Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 100000 - Gumanitar soha Ta`lim sohasi: 120000- Gumanitar fanlar
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI
- FANIDAN MA’RUZALAR MATNI
- 1-mavzu. Kirish. “Oʼzbekistonning eng yangi tarixi” oʼquv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN O`QUV-USLUBIY MAJMUA Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar soha Ta`lim sohasi: 120000- Gumanitar fanlar Ta`lim yo’nalishi: Barcha nomutaxassis yo’nalishlari uchun QARSHI – 2022 2 3 MUNDARIJA: O`quv materiallari: a) Ma`ruza matnlari b) Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari 2. Mustaqil ta`lim mashg‘ulotlari 3. Glossariy 4. Ilovalar: a) Fan dasturi b) Ishchi fan dasturi v) Tarqatma materiallar d) Testlar g) Baholash mezonlari е) O`UMning elektron varianti 4 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN MA’RUZALAR MATNI QARSHI-2022 5 1-mavzu. Kirish. “Oʼzbekistonning eng yangi tarixi” oʼquv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja: 1. “O`zbekistonning eng yangi tarixi” – O`zbekiston tarixining uzviy va ajralmas qismi. 2. O`zbekistonning eng yangi tarixioʼquv fanining predmeti, maqsadva vazifalari.Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari. 3. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o‘rni. 4. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari. 5. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar. Tayanch so‘z va iboralar: Sivilizatsiya, davrlashtirish, formatsiya, mustaqillik, tarixiy xotira, davlatchilik, globallashuv asri. O‘zbekiston tarixi umumjahon – insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. O‘zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi. Shu bilan bir qatorda bu fan xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma'naviy saboqlar majmuasidir. O’zbekiston tarixini o`rganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda to`g’ri belgilash katta ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan O’zbekiston xalqlari, yer yuzining qator hududlaridagi xalqlar kabi O`z tarixida insoniy taraqqiyotida sodir bo`lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy bosqich (formatsiya)larni bosib o`tgan emas. Bundan chiqadigan xulosa shuki,biz o`z tariximizni shu ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida davrlashtirsak, tarixiy haqiqat soxtalashtirilgan bo`ladi. Shu sababdan biz O`z xalqimiz, Vatanimiz tarixini o`zbek davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bog’lab davrlashtiramiz va o`rganamiz. Ma'lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham o‘z ichiga oladi. U xilma – xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri hisoblanadi. O‘tmishda taqdir taqozosiga ko‘ra tariximiz, aniqrog‘i, Vatanimiz hududi jahon miqyosida kengayib va ma'lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o‘ta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab bo‘lganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz O‘zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi. Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish» kerakligi haqidagi metodologik va 6 konseptual g‘oyalariga amal qilgan holda ko‘p ming yillik Vatanimiz tarixining ilmiy asoslangan davrlashtirilishi amalga oshirildi: Ibtidoiy – jamoa tuzumi; Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi; O‘rta asrlar davri; Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri; O‘zbekiston sovetlar hokimiyati davri; Oʼzbekistonning eng yangi tarixidavri Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy sohalarda katta oʼzgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, taʼlim sohasida ham bir qator islohotlar oʼtkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yoʼnaltirilgan Milliy dastur izchillik bilan rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot gʼoyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy oʼrta taʼlimda oʼquvchilar Vatan tarixining mustaqillik davrini oxirgi sinfda besh-olti yil oldin yozilgan darslik asosida oʼqitilib kelinmoqda va bugungi jamiyatda kechayotgan jarayonlarni dasturga kiritish va ular haqida keng maʼlumot berish ancha qiyin kechmoqda. Shuning uchun OOʼYuda Oʼzbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur oʼrganish oʼta dolzarb vazifa hisoblanadi, chunki yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosati, davr qahramonlarini, ayniqsa oʼzining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini toʼgʼri va toʼliq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fanida Oʼzbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining eʼlon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, Oʼzbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi. Fanni oʼqitishning maqsadi – Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida yuz bergan muhim oʼzgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini koʼrsatish va jamiyat hayotida talaba(mutaxassis)ning oʼrnini, oʼzligini anglatishdan iborat. Fanni oʼqitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida Oʼzbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy va boshqa sohalardagi islohotlarning mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Tarixni o`rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea va xodisalarni o`z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o`rganishni taqoza etadi. Voqea, xodisalarni o`rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy uzviylik, tarixiy rivojlanish jarayoni qoidalariga rioya qilmoq zarur. Har bir narsa, voqea va xodisani boshqa voqea, xodisalar bilan bog’lab o`rgangandagina mazkur voqea, hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi uning to`g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo`ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bo`lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday 7 tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo`lganligini bu xodisa o`z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o`tganligini, keyinchalik u qanday bo`lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo`lsak, birinchidan, u qachon, qanday sharoitda paydo bo`ldi, ikkinchidan, u O`z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o`tdi, uchinchidan, u hali ham mavjudligi, hozir qay ahvolda, qanday bo`lib qoldi, degan savollarga aniq javob berish zarur bo`ladi Tarixiylik metodologiyasi xalqning o`tmishiga, hozirgi zamon va kelajagiga yagona tabiiy tarixiy jarayon deb, o`tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon esa kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo`ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, turmush qurmoqchi bo`lgan avlod tarix fani orqali O`z o`tmishini yaxshi bilmog’i lozim. O`tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak hozirgi zamonni, mustaqilligimiz mazmunini shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to`g’ri tasavvur etamiz. O`z navbatida hozirgi zamonni, bugungi avlodning bunyodkorlik faoliyatinito`g’ri idroq etilsa, bu o`tmishni tariximizni yanada chuqurroq anglashga ko`maklashadi. Tarixiylik metodologiyasining tarkibiga ezviylik va davriylik kiradi. Tarixiy fan bo`lgani uchun ham O’zbekiston tarixi fanini o`rgatish va o`qitish jarayonida tarixiy uzviylik va davriylik qoidasiga rioya qilish alohida ahamiyat kashf etadi. Insoniyat taraqqiyotining ma‘lum bosqichida urug’chilik tuzumi yemirilib, xususiy mulkchilik kelib chiqqach, urug’ jamolari turli ijtimoiy tabaqalarga bo`lingach, tarixiy voqea va xodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog’liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa O`z manfaati nuqtai nazaridan harakat qiladigan, ularning manfaati bir-biri bilan to`qnashadigan, g’alayonlar, qo`zg’olonlar ko`tariladigan bo’lib qoldi Bunday vaziyatda sodir bo`lgan voqea va hodisalarni, tarixiy jarayonni o`rganishda ijtimoiy yondoshuv printsipiga rioya qilish zarur bo`ladi. Bu ijtimoiy yondoshuv metodologiyasi bo`lib, tarixiy jarayonlarni, aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o`rganishni taqozo etadi. Tarixni o`rganishda ijtimoiy yondoshuv qoidasiga amal qilish davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo`lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko`rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatni u yoki bu yo`ldan rivojlanishidagi o`rni va rolini to`g’ri aniqlashga olib keladi va muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimiz tarixini o`rganishda milliy qadriyatlar xalq an‘analari va urf-odatlari, din, islom dini tarixini, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, ularni yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo`lib, hurmat qilish, e‘zozlash nuqtai nazaridan yondoshmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan ma‘naviy madaniyatini, axloqiy mezonlarini ikkiga-ekspluatatorlik madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqqa bo`lish va birinchisini qoralashdan iborat lenincha yo`riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko`rsatdi. Ma‘naviy merosga bunday yondoshuv ma‘naviy qashshoqlanishga, milliy qadriyatlarning, urf- odatlarning oyoqosti qilinishiga, ko`pgina olimlarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak. Tarixni o`rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik qoidalar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy - qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar 8 o`tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham keng foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo'lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo'lgan barcha hodisalarni o'zida mujassam etadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo'yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo'lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo'lga kiritish yo'llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy omillarini o'rganish va milliy g'oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim. 2007-yil 30-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining Mustaqillikning 16 yilligiga bag'ishlangan qo'shma majlisida Birinchi Prezident I.A.Karimov «O'zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo'li mavzusida ma'ruza qildi. Unda O'zbekiston mustaqilligi tasodifiy hodisa emasligi, u o'ziga xos kurashlar, ziddiyatlar, iztiroblar bilan birga juda katta tarixiy yutuq ekanligini alohida ta'kidladi. Shu bilan birga ushbu davr fanda butun ko'lami va salmog'i bilan yetarli darajada o'rganilmaganligini alohida ta'kidladi va «mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo'lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o'zligimizni anglash va toptalgan milliy g'ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo'lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko'z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo'qligini afsus bilan aytishga to'g'ri keladi» - dedi. Mustaqillik davrining xalq, millat va mamlakat taqdiridagi buyuk voqelik, noyob qadriyat ekanligi xususidagi fikrlarini davom ettirib, birinchi Prezident I. Karimov «Oʻzbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko'zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak bo'lsa, istiqlol o'zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani - bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham oʻzining dolzarbligi va ahamiyatini yo'qotmaganini qayd etishimiz zarur», degan talablarni qat'iy qilib qo'ydi. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta'sir o'tkazadi, milliy g'oyaning shakllanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog'li o'rganish, undan saboq chiqarish bilan bogʻliq. Ulug' allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da'vat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag'batlantiradi. Zotan, uning ulug murabbiylik, tarbiyachilik, yo'naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda. Xullas, “Oʼzbekistonning eng yangi tarixi” oʼquv fani ana shu tarixiy jarayonlarni to'laroq qamrab olish, uni jamlash, ma'lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni iloji 9 boricha ko'proq o'rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darhaqiqat, mustaqillik davrida o'tgan kunlarimiz alohida o'rganishni, tadqiq etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda. Buning o'ziga xos asoslari bor. Birinchidan, O'zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida o'ziga xos nufuzga ega bo'ldi. U o'zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko'rsata oldi. Ikkinchidan, eng og'ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o'tish davrining o'ziga xos murakkabliklari mavjud bo'lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini ko'rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g'oyalar ta'sirida bo'lgan aholining talab-ehtiyojlarini o'z vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat'iyatlilikni talab etadi. O'zbekiston hukumati xuddi ana shunday qat'iyatni ko'rsata bildi. Uchinchidan, bozor munosabatlariga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo'lgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta'minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub islohotlaming Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqori baholandi va to'la tan olindi. To'rtinchidan, xorijiy investitsiyani jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o'zgartirish, uni jahonning eng ilg'or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo'li tutildi. Bu O'zbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o'tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o'rtasida eng to'g'ri yo`l tanlaganini ko'rsatdi. Beshinchidan, O'zbekiston hukumatining islohchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an'analari bilan uyg'un holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir), «Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli, dono va, albatta, baxtli bo'lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu- istagi, umid va intilishlari bilan uyg'un holda dunyoga keldi. Bugungi kunda O'zbekistonning tom ma'noda ma'naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg'unligi natijasidir. O'zbekiston umumbashariy o'zgarishlar jarayonlari oqimida o'zining betakror ijtimoiy- siyosiy, ma'naviy yangilanishlari dasturiga ega bo'lgan mamlakat sifatida o'ziga xos va o'ziga mos mavqeni egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta'sir o'tkazishga qodir bo'lgan davlat sifatida o'zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko'lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. O'zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo'ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni baholash, tahlil etish, hamda ilmiynazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish O'zbekistondagi yangilanishlar rivoji o'ziga xos kechayotganligini ifoda 10 etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg'unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart- sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da'vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlariboshlanishiga nazariy poydevor qo'yildi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma'naviyati dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o'zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog'li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo'lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta'sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi. Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, oʻtish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o'mi yana ham yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Chunki, bu paytda ma'lum bir siyosiy tartibot ham, siyosiy qatlam ham, jamiyatni yo'naltiradigan oqim ham shakllanmagan, qarashlar bir o'zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo'lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o'z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. O'zining iymone'tiqodini, taqdirini u bilan bog'laydi. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o'tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan bog'lanib ketgan. Davlat arbobining siyosiy qiyofasi o'tish davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o'rnashgan bo'ladi. Demak, mustaqillik davri tarixini o'rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Birinchi Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy bog'langanligini yaqqol ko'ramiz va uni sahifalarga aynan ko'chirishga intildik. Zotan, ana shu yillarda I.Karimov ismi sharifi bir shaxs nasl-nasabi doirasidan chiqib, ulkan ijtimoiy-siyosiy voqelik, millat mohiyatini o'zida mujassam etgan qadriyat maqomiga ega bo'ldi. Boshqacha qilib aytganda «O'zbekiston - Mustaqillik - Islom Karimov» atamalari yaxlit, bir-birini to'ldirib boradigan tushunchaga aylandi. Barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbekistonimizning ko‘p asrlik tarixi va keyingi 30 yillik rivojlanish davri, o‘z davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan taraqqiyoti bu haqiqatni yana bir bor yaqqol tasdiqlab berdi. Ana shu bunyodkorlik jarayonining qudratli va hal qiluvchi kuchi, hech shubhasiz, ko‘p millatli xalqimizdir. O‘zbek xalqining necha mingyillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga qodir, deb barilla aytishga to‘la asos beradi. Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini 11 aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag‘ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz. Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni har tomonlama chuqur o'rganish, ilmiy- nazariy jihatdan tadqiq etish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy g'oyani shakllantirish, yoshlarni tarixiy an'analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko'maklashadi. Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi”. Ushbu haqiqatni anglash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarurligi ta’kidlangan edi. Saboq beradigan, ogohlikka undaydigan va donolik bag‘ishlaydigan tarix bizlarni o‘sha dahshatli yillardan qanchalik uzoqlashtirgan sayin, urush haqidagi muqaddas tarixiy xotira shunchalik buyuk ma’naviy kuchga aylana boradi. Zero, o‘tmish xotirasiga ega bo‘lmagan, o‘z xalqining tarixiy tajribasidan mahrum kishi butunlay tarixiy istiqbolni his qilishdan ayrilib qoladi. Teran va dono bir hikmat bor, o‘z qahramonlarining xotirasini muqaddas bilib e’zozlovchi xalqgina buyuk bo‘lishga, buyukman deb da’vo qilishga munosibdir. Xalqimizni o‘z tarixi bilan qurollantirish ma’naviyat va milliy mafkurani shakllantirish sohasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifa ekanligi Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan mamlakatning tarixchi olimlari va jurnalistlari bilan o‘tkazilgan suhbat (1998 yil 26 iyun) hamda “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarda (1998) o‘z ifodasini topgan. Zero, “tarix xalq ma’naviyatining asosidir”. Binobarin, mustaqillik sharofati bilan falsafa. tarix, ayniqsa, Vatan tarixini o‘rganish, uning uslubiyatiga,“oq dog‘lari”ga doir masalalar faol muhokama etila boshlandi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganimizning ikkinchi yili Sharof Rashidovning nomi to‘la-to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi. Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovdek insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning 12 ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim. Tariximiz, eng avvalo o‘tgan buyuk siymolar xalq orasidan chiqqan shu omma taqdiri bilan hamnafas ajdodlarimiz hayot yo‘lida, ularning Vatan oldidagi benazir xizmatlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ana shu buyuk zotlarimizning bebaho merosi hamisha boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, o‘zbek millatining kelajagi buyuk davlat qurishda jahon ayvonida turib, o‘z iymoni, e’tiqodlari, ma’naviy ruhlari bilan qo‘llab-quvvatlab, olg‘a etaklaydi. Mustaqillik bergan buyuk ne’matlardan biri ham shundaki, millatimizni o‘tmishi kamida uch ming yilga borib taqaladigan haqqoniy tarix bilan qurollantirish hamda uzoq va yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk zotlarimizni hotirlab, ularning hurmatini bajo keltirish imkoniyatini berdi. Bu esa, yoshlarni ajdodlarga munosib avlodlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Millat o‘zligini qanchalik chuqur anglasa, o‘zining izzatini, qadr-qimmatini joyiga qo‘ysa, uni boshqalar ham ulug‘laydi, hurmat qiladi. Azaliy qadriyatlarimiz, islom diniga xos qoidalar, qadimiy an’ana va qadriyatlarga sodiq o‘zbek millati o‘zining insonparvarlik g‘oyalari bilan asrlar osha nom qozonib kelmoqda. O‘zbek millatining bugungi kunida yaqqol namoyon bo‘layotgan insonparvarligi keksa yoshdagi ulug‘ kishilarga hurmat, kichiklarga mehr-shafqat, izzat, muhtojlarga xayr-sahovat qilish, ota-ona izmida turish, qarindosh-urug‘ning, qo‘ni- qo‘shnining og‘irini engil qilib, tashvishu-quvonchlariga sherik bo‘lish kabi insoniylik fazilatlari behisobdir. Ana shu ezgu xislatlarga zid qarashlarni o‘zida shakllantirgan xudbinlar, millatfurushlar, xoinlar, qora niyatli kishilar oz bo‘lsa-da, uchraydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, millati uchun qayg‘urgan, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘xtonlardan himoya qilgan, o‘zbek xalqi boy madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda jonbozlik qilgan insonlarni, millat g‘ururiga aylangan insonlarni ulug‘lash, ularning nomlarini abadiylashtirish bugungi kundagi eng dolzarb masaladir. Hozirgi kunda ana shu noyob va mo‘‘tabar inson qoldirgan boy merosning qay darajada saqlanib, avaylanib kelinayotgani, uni har tomonlama o‘rganish, keng omma, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, jahon jamoatchiligiga targ‘ib etish borasida amaliy ishlar faol olib borilmoqda. Vatanimiz kelajagi bo‘lgan barkamol avlodni etishtirish uchun millatimizning har bir vakili o‘z farzandini milliy g‘oyamiz, qadriyatlarimiz, tilimiz, qadimiy tariximiz, madaniy boy o‘tmishimizda chuqur iz qoldirgan buyuk siymolarimizga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash bilan birga jahoniy o‘zigagina xos bo‘lgan insonparvarlik, baynalmilallik, samimiylik va bag‘rikenglik ruhida ham ta’lim va tarbiya berishimiz, bugungi kunda har qachongidan ham zarurroqdir. Dunyodagi har qanday millatning o‘zigagina xos milliy qiyofasini namoyish etadigan, belgilab turadigan xususiyatlari bo‘ladi: davlati, tili, dini, urf-odatlari, qadriyatlari, madaniyati, musiqasi, san’ati, mashhur shaxslari, ruhiyati, iftixor tuyg‘usi.. Nazarimizda milliy g‘oya tushunchasi millatga xos bo‘lgan, hozir sanab o‘tilgan xususiyatlar zaminida shakllanadi, muayyan bir qolipga tushadi, uning tarixini shakllantiradi. 13 Bugunga kelib dunyoda o‘ziga yarasha yuksak salohiyati, benazir nufuziga mos ravishda o‘rin egallayotgan mustaqil O‘zbekiston atalmish davlat bor ekan, bu yurtda ana shu nomga munosib millat yashamoqda. Bu yurtda uning ota-bobolari, avlod-ajdodlari, buyuk zotlari yashab o‘tgan. Dunyoda millatlar ko‘p, ular ichida buyuk tarixiy o‘tmishga ega bo‘lgan o‘zbek millati ham bor. Jahon ahli O‘zbekistonga qarab, bizning millat sifatidagi qiyofamizni, millatimizga xos bo‘lgan bag‘rikengligimizni ko‘radi. Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 27 mart kuni “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarorga imzo chekdi. Hamda mazkur yubiley tantanalari yuqori saviyada nishonlandi. Bu bilan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadr-qimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Shu munosabat bilan tarixni dohiylar emas, balki ongli va bunyodkor inson, xalq yaratishi haqidagi fikrlar yangicha mazmun va falsafiy ruh bilan bayon qilindi. Haqiqatdan ham, tarixni xalq yaratadi, uni yaratishda faol qatnashgan, xalq ruhida, ongida va qalbida o‘zlaridan chuqur va o‘chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar ham xalq farzandlaridir. Shu sababli tarixchi mutaxassislar ramziy ma’noda tarixni uni yaratgan va yaratayotgan xalqning tarjimai holiga qiyoslashadi. Shuning uchun ham qadimgi tarix, o‘rta asrlar tarixi, zamona tarixi kabi iboralar ishlatiladi. Bular yaxlit holatda Vatanimiz tarixini anglatadi. Ma’lumki, xalqimiz o‘zining ming yilliklar mobaynida shakllangan adolatparvar siyosati, ma’naviy barkamol milliy davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Xalq o‘z tarixini asosan o‘z davlatini qurishdan boshlab yaratishga kirishadi. Ma’lumki, turkiy tilli xalq o‘z tarixida ko‘plab buyuk va shavkatli saltanat qurgan xalqdir. Olis o‘tmishimizga nazar tashlab, uning butun borlig‘ini jamlab baholar ekanmiz xalqimizning voqealarga boy ko‘p ming yillik tarixi davomida ko‘p sinovlarni boshidan kechirganligi, madaniyat, ilm-fan, o‘z davlatchiligi yutuqlaridan bahra olganligiga amn bo‘lamiz. SHu bilan birga, tarixning o‘yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog‘ tushira olmaganligini teran anglaymiz. Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan- yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirdi. Shuningdek, o‘tmishdagi buyuk zotlarimiz, Vatanni bosqinchilardan himoya qilgan, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur vasiyatlari va o‘gitlarini hamda qoldirgan ulkan ma’naviy merosidan o‘rnak va ibrat olishga hamda tariximizni haqqoniy o‘rganishga, unga munosib baho berishga imkon yaratildi. 14 Bu imkoniyat tufayli mamlakatimizda buyuk zotlarning tavallud to‘ylari har yili keng nishonlanib kelinmoqda. Darhaqiqat, buyuk zotlarni chuqur anglash, o‘rganish asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda voyaga etayotgan kelajagimiz bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz. Inson xotira bilan tirik, qadri bilan ulug‘.Osmonimiz musaffoligi, el yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida fashizmga qarshi mardlarcha kurashib, Vataniga, xalqiga, Harbiy qasamyodiga sodiq qolib mardlik namunalarini ko‘rsatgan Vatan fidoyilari xotirasini yod etib, ezgu ishlarni davom ettirish xalqimizga xos fazilatdir. Mard va jasur ota-bobolarimiz dunyodagi ezgu niyatli xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Ularning so‘nmas jasorati mana, 77 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.Mard va jasur ota-bobolarimiz dunyodagi ezgu niyatli xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Ularning so‘nmas jasorati mana, 77 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash, Ikkinchi jahon urushi va mehnat frontida ishtirok etgan mo‘tabar faxriylarimizga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yosh avlod ongida eng katta, bebaho boylik – tinchlikni asrab-avaylash hissini qaror toptirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish hamda barcha faxriylarga hurmat ko‘rsatish zarurligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida ta’kidlanib, “Vatandoshlarimizning urush yillarida jang maydonlarida ko‘rsatgan jasorati, front ortidagi fidokorona mehnati, mamlakatimiz yoshlari uchun mardlik, matonat va olijanoblik hamda Vatanga muhabbat fazilatlarining yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi”, dedi. Zero, fashizm ustidan erishilgan ulug‘ G‘alaba, eng avvalo, ona- Vatan muhofazasiga bardosh bera oladigan muqaddas va yengilmas kuchning tantanasi bo‘lib, u osonlik bilan qo‘lga kiritilgan emas. U millionlab begunoh insonlarning yostig‘ini quritdi. Bugun yoshlarga o‘tgan urushning saboqlaridan xulosa chiqarib, uning butun azobu-uqubatlari, dahshatu mashaqqatlari haqida gapirib berish kerak. Toki, ular tinchlik naqadar bebaho ne’mat ekanligini, el-yurt tinchligi, sarhadlarimiz dahlsizligi yo‘lida kuyib, yonib yashash kerakligini, mardlik namunalarini ko‘rsatgan Vatan fidoyilari xotirasini yod etib, ezgu ishlarni davom ettirish muqaddas burch ekanligini yaxshiroq va teranroq anglab yetsinlar. Buyuk ajdodlarimizni teran anglash, chuqur o‘rganish asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yangidan yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda kelajagi porloq bo‘lgan yoshlarga ibrat va namuna sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga astoydil undaymiz. Asrlar osha, dovonlar osha kelayotgan 15 bu ma’naviy boylikning umri boqiydir. Bag‘rikeng xalqimizning qadriyatlari – tinchlik, ma’rifat, yuksak ahloq-odob ifodachisi sifatida vaqtlar o‘tgan sayin, zamonlar kechgan sayin yulduzdek yarqirab, chiroy ochaveradi, kelajagi buyuk bo‘lgan yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda muhim omil sifatida xizmat qilaveradi. Bu haqiqatni chuqur anglagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga qodir”.Zero, ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Shu bois, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling