Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Turk hogonligining vujudga kelishi va uning O`rta Osiyo hududini egallashi. Turk


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Turk hogonligining vujudga kelishi va uning O`rta Osiyo hududini egallashi. Turk 
hoqonligi davrida mamlakatni idora etish usuli. 
VI asr O’rtalariga kelib Markaziy Osiyoda yirik ko‘chmanchi davlat – Turk xoqonligi tarkib 
topdi. Turk atamasi etnik mazmunni anglatmay bir necha qabila va xalqlar birlashuvini 
bildiruvchi siyosiy atama sanaladi. «Turkiy» so‘zi «yosh», «uylanmagan jangchi» ma`nosini 
bildiradi.
VI asrning 2-yarmida Oltoydagi turkiy xalqlar Yettisuv xalqlari bilan Turk xoqonligiga 
birlashgan. Xoqonlikni ilk bor aka-uka Ilixon, Bumin va Istemilar boshqargan. Xoqonlik 
markazi Oltoy edi. 560-570 yillarda xoqonlik kuch kudratli davlatga aylandi. Bu davrda turklar 
Xitoyga bir necha bor xarbiy yurishlar qilgan.
580 yillarda xoqonlik 2 qismga Sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linib ketadi. 630 yildan 
g‘arbiy turk xoqonligi yo’qola boshlaydi. Uning chegaralari Xind daryosi qirg‘oqlarigacha 
borgan. 660 yilda turklar ma`lum muddat Xitoyliklarga tobe` bo‘lib qolgan, biroq bu uzoq 
davom etmadi. VI asr oxirida O’rta Osiyoda xoqonlikni tiklash uchun harakat boshlandi. Biroq 
bu vaqtda g‘arbdan arablar bostirib kirdi.
Turk xoqonligiga birlashgan xalqlar taraqqiyotining turli bosqichini boshdan kechirmoqda 
edi. Xoqonlikdagi xalqlar o‘troq zamindorlar va ko‘chmanchi chorvadorlardan iborat bo’lgan. 
Turk xoqonligida davlat boshqaruvi urug‘-aymoqchilik an`analariga asoslangan edi. Yuqori 
lavozimlar xoqonning aka-ukalari, qarindosh-urug‘lari o’rtasida taqsimlangan. V-VI asrlarda 
qishloq, shaharlarda zodagonlarning iqtisodiy va siyosiy hokimiyati kuchayib borgan. 
Ko‘chmanchi turklar bu paytda urug’ jamoatchiligidan quldorlik tuzumiga o‘tish davrida edi. 
Jamoani «xoqon» va «Qurultoy» -ayyonlar kengashi boshqargan.
G‘arbiy turk xoqonligi markazlashgan davlat emas edi. U o‘nlab turkiy qabilalardan tashkil 
topgan va ularni alohida xonlar idora qilgan. Bu paytda Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo 
bo‘yiga 9 ta mustaqil hokimlik bo’lgan. Buxoro vohasi ham bir nechta mustaqil hokimlikka 
bo‘lingan. 
VI asrning o’rtalaridan Markaziy Osiyo hududi Turk xoqonligi tarkibida bo’lgan. 
Turklarning kelib chiqishi haqida bir qator tarixiy yozma manbalar borligini qayd etish mumkin. 
Bular orasida O’rxun-Yenisey yozuvlari, Xitoyning tarixiy manbalari, vizantiyalik va suriyalik 


29 
tarixchilarning asarlari bor. O’lkamiz allomalari Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy 
asarlarida ham turkiy zabon qabila, elatlar yuzasidan qimmatli ma‘lumotlarni uchratamiz. 
Tarixiy yozma manbalardan tashqari umumturkiy xalq og’zaki ijodi namunalari “Alpomish”, 
“Go’rug’li”, “Manas” kabi xalq dostonlari, O’rta asrlarda yashab, ijod qilgan Mahmud 
Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar asarlarida turkiy madaniyat
adabiyot, tarix to’g’risida turli qimmatli ma‘lumotlar keltirilgan. YI asrning o’rtalariga kelib 
Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabilalar va xalqlar birlashib Turk xoqonligini 
tashkil qildilar. Turklarning Ashin urug’idan bo’lgan Bumin 551-yilda Markaziy Osiyodagi eng 
kuchli Jujanlar xonligini yengib, Turk xoqonligi davlatiga asos soldi. Davlat hukmdori - xoqon 
(turkcha-qag’an) deb yuritilgan. Bu davlatning poytaxti Oltoydagi Utugan shahri edi. Bumin Ili 
daryosi bo’yida hukmdor bo’lgani uchun «Ilixon» degan unvonini olgan edi. Bumin o’z ukasi 
Istamiga «yabg’u» (bahodir) unvonini berib, xoqonlik hududini kengaytirishga kirishdi va 563-
567-yillar moboynida o’z qo’shinlari bilan eftaliylarga zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni 
hozirgi Markaziy Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlarni eg’allaydi.
581 yilda Turk xoqonligi ikki qismga – g’arbiy va sharqiy qismlarga bo’linib ketgan. 
Sharqiy xoqonlik tarkibiga Mo’g’uliston va Xitoy yerlari kirgan. G’arbiy Turk xoqonligiga 
Yettisuv, O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston hududlari qarar edi. Xoqonlik davrida Turonzaminda 
kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning tahlilidan ko’rinadiki, G’arbiy xoqonlikdagi 
aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi sharqiy yerlaridagiga nisbatan yuqori 
bo’lgan. Sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turklarda urug’-qabilachilik 
munosabatlari kuchli bo’lgan, aholining asosiy qismi chorvador ko’chmanchilar edi. G’arbiy 
xoqonlik aholilsining kattagina qismiga ega, o’troq dehqonchilik va savdo-sotiq bilan 
shug’ullangan. Mehnatkash aholisi tabaqasi “Budun” yoki “Qora budun” deb atalgan. Urug’-
qabilaning nomdor vakillari “beklar” deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodag’onlar kengashi-
“qurultoy” boshqargan. Katta patriarhal oilalar-xo’jaliklarning boshliqlari “Kadxudolar” deb 
atalgan. Bu davrda dehqonchilik, bog’dorchilik va uzumchilik sohalari yo’qsak darajada 
rivojlangan. O’lkaning Farg’ona, Xorazm va Zarafshon va Sug’d havzalari bunyod etilgan. 
Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Bu yerlarda 
oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbob-uskunalar yasash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Iloqda 
qo’rg’oshin, kumush, Keshda qizil tuz qazib olingan. Xoqonlik ikkiga bo’lingach, bizning 
o’lkamiz G’arbiy Turk xoqonligi tarkibida bo’lsada, VI asr o’rtalarida u birnecha mayda 
davlatlarga bo’linib ketgan. Manbalardan ma’lum bo’lishicha, bu hududda o’n beshdan ortiq 
mayda mahalliy hokimiyatlar mavjud bo’lgan. Jumladan, Farg’ona hukumatida hokimlarni 
ixshid deb atashgan; Iloq hukumatida (hozirgi Ohangaron vodiysi, poytaxti – Tunkat) – dehqon; 
Shosh (Chirchiq vodiysi, poytaxti – Binkent) – tudan, Usrushon (hozirgi O’ratepa, Zomin va 
Jizzax, markazi – Shohriston harobasi) – afshin; Samarqand (markazi – Samarqand) – ixshid; 
Dabusiya (Samarqand va Buxoro o’rtasidagi Miyoqal tumani, poytaxti – Ziyovuddin stantsiyasi 
yonidagi Dabusiya harobasi) – dabusshoh; Buxoro – buxorxudot; Vardana (hozirgi Shofrikon) – 
vardanxudod; Termiz – termizshoh; Chag’aniyon (Surhondaryo o’rta Oqimi) – Chag’anxudod; 
Xorazm (Xorazm vohasi, poytaxti – Shabboz qishlog’i yonidagi Kat shahri) – xorazmshoh deb 
ataganlar. Bulardan tashqari, Qashqadaryoda Kesh, Nasaf kabi mustaqil hukumatlar bo’lgan. 
Ularning hukmdorlari o’z atrofidagi dehqonlarga va harbiy chOkarlarga tayanib, o’zaro bir-


30 
birlari bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan.
Turk xoqonligi davrida shaharlar hayoti anchagina rivojlandi. Xitoy manbalarida tilga 
olingan Xorazm, Farg’ona, Sug’d, Chu vodiysida Tuproqqal‘a, Buxoro, Samarqand, Ishtixon
Shosh, Isfara, Qubo (Quva), Kesh kabi o’sha davrning hunarmandchilik va savdo-sotiq 
tarmoqlari gurkirab rivojlangan shaharlari bo’lgan. “Buyuk ipak yo’li” bu shaharlarning xalqaro 
savdoda faol ishtirok etishini ta‘minlagan.
Tarixiy manbalar xoqonlikda moddiy va ma‘naviy madaniyat o’z davriga nisbatan yo’qsak 
darajada bo’lganligini ko’rsatadi. Xalq sayillari orasida Navro’z juda katta tantanalar bilan 
o’tkazilgan. Turk xoqonligi xalqlari qadimiy yozma madaniyatga ega bo’lganlar. Xoqonlikda 
oromiy yozuvi, sug’d yozuvi, Xorazm yozuvi bilan bir qatorda “Turk-run yozuvi”, “Urxun-
Enasoy yozuvi”, “Ko’k-turk yozuvi” kabi yozuvlar qo’llanilgan. Turk xoqonligi haqida 
toshlardagi bitiklar ayniqsa qimmatli ma‘lumotlarni beradi. Qultegin bitiktoshi, Bilga xoqon 
bitiktoshi, To’n-Yuquq bitiktoshi singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatining 
qadimiyligi va rang-barangligidan darak beradi. Turk xoqonligida ko’p xudolik keng tarqalgan. 
Bu davrda aholi orasida animizm, otashparastlik, buddizm, nasroniylik va boshqa diniy 
qarashlar mavjud bo’lgan.

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling