 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindilar. 1952-yil fevralida bo‘lib o‘tgan “O`zbekiston Kompartiyasi MQning X plenumi ilmiy va ijodiy ziyolilarni quvg‘in, ta’qib ostiga olishda yana bir turtki bo‘ldi. Plenumda “Respublikada mafkuraviy ishlarning ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida”gi masala muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi. Plenumda faylasuf V.Zohidovning ilmiy ishlariga burjua-millatchilik xatolari yuklandi, tarixchi A.Boboxo‘jayev va iqtisodchi O.Aminov panturkizmni targ‘ib qilishda ayblandi. Ular “siyosiy va ishchanlik sifatlari jihatidan egallab turgan lavozimlariga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslardir” deb hisoblandi va ishdan bo‘shatildi. Turob To‘la va M.Shayxzodalarning she’r va qo‘shiqlari “g‘oyasiz va axloqsiz asarlar” deb baholandi. O`zbek xalqining ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari yana bir bor oyoqosti qilindi, bu sohada so‘z yuritgan ijodkorlar qatag‘on qilindi. Tarixiy o‘tmish ham, zamonaviy hayot ham kommunistik mafkura, sinfiylik nuqtai nazardan turib qo‘pol ravishda buzib baholandi. Natijada ma’naviy hayotga, falsafiy va badiiy tafakkurga, madaniyatga katta zarar yetkazildi. Stalin vafotidan keyin butun SSSRda bo‘lganidek, O`zbekistonda ham shaxsga sig‘insih oqibatlarini tugatish tadbirlari ko‘rildi. Qatago‘n qilinganlar ishini qaytadan ko‘rib chiqishga kirishildi. Ko‘pgina jinoiy ishlar to‘qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qamalib, ozodlikdan mahrum etilganligi aniqlandi va ular oqlandi. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa ko‘plab yozuvchi va shoirlar oqlandi. Shukrullo, Shuhrat, Hamid Sulaymon, Maqsud Shayxzoda va boshqa adiblar ham oqlandi. Minlab, partiya, sovet, komsomol xodimlari oqlandi. 50-yillarning boshlarida shubha ostiga olingan, har bir qadami nazorat qilinayotgan 60 dan ortiq yirik olimlar, adiblar zimmasidan “millatchi”, “sovetlarning dushmani” degan yorliqlar olib tashlandi, tuhmatlardan xalos bo‘ldi va hayoti saqlab qolindi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling