Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet48/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

4-masala:
Sovet xalqi hali urush davom etayotgan qiyin paytlardayoq dushmandan ozod etilgan shahar va qishloqlarni, zavod, fabrika va boshqa xo‘jaliklarni qayta tiklashga kirishdi. Ozod etilgan hududlardagi xo‘jalikni tiklash ishlarida Sharqdagi barcha respublikalar, viloyatlar, shu jumladan, O`zbekiston ham faol qatnashdi. Urushda za-rar ko‘rgan viloyat, shahar va tumanlarga yordamlashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma-salalar respublika hukumati, viloyat, shahar va tuman tashkilotlari hamda keng jamoatchilik orasida muntazam ravishda muhokama qilinib, zarur tadbirlar amalga oshirib borildi. Yordam davlat yo‘li bilan va jamoatchilik yo‘li bilan amalga oshirildi. 1943-yilning bahorida O`zbekiston ozod etilgan tumanlarga 2 ming traktor, avtomobil va qishloq xo‘jalik mashinalari, 8 ming ot va ho‘kiz, 170 ming bosh qo‘y va echki jo‘natdi. 1943-yilning oktabrida o‘zbekistonlik yoshlar leningradlik bolalarga 250 tonna oziq-ovqat, 10 ming juft poyafzal va kiyim, 2 mln. so‘mdan ko‘proq pul yubordi.
O`zbekiston temir yo‘lchilari ozod etilgan joylardagi temir yo‘llarni tiklashga katta yordam berdilar. Toshkent tovar stansiyasi temir yo‘lchilari 35 ta ko‘targich asboblar komplekti, 350 dona slesarlik asboblari, 2 mingdan ortiq ehtiyot qismlarni to‘plab G`arbdagi stansiyalarning birini tiklash uchun jo‘natdi. 1943-yil 30-martda Toshkent temir yo‘lchilari asbob-uskunalar ortilgan butun bir eshelonni Stalingrad temir yo‘l tarmog‘ini tiklash uchun yubordi. O`zbekistonga ko‘chirib keltirilgan korxonalar, ilmiy va madaniy muassasalar, o‘quv yurtlarini o‘z o‘rniga qaytarish, binolarni tiklash va joylashtirish ishlarida ham faol qatnashdilar. Ko‘plab o‘zbekistonlik mutaxassislar va ishchilar rus, ukrain, belorus, moldovan do‘stlariga ko‘maklashish uchun jo‘nab ketdilar. Faqat 1943-yilda o‘zbekistonliklardan 60 mingga yaqin kishi Sverdlovsk, Chelyabinsk, Moskva, Ivanov va boshqa viloyatlarda ishladilar. O`zbekiston aloqachilari 540 muhandis, texnik va boshqa mutaxassislardan iborat maxsus batalon tuzib, uni zarur asbob-uskuna va materiallar bilan ta’minlab G`arbga jo‘natdi. Batalon Rossiya, Ukrainada ko‘plab aloqa vositalarini tiklashda faol qatnashdi.
G`arbiy viloayatlarni tiklash ishlariga respublikamizning fabrika-zavod ta’limi maktablarini, hunar-o‘quv yurtlarini endigina tamomlab chiqayotgan yoshlar ko‘proq yuborildi. 1943–1945-yillarda Donbass, Kiev, Leningrad va Ural koxonalari, qurilishlari va temir yo‘llarida ishlash uchun O`zbekiston mehnat rezervlari maktablarining 15 ming talabasi jo‘natildi. Ozod etilgan hududlar aholisiga qardoshlarcha yordam, respublikaning o‘zida moliyaviy resurslar, asbob-uskuna va materiallar, malakali kadrlar, iste’mol mollari yetishmay turgan og‘ir bir sharoitda berildi. Urush yillarida O`zbekiston aholisining turmush saviyasi keskin pasayib ketganiga, xo‘jalik harbiy izda ishlayotganiga qaramasdan qardosh xalqlarga ko‘rsatgan baynalmilallik yordami o‘zek xalqining buyuk insoniylik fazilatlarga sodiq ekanligining guvohidir.
Stalin va uning atrofidagi yugurdaklari tomonidan urush yillarida ham kichik xalqlar, etnik guruhlarga nisbatan adolatsizlik qilindi. Urushning dastlabki yilidayoq Volgabo‘yi nemislar avtonom respublikasi tugatildi. Uning 300 mingdan ortiqroq aholisidan “bosqinchilar yordam olishi mumkin”, degan gumon bilan ularni ushlab turgan joylaridan mahrum etib, Sibir va Qozog‘istonga ko‘chirib yuborildi. 1943-yil oxirlari – 1944-yil boshlarida Volganing quyi oqimi va Kaspiy dengizi qirg‘oqlarida yashovchi qalmoqlar, Shimoliy Kavkazda yashovchi qorachoylar, chechenlar, ingushlar va bolqarlar, 1944-yil iyunida qrim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari ham o‘z vatanlaridan Sibir va O`rta Osiyoga badarg‘a qilindilar. “Bu xalqlar fashistlar bilan hamkorlik qilishda” ayblandi, hech kimdan hech narsa so‘rab-surishtirilmadi, har bir odamning qanchalik aybdorligi, gunohkorligi aniqlanmadi, hamma ommaviy ravishda qasttiq jazolandi. Ko‘chirish yashirin holatda va shoshilinch ravishda amalga oshirildi. Bu katta kulfatlarga, ko‘pchilik odamlar, bolalarning yo‘lda qirilib ketishiga olib keldi. Bu xalqlar adolatsiz jazolanayotgan bir paytda, ularning farzandlari, yoru-birodarlari fashistlarga qarshi jang qilmoqda edilar. Ular yurtdoshlari boshiga tushgan kulfatdan bexabar edilar. Ko‘chirilganlar Sibir va O`rta Osiyoning aholisi kamroq bo‘lgan tumanlariga guruh-guruh qilib taqsimlandi.
O`zbekistonga 175 mingdan ortiqroq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim tatarlari, 4,5 ming bolqarlar, o‘n minglab mesxeti turklari, greklar ko‘chirib keltirildi. O`zbek xalqi ularni beg‘araz kutib oldi, yashash uchun uy- joy, oziq-ovqatlar bilan yordam berdi. Mahalliy hokimiyat ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurish va xo‘jalik yuritish uchun kredit mablag‘lari ajratdi. Ko‘chirib kreltirilganlar ancha mashaqqatlar bilan yangi joylarga asta-sekin moslashib bordilar.
Stalin boshliq Markaziy hokimiyat amalga oshirgan milliy siyosatning zarari, adolatsizligi odamlarning qattiq qatag‘on qilinishi bilan chegaralanib qolmadi. Uning mudhish ekanligi yana shundaki, ko‘plab xalqlarning milliy davlatchiligi buzildi, respublikalar va muxtor viloyatlarning haq-huquqlari poymol qilindi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy madaniayati, qadriyatlari va an’analari oyoq osti qilindi. Bunday “milliy siyosat” Markaz tomonidan butun vositalar bilan tashviqot qilinayotgan Sovet Ittifoqidagi xalqlar o‘rtasida buzilmas do‘stlik to‘g‘risidagi g‘oyaga soya, qora dog‘ bo‘lib tushdi. Bunday zo‘ravonlikning zararli oqibatlari hanuzgacha to‘la bartaraf etilganicha yo‘q. Vaqti-vaqti bilan millatlar o‘rtasida nizolar, fojealar chiqishiga sabab bo‘lib kelmoqda.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling