Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Mavzu: Urush yillarida fan, maorif va madaniyat. O`zbekiston


Download 0.77 Mb.
bet45/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

Mavzu: Urush yillarida fan, maorif va madaniyat. O`zbekiston
ning qardosh xalqlarga baynalmilal yordami.
Reja:

  1. Ilm-fan va adabiyot g‘alaba uchun xizmatda.

  2. Urush yillarida maorif va oliy ta’lim.

  3. Ommaviy axborot vositalari va san’at front xizmatida.

  4. O`zbekistonning qardosh xalqlarga baynalmilal yordami.

Adabiyotlar:
1. «O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob, T.”Sharq”. 2000, 450-463, 487-498 betlar.
2. Usmonov Q, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy.). T.”Sharq” 2003, 151-163 betlar.
1-masala:
Urushning dastlabki kunlaridayoq SSSR FAning O`zbekiston filiali, respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ilmiy tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stansiya va boshqalar, barcha olimlar respublika xo‘jalik hayotini harbiy izga solish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Ularning zavodlar, fabrikalar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari transport korxonalari bilan bevosita aloqalari o‘rnatildi. Olimlarning tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida 1941-yil 29-noyabrda O`zbekiston Ilmiy muhandis-texnika jamiyati tuzildi. G`arbiy hududlardagi yirik shaharlardan ko‘plab ilmiy muassasalar O`zbekistonga ko‘chirib keltirildi. SSSR FAning tarix, iqtisodiyot va huquq, jahon xo‘jaligi va jahon siyosati, sharqshunoslik, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, bir qancha muzeylar va kutubxonalar shular jumlasiga kiradi. Akademiyaning 375 yirik olimlari va xodimlari ko‘chib keldilar.
O`zbekistonlik olimlar ko‘chib kelgan yirik olimlar bilan yaqin aloqa bog‘ladilar, respublikamizda mavjud bo‘lgan va ko‘chirib keltirilgan ilmiy muassasalarning tadqiqot yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqildi, urush talablariga moslab o‘zgartirildi. Olimlar o‘zlarining asosiy e’tiborini mudofaa sanoati uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslarni izlab topish va ulardan foydalanishni tashkil etishga qaratdilar. Geolog olim N.M.Abdullayev va boshqalarning tadqiqotlari natijasida qalayi, volfram, molibden, o‘tga chidamli elementlar, nodir metallar va boshqa turdagi xom ashyo konlari topildi va o‘zlashtirildi. A.S.Uklonskiy boshchiligidagi geologlar guruhining temir konini topishi, o‘zbek metallurgiya kombinati qurilishini loyihalashtirish va ularni foydalanishga tushirishdagi xizmatlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. D.M.Bogdanov va muhandis G.K.Chikrizovlar Angrenda qidiruv ishlariga boshchilik qildilar va ko‘mir konining boy zahiralarini topib yangi shaxtalar qurishga ko‘maklashdilar. Sirdaryodagi Farhod GESining loyihasini ihlab chiqishda mashhur irrigatorlar A.N.Askochenskiy, V.V.Poslavitskiylar faol ishtirok etdilar, loyihachilarga akademiklar G.O.Grafito va B.Ye.Vedeneevlar qimmatli maslahatlar berdilar. Kimyogar olimlar neftning suvini ketkazish, oltingugurtdan tozalash, ko‘mirni kokslash, paxta chiqindilaridan xalq xo‘jaligida foydalanishning, etil spirti, soda, kislota olishning yangi samarali usullarini yaratdilar. Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar natijasida aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan turli xil dori-darmonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga tushirildi.
Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadiqiqot instituti paxtaning yangi navlarini yetishtirish sohasida samarali izlanishlar olib bordi. Seleksionerlar S.S.Kanash va A.I.Avtonomov boshchiligida vilt kasalligini yuqtirmaydigan yangi navini yaratdilar. S.S.Kanash yaratgan S-460, L.V.Rumshevich yaratgan F-108 yuqori hosilli navlar, shuningdek, boshqa uzun tolali navlar paxtachilikning rivojida ulkan hissa bo‘ldi. O`zbekistonda ekilib kelingan amerika paxta navlarini yangi navlar bilan almashtirish 1944-yilda tugallandi. Respublika olimlari Samarqandda joylashtirilgan Timiryazev nomidagi qishloq xo‘jalik akademiyasi xodimlari bilan hamkorlikda g‘o‘za, bug‘doy va qand lavlagini almashlab ekish usulini joriy etdilar. O`zbekiston sharoitida qand lavlagidan mo‘l hosil olishga ko‘maklashdilar.
Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi. Yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharqshunos, adabiyotshunos olimlar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan O`zbekiston xalqlari tarixi, madanyati va adabiyotining muhim masalalarini ishlab chiqdilar. V.S.Struve, V.A.Shishkin, Ye.E.Bertels, I.K.Dodonov, V.Yu.Zohidov, H.Sh.Inoyatov, A.Yu.Yakubovskiy, M.Ye.Masson, S.P.Tolstov, Ya.G`.G`ulomov va boshqalar O`zbekistonning eng qadimgi va o‘rta asrlari tarixi, moddiy madanyati va ma`naviyati, O`rta Osiyo xalqlarining etnogenezi bo‘yicha qator asarlar tayyorladilar. Ikki jildlik “O`zbekiston xalqlari tarixi”ni tayyorlashga kirishildi. Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o‘zbek olimlari birgalikda “O`zbek adabiyoti tarixi” asarini yaratdilar.
1943-yil 4-noyabrda O`zbekiston Fanlar akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T.N.Qori Niyoziy saylandi. Fanlar akademiyasining ochilishi respublika hayotida muhim voqea bo‘ldi, ilm-fanning yanada taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratildi. Tez orada yangi ilmiy muassasalar vujudga keldi. Til, adabiyot va tarix instituti bazasida Tarix va arxeologiya, Til va adabiyot institutlari, Sharqshunoslik instituti, Iqtisodiyot, Matematika va mexanika, Tuproqshunoslik, Fizika-texnika institutlari va boshqa laboratoriyalar tashkil etildi. 1943-yilga kelib Fanlar akademiyasi tarkibida 23 ta ilmiy muassasa, shu jumladan, 2 ta laboratoriya, tajriba stansiyalari faoliyat ko‘rsatdi. O`zbekiston Fanlar akademiyasining uch faxriy a`zosi, 15 haqiqiy a`zosi, 20 muxbir a`zosi va 1265 ilmiy xodimi, shu jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta fan nomzodi ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Ular orasida fizika-matematika fanlari doktorlari T.A. Sarimsoqov va V.I.Romanovskiy, geolog olim H.M.Abdullayev, fizik olim S.U. Umarov, faylasuf I.Mo‘minov, adib S.Ayniy, yozuvchi Oybek, shoir G`.G`ulom va boshqalar bor edi.
Sharqshunoslik instituti olimlarining Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish asosida tayyorlagan fors, arab va turkiy tillarda yozilgan qo‘lyozmalar to‘plami jahondagi eng boy to‘plamlardan biri bo‘lib qoldi. To‘plam 3 jilddan iborat bo‘lib, ularda 300 ga yaqin qo‘lyozma tavsiflab va ilmiy jihatdan baholab berildi. 1944-yilda O`zFA Prezidiumida aspirantura tashkil etildi va o‘sha yili 60 kishi, shu jumladan, 41 o‘zbek qabul qilindi. 1944-yilda Akademiya institutlarida 2 ta doktorlik, 17 ta nomzotlik dissertatsiyalari yoqlandi. Urush yillarida o‘zbekistonlik olimlar mingdan ortiq ilmiy ishlarni bajardilar, ularning ko‘pchiligi xalq xo‘jalik va mudofaa ahamiyatiga ega bo‘ldi.
O`zbekistonlik yozuvchilar va shoirlar o‘zlarining qaynoq ijodi bilan xalqni mardonalikka chorlab, fidokorona mehnatga ruhlantirib g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar. O`zbekiston yozuvchilari uyushmasi o‘z faoliyatini dushmanni tezroq tor-mor etishga qaratdi. Uning rayosati qoshida tashviqot va targ‘ibot bo‘limi, harbiy komissiya tuzildi. Ijodiy ziyolilarning radio va matbuotda kishilarni hushyorlikka, vatanparvarlikka, dushmanga qarshi mardona jang qilishga, front orqasini mustahkamlashga chorlovchi chiqishlari bilan katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O`zbekistonga vaqtinchalik ko‘chirib keltirilgan rus, ukrain, belorus, moldovan va boshqa millatlarga mansub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida faol qatnashdilar, o‘zbekistonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qildilar. “Biz yengamiz!” degan almanax, “O`zbekiston shoirlari – frontga” degan antologiya ana shunday hasmkorlikning mevasi bo‘ldi. Hamid Olimjon, Uyg‘un, Sobir Abdulla, Nikolay Pogodinlar birgalikda “O`zbekiston qilichi” musiqali dramasini yaratdilar.
Urush yillarida yaratilgan Oybekning “Navoiy” va “Qutlug‘ qon” romanlari, Abdulla Qahhorning “Oltin yulduz” qissasi, “Xotinlar” asari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo‘ldi. She’riyatda ulkan yuksalish bo‘ldi. Hamid Olimjonning “Qo‘lingga qurol ol”, “Sharqdan G`arbga kelayotgan do‘stga”, “Jangchi Tursun” va “Roksananing ko‘z yoshlari”, G`afur G`ulomning “Sen yetim emassan”, “Men – yahudiyman”, “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak”, Uyg‘unning “Qasam”, “Bir qadam ham orqaga chekinilmasin” va “Maktub”, “Maqsud Shayxzodaning “Ona kuzatmoqda” va “Kapitan Gastello” she’rlari, Sharof Rashidovning “Qahrim” she’rlar to‘plami, Sulton Jo‘raning “Pulemyotchi ovozi”, “Nayzamiz” she’rlari fashizm kirdikorlarini fosh etib, g‘alaba qozonishga ishonchni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko‘tardi. Ona zamin, Vatanga sadoqat, dushmanga nafrat, jasorat va mardlikni tarannum etgan bu teran she’rlar jangovar quroldan qolishmaydigan dahshatli qurol bo‘lib xizmat qildi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling