Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
4-masala:
Totalitar sovet rejimi bedodligi va zulmining haddan ziyod kuchayib borishi nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzini, qismatini zavol toptirib qolmasdan, shu bilan birga millionlab fuqarolarning oddiy insoniy qadr-qimmati, or-nomusi hayosizlarcha tahqirlandi. G`addor tuzum zulmkorlari o‘z g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini avj oldirib borar ekanlar, bunga har bir insonning yurish-turishi, kundalik mashg‘uloti, muomalasidan tortib to uning qanday tafakkur yuritishigacha bo‘lgan hamma jarayonlarni o‘z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasi, mayl-xohishini jilovlash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turish va shu yo‘l bilan badkirdor tuzum sha’niga dog‘ tushirmaslik, uning soxta obro‘-nufuzini saqlash, avaylash edi. SSSRning “g‘olib sotsializm” Konstitutsiyasi va unga muvofiq tarzda O`zbekistonning Asosiy qonuni qabul qilinib, ularda inson huquqlari, sovet demokratiyasi afzalliklari to‘g‘risida lof urilib, olamga jar solingan bir paytda respublika fuqarolari mutlaq ko‘pchiligining oddiy insoniy huquqlari, or-nomusi, vijdoni oyoq osti qilinganligi, ularning hayoti nochor, tahlikali ko‘chganligini qanday izohlasa bo‘ladi. Bu insonlar kommunistik siyosat va mafkura yolg‘onlariga ishonib, porloq kelajakka umid bog‘lab, jonlarini jabborga berib, ter to‘kib mehnat qilsalar, o‘zlarini sotsializm ishiga bag‘ishlasalarda, biroq buning evaziga undan beadad zulm-sitam ko‘rsalar! Respublikada sanoatlashtirish, qishloqda jamoalashtirish, quloqlashtirish yoki madaniy inqilobni amalga oshirish jarayonida yuz bergan jiddiy xatolar, buzilish va cheklanishlardan qattiq aziyat chekkan aholi tabaqalarini rasmiy hokimiyat organlari ommaviy tarzda quvg‘in va ta’qib qilishganligi va turli xil jazolarga tortganligi ham buning asosli isbotidir. Buning oqibatida XX-asr boshidan 40-yillarigacha 450 ming vatandoshimizga nisbatan “jinoiy ish” ochilganligi, ularning hayoti ostin-ustun bo‘lib ketganligi haqiqatdir. Ayniqsa bunda kishilar dunyoqarashi, e’tiqodini o‘z izmiga bo‘ysundirish, uni yangi kommunistik ahloq, ateistik tamoyillar ruhida shakllantirish uchun jon-jahdi bilan hujumkor kurash olib borgan sovet mafkurasining respublika mehnatkashlarining ma’naviy hayotiga yetkazgan zarari behisob bo‘ldi. Xalq ma’naviy-ruhiy hayotiga asrlar osha muhim hissa qo‘shib kelgan ulamolar yo‘q qilib yuborildi. Ko‘plari begona yurtlarga bosh olib ketib jon saqlashga majbur bo‘ldi. Bunday chidab bo‘lmas qabohatliklar oqibatida xalqimizning ne-ne barhayot udumlari, marosimlari, an’analari zavol topdi, unutishga mahkum etildi. Faqat milliy istiqlol davriga kelibgina ular yangidan ro‘yobga chiqib, bugungi demokratik voqeligimizdan munosib o‘rin topib bormoqda. Yana 30-yillar voqealariga qaytar ekanmiz, bunda shu narsa kishini benihoya ajablantiradiki, u davrda insonni qoralash, uning peshonasiga xalq dushmani tamg‘asini bosish tuzum zolimlari uchun xuddi xamirdan qil sug‘urgandek gap bo‘lgan. Hatto shunday hollarga duch kelindiki, respublikadagi ko‘p xonadonlarda vaqti-vaqti bilan o‘tkazilgan tintuv paytida mabodo arab yozuvida bosilgan birorta kitob topilgudek bo‘lsa, uning nomi, mazmuni so‘rab, surishtirilmasdan o‘sha xonadon sohibiga jamiyatga yot unsur degan la’nat tamg‘asi bosilib, u qamoq yoki surgun jazosiga hukm etilaverardi. Shunday qilib, mustabid sovet rejimining qatag‘onlari respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun qonli fojealar, beadad yo‘qotishlar, mahrumliklar bilan to‘lib-toshgan davr bo‘ldi. U millionlab odamlarning taqdir-qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsiz xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay xalqimiz o‘z bukilmas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug‘ kunlar kelishiga intiqib, kurashib yashadi, qatliomning har qanday shiddatiga dosh berib, o‘z asriy qadriyatlari, udumlari, rasm-rusumlari, imon-e’tiqodiga sodiq qola bildi va hamisha milliy istiqlol sari dadil harakatlanishda davom etdi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling