Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet44/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

3-masala:
Urush o‘zbekistonliklarni og‘ir muhtojlikka duchor etdi. Hamma narsaning frontga safarbar etilishi natijasida oziq-ovqat tanqisligi vujudga keldi. Shaharlarda oziq-ovqatlarni, sanoat mollarini kartochka asosida taqsimlash joriy etildi. Ishchi va xizmatchilarga kuniga 400–500 grammdan, oila a’zolariga esa 300 grammdan non berish belgilandi. Amalda esa aholi belgilangan me’yorlardan ham kam non olardi. Go‘sht, yog‘, baliq, makaron, yormalar ham me’yorlangan tartibda taqsimlanar, ko‘p hollarda kartochkada ko‘rsatilgan miqdorda berilmasdi. Qishloq aholisining turmushi yanada og‘irlashdi. Oziq-ovqat va sanoat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda taqsimlash qishloq aholisiga joriy etilmadi. Ular ishlagan mehnat kunlari uchun deyarli haq ololmasdi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari matlubot kooperatsiyasi do‘konlarida davlatga topshirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga qarab qat’iy me’yorlangan miqdorda berilardi. Aholini oziq-ovqatlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida sanoat korxonalari qoshida yordamchi xo‘jaliklar tashkil etishga ruxsat berildi. Ularga vaqtincha foydalanish uchun 53 ming gektar yer ajratildi. Ishchi va xizmatchilar tomonidan yakka tartibda polizchilik ishlari bilan shug‘ullanish keng tarqaldi.
Oziq-ovqat tanqisligi sharoitida pul tobora qadrsizlanib bordi, chayqovchilik avj oldi. Muhtojliklarga qaramay sanoat va qishloq xo‘jalik xodimlari g‘alaba uchun, frontga ketgan farzandlari va erlari uchun fidokorona mehnat qildilar. Qiyinchiliklarga qaramay frontga ketgan jangchilarning oilalariga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilindi, bolalari yasli va bog‘chalarga joylashtirildi. Kolxoz va sovxozlar jangchilarning oilalariga oziq-ovqat, ekin ekish uchun yer ajratib berardi.
Nazorat uchun savollar:

  1. O`zbekiston sanoatchilari frontga qanday mahsulotlar yetkazib berdilar?

  2. O`zbekistonga ko‘chirib keltirilgan korxonalarni joylashtirish, qurish va ishga tushirish jarayoni qanday kechdi?

  3. Sanoat korxonalarini ishchi kuchi, mutaxassislar bilan ta’minlash haqida nimalarni bilasiz?

  4. O`zbekistonda urush yillarida qanday GESlar qurildi?

  5. Urush yillarida yoqilg‘i sanoati nimalar hisobiga o‘sdi?

  6. Bekobod metallurgiya zavodi qurilishi haqida nimalarni bilasiz?

  7. Transport va aloqa xodimlari g‘alabaga qanday hissa qo‘shdilar?

  8. Qishloq xo‘jalik xodimlari frontga qanday xizmat qildilar?

  9. Urush yillarida paxtachilikda ahvol qanday edi?

  10. Aholi turmushi qanday edi? Aholi qanday muhtojliklarni boshidan kechirdi?




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling