Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet46/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

2-masala:
O`zbekiston xalq ta`limi, jumladan, oliy o‘quv yurtlari og‘ir sinovlardan o‘tdi. Ko‘pchilik professor-o‘qituvchilir, talabalar frontga safarbar etildi. Kasb yo‘nalishi yaqin bo‘lgan institutlar, fakultetilar, kafedralar birlashtirildi, ayrimlari yopildi. Samarqand kooperativ instituti bilan Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari, O`zbek va O`rta Osiyo davlat universitetlari birlashtirildi. Ularning bo‘shagan binolariga harbiy muassasalar, gospitallar joylashtirildi. Moskva, Leningrad, Kiev, Xarkov, Voronej, Odessa va boshqa shaharlardan 1941–1943-yillarda ko‘chirib keltirilgan 35 oliy o‘quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi, ularning ba’zilari o‘zaro yoki O`zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan birlashtirildi. O`z professor-o‘qituvchilari bilan ko‘chirib keltirilgan oliy o‘quv yurtlarining faoliyati respublikada oliy ta`limning yanada rivojlanishiga ijobiy ta`sir etdi. Moskvalik va leningradlik olimlar talabalarga yangi kurslar bo‘yicha ma`ruzalar o‘qidilar, mahalliy millat vakillaridan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ko‘maklashdilar, yangi mutaxxasisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ular xalq xo‘jalik va harbiy ahamiyatga molik mavzularda tadqiqot ishlarini uyushtirdilar. O`zbekiston hukumati oliy o‘quv yurtllaridagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, moddiy bazasini mustahkamlash, o‘qituvchilar bilan ta’minlash masalalarida ko‘maklashdi. Yirik oliy o‘quv yurtlarida doktorantura va aspiranturaga qabul kengaytirildi. Respublika miqyosida ishlab turgan rahbar xodimlar oliy o‘quv yurtlariga ishga yuborildi. 1945-yilda oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan 3 taga ko‘payib 33 tani tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urush yillarida hammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassis tayyorlandi.
Xalq maorifida ham jiddiy qiyinchiliklar bo‘ldi. Ko‘plab maktablar binolari gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o‘quv yurtlariga berildi. Maktablar birlashtirildi, ko‘p smenali o‘qish joriy etildi. Urushgacha respublika maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilarning 74,6 foizini erkaklar tashkil etardi. Ular frontga, ishlab chiqarish ishlariga ketdi. Buning ustiga darsliklar, uskunalar, daftarlar yetishmas edi. Qisqa muddatli kurslar tashkil etilib, boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituvchilar tayyorlandi, boshqa ishga ketgan o‘qituvchilarni maktabga qaytarish tadbirlari ko‘rildi, ularning moddiy-maishiy ahvolini yaxshilashga g‘amxo‘rlik qilindi. 1944-yilda o‘qituvchilar armiya safidan maktablarga qaytarildi. O`quvchilarning jismoniy tayyorgarligi yaxshilandi, kundalik o‘qish foydali mehnat bilan olib borildi. O`qishdan tashqari vaqtlarida o‘quvchilar gospitallarga otaliq yordami berdilar, frontdagilarning oilalariga ko‘maklashdilar, temir-tersak to‘plab topshirdilar, qishloq xo‘jalik ishlariga qatnashdilar. Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o‘quvchilar bilimini baholashning besh balli tartibi, boshlang‘ich va yetti yillik maktablarni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati – guvohnomasi uchun imtihonlar topshirish majburiyati, maktab o‘quv dasturlarini a’lo o‘zlashtirgan va a’lo xulqli o‘quvchilarni oltin va kumush medallar bilan taqdirlash joriy etildi. Bu tadbirlar dars mashg‘ulotlari saviyasini ko‘tarishga, o‘quvchilar intizomini yaxshilashga olib keldi. Ko‘chirib keltirilgan muassasalar o‘z joylariga qaytib keta boshlagach, maktab binolari ham bo‘shatila bordi, o‘quvchilar o‘z maktablari bag‘riga qaytib o‘qishlarini davom ettirdilar. 1940/41 o‘quv yilida 5504 ta umumta’lim maktablarida 1368,9 ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, 1945/46 o‘quv yilida 4976 ta umumta’lim maktablarida 989,2 ming bola ta’lim oldi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling