Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet52/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

4-masala:
O`zbekistonlik jangchilar Yevropa xalqlarini ozod etishda ham faol qatnashdilar. Birinchi o‘zbek generali, 57-gvardiyachi diviziyaning qo‘mondoni Sobir Rahimov Polshada shonli xotira qoldirdi. Uning diviziyasi Kavkazdan Sharqiy Prussiyagacha bo‘lgan masofani qattiq janglar bilan bosib o‘tdi. Ko‘rsatgan harbiy mahorati uchun ko‘p martalab hukumat ordenlari va medallar bilan taqdirlandi. 1943-yil martida unga general-mayor unvoni berildi. 1943-yil mayidan 1944-yil apreligacha muddatda Sobir Rahimov Moskvadagi Oliy harbiy akademiyada ta’lim oldi. U akademiyani tamomlab, avval Belorussiyani ozod etishda, songra Polshaning Grudzyandz, Gnev, Starograd, Dzyaddovo shaharlarini ozod etish uchun bo‘lgan janglarda sarkardalarga xos harbiy san’atni namoyish etdi. 1945-yil 26-martda Gdansk shahrini ozod etish uchun bo‘lgan jangda general Sobir Rahimov halok bo‘ldi. Sobir Rahimovga olimidan so‘ng Qahramon unvoni berildi. Polsha xalqi o‘zbek xalqi kabi general Sobir Rahimov nomini e’zozlab kelmoqda. Gdansk shahridagi ko‘chalar, maktablarga Sobir Rahimov nomi berilgan.
O`zbekistonliklar Yevropa mamlakatlarida avj olgan qarshilik ko‘rsatish harakatida ham faol qatnashdilar. Ular dushmanning maxsus lagerlaridan qochib Chexoslovakiya, Polsha, Yugoslaviya, Gretsiya, Fransiyadagi Qarshilik harakatiga qo‘shilib jang qildilar. Samarqandlik G.G.Bulatov otryadi Polshda o‘nlab ko‘priklarni, temir yo‘llarni portlatdi, dushmanning harbiy qismlari va jangovar texnikasi ortilgan eshelonlarni ag‘dardi. 1944-yil o‘rtalarida Slovakiyada fashistlarga qarshi ko‘tarilgan milliy qo‘zg‘olonda o‘zbekistonliklardan partizan otryadi komandiri V. F.Melnikov, R.Allamov, A.Narzullayev, R.Hamroyevlar ishtirok etdi. Yugoslaviyada ko‘rsatgan jasorati uchun farg‘onalik Uksanboy Xolmatov 3 marta Yugoslaviyaning mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Faransiyada 37 millat va elatlarga mansub 2200 sovet harbiy asirlaridan tuzilgan partizanlar polki A.A.Kozaryan qo‘mondonligida fransuz partizanlari bilan birgalikda jang qilib, Ales, Vilfor, Sen-Sheli shaharlarini, Gar va Lozer departamentining qishloqlarini fashistlardan ozod qildilar. Bu janglarda samarqandlik A.Rahmatov, bulung‘urlik S.Shomurodov, toshkentliklar R.Rahimov, N.Amirov va boshqalar faol qatnashdilar. Fransiyaning janubini ozod etishda ko‘rsatgan jasorati uchun qo‘qonlik Hoshim Ismoilov, toshkentlik Tojiboy Ziyayev Fransiyaning Janna d’Ark kresti ordeni bilan mukofotlandi. Italiyaning Karraro shahri konlarida ishlatish uchun olib borilgan harbiy asirlar orasida andijonlik T.Qo‘chqorov va A.Mamajonovlar italiyalik partizanlar bilan aloqa bog‘lab toqqa qochadi. Ular Garibaldichi partizanlar otryadiga qo‘shilib, dushman qurol-aslaha omborxonalarini portlatishda, yo‘llarda dushman kolonnalarini yo‘q qilishda, ko‘priklar va eshelonlarni portlatishda faol qatnashdilar. O`zbekistonliklarning Qarshilik ko‘rsatish harakatidagi ishtiroki Yevropa xalqlarini fashistlar asoratidan xalos qilish harakatiga qo‘shgan muhim hissasi bo‘ldi.
Urush o‘zining songgi pallasiga kirdi. Berlin uchun qattiq janglar bo‘ldi. Urush Qahramonlari B.Boboyev, T.Boboyev, S.Umarov, “Shuhrat” ordenining to‘liq kavalerlari A.To‘qmoqov va B.Niyozovlar Berlinni zabt etishda qahramonlarcha jang qildilar. Berlinni olganligi uchun medal bilan o‘zbekistonlik jangchilardan 1706 kishi taqdirlandi. Fashistlar Germaniyasi tor-mor etildi. Germaniya ustidan g‘alaba qozonilganligi uchun medal bilan 109208 o‘zbekistonlik jangchi taqdirlandi.
O`zbekistonlik jangchilar Yaponiyaga qarshi urushda ham qatnashdilar. Ular 22-, 79-, 275-, 388-, 221-diviziya va boshqa harbiy qismlarning tarkibida jang qildilar. Seysin port shahrini egallashda 335-o‘qchi diviziya bataloni tarkibida leytenant Fozil Karimov, razvedkachi Vali Sulaymonovlar alohida jasorat ko‘rsatdilar. Dushman sohiliga tushirilgan desantchilar orasida pulemyotchi Nishon Bozorov chaqqonlik bilan jang qilib, yaponlarning 10 ta askari va 2 ta zobitini yer tsihlatadi. U jangovar medal bilan taqdirlanadi. Shuningdek, leytenant A.A.Karimov, o‘qchi vzvod komandiri kichik leytenant U.Doniyorov, pulemyotchilar qismi komandiri S.Qo‘chqorov va boshqalar ham dushmanga qaqshatqich zarba beradilar. Shimoli-Sharqiy Xitoy va Koreyani egallab turgan 1 millionlik Kvantun armiyasi tor-mor qilinadi. Janubiy Saxalin, Kurill orollari yapon qo‘shinlaridan ozod qilinadi. Yaponiya tor-mor etiladi.
6 yil davom etgan, butun insoniyat boshiga og‘ir kulfatlar solgan Ikkinchi jahon urushi tamom bo‘ldi. Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan ortiqroq kishi halok b`oldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo‘lib qoldi, moddiy talofatlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo‘ldi. Fashizmni tor-mor etishda ko‘p mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og‘ilik markazi SSSR xalqlari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin kishi urush alangasida halok bo‘ldi, 18 milliondan ortiqroq jangchilar yarador va nogiron b`olib qoldilar.
O`zbekistondan janggohga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo‘ldi, 132670 kishi bedarak yo‘qoldi, 60452 kishi nogiron bo‘lib qaytdi. Bu ma’shum urush tufayli eng kamida to‘rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo‘lgan. Yuz minglab vatandoshlarimiz mehnat frontida zahmat chekdilar, o‘zi yemasdan, o‘zi kiymasdan topgan nasibasini frontga jo‘natib azob-uqubatlar tortdi. O`zbekistonliklarning urushda ko‘rsatgan mardligi va jasorati yuqori baholandi. 120 ming o‘zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o‘zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi. 300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo‘lishdi, ularning 75 nafari o‘zbeklardir. 32 nafar o‘zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlandi.
Urush davri O`zbekiston tarixining uzviy bir qismi, biz uni unutolmaymiz. O`zbekistonda urush faxriylariga, ularning oilalariga yordam berilmoqda, ularga imtiyozlar yaratilgan. Respublika faxriylar uyushmasining tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligi munosabati bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida arxiv materiallari to‘planib, bu ma’lumotlar asosida “Xotira” turkumida 33 kitob nashr etildi. Fashizm ustidan qozonilgan 9-may kuni O`zbekistonda “Xotira va Qadrlash” kuni sifatida nishonlanmoqda. Urushda qurbon bo‘lganlarni xotirlash, biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash, e’zozlash, hurmat-izzatyini jo‘yiga qo‘yishdek ulug‘vor insoniy ishlar yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, mustaqil O`zbekistonning milliy xavfsizligini mustahkamlashda katta ahamiyatga egadir.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling