Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
dеhqonlar kabi. Dеhqonlar bu podshochalarni kashovarzlar va qaram kishilardan bo’lgan
kadivarlar, yaxshi ta'lim olgan harbiy drujinalar — chokarlari bilan quvvatlab turganlar. Dunyoning boshqa qitalaridan farqli o’laroq O’rta Osiyo hududidagi fеodalizmning o`ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda chеklanmagan mustabid sharqona ko`rinishdagi markazlashgan kuchli hokimiyatga intilish ustivorlik ahamiyat kasb etgan. Kushonlar zamoni kabi eftaliylar davrida ham davlat yakka hukumdor tomonidan boshqarilgan. Xitoy manbalariga ko’ra taxt otadan bolaga qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Vizantiyalik Prokopiy (VI asr) “Eftaliylar davlatni qonunlar asosida boshqaradilar” deb yozadi. Markaziy hokimiyat mamlakatni noiblar orqali idora etgan. Eftalitlar davlatining poytaxti haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Taxminiy fikrlarga ko’ra, bunday markaz Boykent (Poykand) yoki Balx bo’lgan deyiladi. Eftaliylar davrida quldorlik munosabatlari o’rniga yerga egalik qilish tartibida yangicha munosabatlar paydo bo’ldi. Yangi yer egaligi munosabatlarining tarkib topishi natijasida aholi orasida sinfiy tabaqalanish kuchaygan. Sug’orilgan yer maydonlarining katta qismi mulkdor zodag’on tabaqa vakillari qo’lida to’plangan. Ular «dehqonlar» deb atalgan. “Dehqon” so’zi “deh”- qishloq, “qon”-xo’jayin, ya‘ni qishloq xo’jayini degan ma‘noni bildiradi. Yerga egalik munosabatlarining shakllanishi jarayonida qishloqda o’ziga xos sinfiy tabaqalanish sodir bo’ldi. Dehqon, ya‘ni yer egasi butun bir qishloqqa, ekin yerlariga xo’jayin bo’lib, qishloqning yersiz, nochor mehnatkashlarini o’ziga bo’ysundirib olganlar. Bu toifadagi aholi, ya‘ni dehqonga qul kabi qaram bo’lgan, ularning yerlarida ishlashga majbur bo’lgan qishloq jamoasining erkin qo’shchilari “kadivarlar” yani ijaradorlar deb atalgan. Undan tashqari, sug’oriladigan yerlarning bir qismi (dehqonlarga tobe bo’lmagan) qishloq jamoasi ixtiyorida bo’lib, bu jamoa a‘zolari “kashovarzlar” deb atalardi. Qishloqning ozod aholisi hisoblangan kashovarzlarning mehnat unumi kadivarlarnikiga qaraganda ancha yuqori bo’lgan. Jamiyatda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlagan bo’lsa-da, qul mehnatidan foydalanish davom etgan. Bu davrda zodag’onlar zulmiga qarshi, adolat va haqqoniyat uchun xalq g’alayonlari yo’zaga keldi. VI asrning birinchi choragida yuz bergan xalq haraqatlaridan biri Mazdak qo’zg’olonidir. Qo’zg’olonning g’oyaviy asosini zardo’shtiylik mafkurasi tashkil etgan. Mazdakiylar ilgari surgan g’oya bo’yicha barcha kishilar bu dunyo ne’matlaridan barobar foydalanishlari lozim bo’lgan. Shu bois ular “z” harfi bilan boshlanuvchi to’rt narsa aholi o’rtasida teng taqsimlanishini talab qildilar: zamin(yer), zar(oltin), zo’r(hokimiyat), zan(xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu talablardan shuni aniqlash 28 mumkin, ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o’ringa qo’yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o’rtasida barovar taqsimlash talabini ilgari surganlar. Lekin o’sha davrda, sinfiy tabaqalanish kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik g’oyalarining tantana qilishi amri mahol edi. Shu sababli ham Mazdak qo’zg’oloni tez orada hukmronlar kuchlari tomonidan bostirildi. Mazdak qo’zg’oloni bostirilib, oradan qariyb yarim asr o’tgach, Buxoroda Abruy boshchiligida yana shunday xalq harakati ko’tarildi, lekin u ham bostirildi va zodag’on dehqonlarning kadivarlar ustidan hukmronligi yanada mustahkamlandi. Eftaliylar davlаtiga birlashgan aholining bir qismi ko’chmanchi chorvadorlar bo’lsa, ikkinchi kattaroq qismi shahar va qishloqlarda yashovchi o’troq aholi edi. Uning aholisi asosan ziroatchilik bilan shug’ullanardi. Tohariston va Cug’d rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilikning markazi hisoblangan bo’lsa, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylari g’alla hamda sholichilik rivoj topdi. Bu davrda Markaziy Osiyo yerlarida paxta ham ekilgan. Chorvadorlik va hunarmandchilik ham rivoj topgan. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling