Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti


Tohiriylar va Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/155
Sana15.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1678583
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155
Bog'liq
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)

Tohiriylar va Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson. 
Tohiriylar sulolasi, mazkur davr tarixi yuzasidan ta’kidlash joizki, tarixiy manbalar va 
keyingi davrdagi adabiyotlar soni ko‘p emas. Tarixiy manbalar orasida Ibn al-Asirning (1160-
1234) “Al-komil fit-tarix” kitobi Tohiriylar hukmronligi voqeligini nisbatan batafsil bayoni 
bilan ajralib turadi. Mazkur kitobda ayniqsa Tohiriylarning hukmronligi o‘rnatilishi masalasi 
bilan bog‘liq voqealar mufassal bayon etilgan. Ibn al-Asir o‘z asarida ko‘p holda at-Tabariyning 
“Tarixi ar-rusul va al muluk” asariga tayangan edi. XX asr tarixshunosligida tohiriylar 
hukmronligining u yoki bu jihatlari V.Bartold, S.Len-Pul, R.Fasmer, K.Bosvort asarlarida o‘z 
aksini topgan. Eron tarixchisi S.Nafisiyning “Tarixi xonadoni Tohiriy” (Tehron, 1956) asari shu 
yo‘nalishdagi tadqiqotlar ichida o‘z chuqur ko‘lami bilan ajralib turadi.
IX asrga kelib O‘rta Osiyo, xususan Movarounnahrda arab xalifaligiga qarshi olib borilgan 
kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bo‘lgan intilishlari kuchayib 
ketdi. Chunonchi, xalifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan edi.
Rofe ibn Lays qo‘zg‘olonini bostirish uchun yo‘l olgan xalifa Horun ar-Rashid 809 yilning 
mart oyida Xurosonning Tus shahrida vafot etdi. Xalifaning hokimiyatga da’vogar ikki o‘g‘li 
bo‘lib, katta o‘g‘il Abdulloh 798 yili Xuroson va xalifalik sharqiy yerlari hokimi etib 
tayinlangan edi. Abdulloh ona tomonidan kelib chiqishiga ko‘ra zodagonlarga borib taqalmagan. 
Shu bois ham xalifa uni kichik o‘g‘li Muhammaddan keyin voris bo‘lishini e’lon qilgan edi. 
Abdullohga “al-Ma’mun” (arabchasiga “omadli”, “iqboli baland”) faxrli taxallusi berilgan. 
Kichik o‘g‘il Muhammadga esa “al-Amin” (arabchasiga “ishonchli”, “sadoqatli”) taxallusi 
berilib, u Iroq, Suriya, Mag‘rib yerlari bilan chegaradosh yerlarning hokimi etib tayinlangan edi. 
Horun ar-Rashid vafot etgan vaqtda al-Ma’mun Xurosonning markaziy shahri Marvda, 
sobiq xalifaning buyrug‘iga ko‘ra yetib kelgan edi. Al-Aminning xalifa sifatida taxtga o‘tirishini 
(809-813) avval boshda Ma’mun berilgan va’dasiga ko‘ra xotirjamlik bilan qabul qildi. Lekin, 
tez orada al-Amin o‘z valiahdi sifatida o‘g‘li Musoning tayinlashi aka-ukalar o‘rtasidagi 
munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi. Tabiiyki, taxtga da’vogar bo‘lgan al-Ma’mun 


31 
yangi xalifaning bu qarorini qabul qila olmas edi. Garchi al-Amin tarafdorlari ko‘p bo‘lsa ham, 
uning sa’y-harakatlariga ko‘pchilik harbiylar norozilik bildirdilar. Samarqandda qo‘zg‘olon 
ko‘targan Rofe ibn Lays al-Ma’munning hokimiyat masalasida avval boshida tutgan 
vazminligini qadrlab, o‘z isyoniga chek qo‘ydi hamda undan uzr so‘rab keldi. Al-Ma’mun uni 
gvardiya boshlig‘i etib tayinladi. Musoning taxt merosxo‘ri etib tayinlanishiga javoban Ma’mun 
al-Aminning nomini barcha rasmiy marosimlardan chiqarib tashlab, u bilan choparlar 
almashuviga chek qo‘ydi. Ko‘plab Xuroson va Erondagi aslzodalar Ma’munni qo‘llab-
quvvatlay boshladilar.
Kelib chiqishi bo‘yicha Hirot yonidagi Bo‘shang shahri hokimi bo‘lgan Tohir ibn al-Husayn 
(Tohir ibn al-Husayn ibn Musa’b ibn Zurayk ibn Asad al-Huzayi) al-Ma’munni qo‘llagan holda 
unga xizmat qilishni boshladi. 811 yili Ray yaqinida Tohir ibn al-Husayn xalifa al-Aminning 
ishongan sarkardasi ibn Moxon (Ali ibn Iso ibn Moxon) boshchiligidagi qo‘shinni mag‘lub etdi. 
Ibn Moxon zulmidan aziyat chekkan aholi al-Ma’mun qo‘shinlari faoliyatini qo‘llab-
quvvatladilar. Tohir ibn al-Husayn janglarning birida o‘z shijoat va mardligini ko‘rsatib, ikki 
qo‘lda qilich bilan jang namunasini namoyon qilgan. Shu bois Tohir “Zul Yaminayn” 
(arabchasiga “ikki qo‘llab kurashuvchi”) faxriy taxallusiga sazovor bo‘lgan. Tohir ibn al-
Husayn al-Ma’munga sadoqat bilan xizmat qila borib, 813 yili Bag‘dodni egallashga muvaffaq 
bo‘ldi. Al-Amin qatl etilib, Ibn al-Asirning yozishiga ko‘ra uning boshi avval minora peshtoqiga 
ilib qo‘yilib, keyinchalik yangi xalifa al-Ma’mun ixtiyoriga barcha xalifalik rasmiy ashyolari 
bilan Tohir tomonidan jo‘natildi.
Yangi xalifa al-Ma’munni (813-833) barcha qonuniy hukmdor sifatida tan oldi. Lekin, 
Ma’mun o‘zaro nizolarni bartaraf qilish maqsadida 819 yilga qadar Marvdan turib hukmronlik
qildi va faqatgina 819 yildagina Bag‘dodga qaytib keldi. Al-Ma’mun Tohirning xizmatlarini 
inobatga olgan holda uni Bag‘dod shahri hamda al-Jazira (Mesopotamiyaning janubiy qismi) 
viloyatining hokimi etib tayinladi. Ta’kidlash joizki, Tohir ibn al-Husayn butun xalifalik 
hayotida katta rol o‘ynovchi shaxs bo‘lib qoldi. Al-Ma’mun Bag‘dodga qaytib kelgach, o‘z 
hokimiyatidan xavfsirab, Tohirni poytaxtdan chetlatishga qaror qildi. Ibn al-Asirning yozishiga 
ko‘ra, xalifa o‘ziga sadoqat bilan xizmat qilgan Tohirni inisi al-Aminni bir paytlar 
o‘ldirganligini bahona qilib (holbuki buni al-Ma’munni o‘zi buyurgan edi), qolaversa uni 
“makkor shaxs” deya atab, 821 yili Xurosonga hokim etib tayinladi. Shu davrda Movarounnahr 
hududi ham Xuroson tarkibiga kirar edi.
Xurosonga hokim bo‘lib kelgan Tohir ibn al-Husayn xalifalik bilan munosabatlarini cheklay 
boshladi. Juma namozida xalifani oliy hukmdor sifatida tilga ham olmay qo‘ydi. Bu xalifa 
hokimiyatini aniq tan olmasligidan dalolat berar edi. Shu tariqa Eron, Xuroson, Movarounnahr 
va unga tutash yerlarda yangi Tohiriylar (821-873) sulosasi hukmronligi yuzaga keldi. Xalifalik 
siyosatidan norozi ko‘plab mahalliy zodagonlar yangi sulolani qo‘llab-quvvatlay boshladilar. 
Tohirning olib borayotgan ichki va tashqi siyosati xalifaga tabiiyki, maqbul bo‘lmadi. 822 yili 
Tohir ibn al-Husayn o‘z yotoqxonasidan o‘lik holda topildi. Shubhasiz, uning o‘limida 
xalifaning qo‘li bor edi.
Tohirning o‘limidan so‘ng tez orada uning o‘rniga o‘g‘li Talha ibn Tohir (822-830 y.) noib 
etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan 
arablarga qarshi qo‘zg‘olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim 


32 
vazifalaridan biri esa o‘ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bo‘lgan. Xususan, 
Tohir dastlabki somoniylar vakillarini Samarqand, Ustrushona, Farg‘ona va Shoshga hokim 
qilib tayinlagan. 
Talxadan keyin taxtga o‘tirgan Abdulloh ibn Tohir (830-844) o‘zigacha bo‘lgan noiblar 
siyosatini davom ettirdi. Tohirning mustaqillik tomon siyosatini keyinchalik uning vorislaridan 
Abdulloh davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, 
Ko‘histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma’muriy birliklarga 
bo‘lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bo‘lgan. Abdulloh o‘z hokimiyatini 
mustahkamlash maqsadida ayrim harbiy islohotlar o‘tkazgan. Bundan tashqari Tohiriylar 
yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim 
ma’lumotlarga ko‘ra, Tohiriylar davrida O‘rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini keng 
tarqaladi. 
Manbalarda Tohiriylarning islomlashtirish siyosatida qat’iyat bilan turganliklari qayd 
etiladi. Ular huquqiy munosabatlarni islom peshvolariga tayangan holda rivojlantirganlar. 
Shuning uchun ham Tohiriylar islom dinini xalq orasida keng yoyish siyosatini davom ettirib, 
islom ruhoniylarini asosiy tayanch deb bilganlar. Talha ibn Toxir davrida zardo‘shtiylik dini 
saqlanib qolgan Ustrushonada ham islom dini qabul qildirilgan. 
Mustahkam tartib saqlanishini xohlagan Abdulloh ibn Tohir o‘ziga qarshi har qanday 
harakat yoki qo‘zg‘olonning oldini olishning eng muhim usuli – soliq yig‘uvchilarning 
suiste’molliklariga yo‘l qo‘ymaslikda deb hisoblar edi. U turli soliqlarning miqdorini 
kamaytirmagan bo‘lsa-da, soliqlar yig‘ishda turli jinoiy ishga qo‘l urganlarni jazolar edi. Amal 
va mansab egalarining o‘zboshimchaligini oldini olish va davlat xazinasiga ziyon yetkazmaslik 
maqsadida Abdulloh o‘z qo‘l ostidagi o‘ziga sodiq kishilar orasidan ayg‘oqchilar tanlab, 
ularning xizmatidan foydalanar edi. Bunday maxfiy shaxslar joylarda hukmdorlarning yurish-
turishi, har bir mansabdorning Abdulloh oldidagi majburiyatlarini qay darajada bajarishlari 
xususida noibga xabar yetkazib turishgan. Uning davrida poytaxt Marvdan Nishopurga 
ko‘chirildi. 
Tohiriylar davlati ko‘p sonli bilimdon amaldorlarga muhtoj edi. Shu bois Abdulloh ibn 
Tohir aholining barcha qatlamlari ma’lumot olishini ta’minlashga harakat qildi. Manbalarning 
ma’lumot berishicha, Abdulloh otasi Tohir singari shoir ham bo‘lgan. Abdullohning Marv, 
Amul va Xorazmni boshqarib turgan jiyani Mansur o‘zining falsafiy asarlari bilan mashhur 
bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, Abdullohning o‘g‘li Tohir II (844-862) ham otasidan o‘rnak olishga 
harakat qilgan. 
Umuman, Abdulloh va Tohir II hukmronliklari davri mahalliy madaniyatning qayta 
tiklanish davri bo‘ldi. Ammo, bu murakkab va qiyin jarayon edi. Gap shundaki, Tohiriylar 
sulolasi vakillarining o‘zlari, xususan, Abdulloh ibn Tohir o‘zining arab madaniyatiga 
hayrihoxligini ta’kidlar edi. Shunga qaramasdan bizga qadar yetib kelgan ayrim yozma 
manbalar va moddiy ashyolar mahalliy madaniyat rivojidan dalolat beradi. 
Shu tariqa Yoqub Seyistonning hokimi bo‘lib oladi hamda 10 yil davomida Toxiriylarning 
so‘nggi hukmdori Muhammad ibn Tohir (862-873) egallab turgan xalifalikning sharqiy 
viloyatlarini ulardan tortib oladi. 873 yilda Yoqub Tohiriylar qo‘shinlarini tor-mor etib, 


33 
Xurosonning poytaxti Nishopur shahrini egallaydi. Shu bilan Movarounnahr va Xurosondagi 
Tohiriylar hukmronligiga barham beriladi. 
Bag‘doddagi xalifalik hokimiyati Yoqubning muvaffaqiyatlaridan anchagina xavotirga 
tushib, unga qarshi bir qator choralar ko‘rgan bo‘lsada, bu harakatlar natijasiz tugadi. 874 yilda 
xalifa bo‘lib o‘tgan voqealarni tan olib, Yoqubni Xuroson va Movarounnahrga noib etib 
tayinlashga majbur bo‘ladi. 
876 yilda Yoqub ibn Lays xalifa hokimiyatini egallash maqsadida Bag‘dodga qo‘shin 
tortadi. Bag‘doddan 100 km uzoqlikdagi Dar al-Akul degan joyda Yoqub va xalifa qo‘shinlari 
to‘qnashib, Yoqub mag‘lubiyatga uchraydi. Ushbu muvaffaqiyatsiz yurishdan so‘ng uch yil 
o‘tgach Yoqub ibn Lays vafot etadi va uning o‘rnini ukasi Amr ibn Lays (879-900) egallaydi. 
Amr ibn Lays xalifaga o‘z vassalligini bildirganidan so‘ng, Movarounnahr va Xurosonni 
boshqarish huquqini beruvchi yorliq oladi. Ammo, Tohiriylarda bo‘lgani kabi Safforiylar ham 
amalda xalifalikdan mustaqil siyosat olib borganlar.
Safforiylar asosan mayda va o‘rta hol yer egalariga suyangan holda davlatni idora qildilar. 
Ular xalqdan olinadigan soliq miqdorini o‘zgartirmadilar. Shuning uchun ham keng xalq 
ommasi ularni qo‘llab quvvatlamadi. Safforiylar diniy-ma’naviy hayotda aksariyat ayirmachilik 
yo‘lini olib bordilar.
IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar sulolasi 
yuzaga keldi. Bu sulolaga Somon qishlog‘i (manbalarda – Balx yaqinida, Samarqand 
atroflarida, Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos soladilar. Yirik yer egasi 
bo‘lgan Somonxudot Ma’mun Xuroson noibligi davrida uning xizmatiga o‘tib tez orada 
e’tiborga tushadi. Somonxudotning o‘g‘li Asad hamda nevaralari ham Ma’mun saroyida xizmat 
qilishgan. Shaxsan Ma’munning buyrug‘i bilan Asadning o‘g‘illari 820 yilda turli viloyatlarga 
noib etib tayinlandi. Xususan, Nuh Samarqandni, Ahmad Farg‘onani, Yahyo Shosh va 
Ustrushonani, Ilyos Hirotni boshqara boshlaydilar. 
Dastavval, Asadning katta o‘g‘li Nuh ukalari mulklarini birlashtirib, xalifalikdan mustaqil 
davlat barpo etish harakatini boshladi. Chunki, Nuhning nomidan tangalar zarb etilgani ma’lum, 
Nuh vafotidan so‘ng ukasi Ahmad uning ishlarini davom ettirib asta-sekin Mavorounnahrni 
Somoniylar sulolasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu 
harakatlariga qarshilik ko‘rsata olmadilar. 865 yilda Ahmad vafot etgach, ko‘pchilik Somoniylar 
tomonidan sulola boshlig‘i sifatida Ahmadning o‘g‘li Nasr tan olinadi. 
873 yilda Buxoro shahri va uning atroflarini Tohiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn 
Tohir egallab olib, ushbu hududlarga soliqlar soldi. Bundan g‘azablangan xalq Muhammadga 
qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi. 874 yilda Muhammad ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir 
paytda Buxoro zodagonlari Nasrdan Buxoroga noib yuborishni iltimos qiladilar. Nasr Buxoroga 
Ismoil ibn Ahmadni (849-907) hokim qilib jo‘natadi. Nasr Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. 
Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga 
yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi hamda akasiga tobe bo‘lishni istamadi. Natijada 886 
yilda aka-ukalar o‘rtasida birinchi to‘qnashuv bo‘lib, Ismoil yengildi va u vaqtincha Buxoro 
noibligidan tushirildi. 888 yildagi ikkinchi jangda Ismoil Nasr qo‘shinlarini tor-mor etishga 
muvaffaq bo‘ldi. Garchi bu kurashda Nasr yengilsada, uning sulola boshlig‘i sifatidagi mavqei 
saqlab qolindi. Nasr o‘limiga qadar bu holat davom etdi. 893 yilda Nasr vafot etgach, Ismoil 


34 
Movarounnahrning to‘laqonli hukmdori bo‘lib qoldi. Poytaxt tez orada Samarqanddan 
Buxoroga ko‘chirildi. Ismoil Somoniy 893 yilda ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortib dastlab 
Tarozni, keyin esa Ustrushonani egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Bag‘dod xalifasi al-Mu’tadid (892-902 yy.) Ismoilning qudrati oshib ketayotganidan 
sarosimaga tushib 898 yilda Movarounnahr noibligidan Ismoilni tushirib uning o‘rniga safforiy 
Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Movarounnahr noibligi 
to‘g‘risidagi yorliqni olgach Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortdi. 900 yilda Balx 
atrofida Ismoil Safforiylar qo‘shinlarini tor-mor etdi. Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, 
Ismoilni nafaqat Buxorodan, balki Xorazm va Farg‘onadan ham kelgan harbiy kuchlar qo‘llab-
quvvatlagan edilar. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Ismoil bu jangda Buxoro 
hunarmandlari va oddiy xalqning qo‘liga qurol berib o‘z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. 
Keng xalq ommasining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Ismoil Somoniy arab bosqinidan keyin 
birinchi bo‘lib o‘zaro janjallar domiga tortilgan, bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani 
qudratli va mustaqil davlatga aylantirish yo‘lini tutdi. Shu tariqa Ismoil Movarounnahr va 
Xuroson, Eronning qator sharqiy va shimoliy viloyatlarini o‘z ichiga oluvchi yirik davlatga asos 
soldi va bu hududlarda Arab xalifaligi hukmronligiga asosan chek qo‘yildi. 907 yilda Ismoil 
Somoniy vafot etib taxtni uning o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egalladi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik 
qilmadi (907-914 yy.). Uning davrida davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi
boshqaruvdagi ba’zi salbiy holatlar ko‘pgina mahalliy zodagonlar va turk g‘ulomlarining 
noroziligini uyg‘otdi. 
Natijada, u 914 yilda turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirilib, taxtga uning 8 yoshli o‘g‘li 
Nasr ibn Ahmad o‘tirdi va u balog‘atga yetgunga qadar davlat ishlarini bosh vazir Abdulloh 
Jayhoniy boshqardi. 
914 yil oxirida Samarqandda yana qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Davlatning janubiy hududlarida 
bo‘lgan Husayn ibn Ali Marvaziy rahbarligidagi isyon ayniqsa keskin tus oldi. Bu qo‘zg‘olon 
qarmatlar g‘oyasi bayrog‘i ostida bo‘lib o‘tdi. Qo‘zg‘olon 918 yilda bostirilib Marvaziy asir 
olindi. Ko‘p o‘tmay Nasrning qarindoshi Ahmad ibn Nuh hokimiyatga qarshi bosh ko‘tardi. 922 
yilda esa Ilyos ibn Ishoh qo‘zg‘olon ko‘tardi. Tinmay davom etgan qo‘zg‘olon va isyonlar 
Somoniylar davlatining qudratiga ta’sir ko‘rsatib, u asta-sekinlik bilan inqirozga yuz tuta 
boshladi. 
Ta’kidlash lozimki, Nasr ibn Ahmad hukmronligi davrida Somoniylar davlati hududlarida 
karmatlar diniy harakati ancha keskin tus oldi. Karmatlar islomni yoyilishi, yer egaligi 
munosabatlarini kuchayishiga qarshi chiqdilar va ilgarigi an’analari qishloq jamoalarini qayta 
tiklash g‘oyalarini yoqlab chiqqan edilar. Mazur harakat mamlakatda ma’lum notinchliklarga 
sabab ham bo‘ldi. 943 yilda taxtga o‘tirgan Nasrning o‘g‘li Nuh karmatlarga qarshi shafqatsiz 
kurash olib bordi. Ularning mol-mulklarini musodara qildi.
Nuh hukmronligi davrida (943-954) Somoniylar davlatining inqirozi yaqqol ko‘zga 
tashlana boshladi. Bo‘shab qolgan xazinani to‘ldirish maqsadida Nuh soliqlar miqdorini 
ko‘paytirdi. Bu esa tabiiyki xalq noroziligini yanada oshirdi. Xalq noroziligidan foydalangan 
Nuhning amakisi Ibrohim ibn Ahmad Xuroson noibi Abu Ali Chag‘oniy yordamida vaqtincha 
Buxoro taxtini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. Abu Ali Chag‘oniy Xurosonga qaytgach Nuh 


35 
yana Buxoro taxtiga qaytdi va isyonkor qarindoshlarini qattiq jazoladi. Somoniylarning Abu Ali 
Chag‘oniy bilan kurashi keyingi yillarda ham davom etdi. 
Abdulmalik I hukmronligi davrida (954-976) ichki nizo va parokandalik kuchayib, turkiy 
gvardiya boshlig‘i Alp Taginning hokimiyat boshqaruvidagi o‘rni o‘sib ketdi. Soliqlarning yil 
sayin ko‘payib borishi, zodagonlarning o‘zaro janjallari, noiblarning markazga bo‘ysunmay 
qo‘yishi va saroyda bo‘layotgan taxt uchun kurashlar Somoniylar davlatini juda zaiflashtirib 
yubordi.
Bu kurashlar ayniqsa Amir Nuh II (976-997 yy.) hukmronligi davrida keskin tus oldi. Ichki 
nizolar oqibatida Nuh II Yettisuv va Qoshg‘arda vujudga kelgan Qoraxoniylar davlatining 
Movarounnahrga qilgan yurishlariga keskin qarshilik qilolmadi. Somoniylar davlatidagi 
beqarorlikdan foydalangan qoraxoniy Horun Bug‘roxon 990 yilda G‘arb tomon qo‘shin tortdi va 
ikki yil davomida Somoniylarga qarashli bir qancha viloyatlarni bosib oldi. Shundan so‘ng 
Somoniylar davlati o‘z mavqeini tiklay olmadi. Somoniy hukmdorlarini Qoraxoniylar bilan olib 
borgan kurashi mamlakatni holdan toydirdi.
Mansur II hukmronligi (997-999) davri ham yuqorida qayd qilingan tanazzul holatidan 
farqli kechmadi. Sulton Mahmud G‘aznaviyning janubdan rasman somoniylarga qarashli 
Xuroson o‘lkasiga tahdidi, qoraxoniylarning doimiy ravishda chegaralarni buzib, ichkari tomon 
siljiy boshlashlari, Xorazmda deyarli mustaqil Ma’muniylar sulolasining sa’y- harakatlari, 
harbiy sarkarda, zodagonlarning hokimiyat uchun kurashi, chekka viloyatlardagi notinch vaziyat 
– bularning hammasi amaldagi davlat mavjudligiga chek qo‘yuvchi omillar bo‘ldi. Nasr ilekxon 
boshchiligidagi qoraxoniylar 999 yili Movarounnahr hamda somoniylar vakili Abu Ibrohim 
Muntasirning hokimiyatni qaytarib olishdagi sa’y- harakatlari besamar tugab, uning o‘zi 1005 
yili o‘ldirildi. Shu tariqa Somoniylar sulolasi barham topdi.
Somoniylar Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli 
markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy 
davrida dolzarb masalaga aylangan edi. Yirik yer egasi bo‘lgan Ismoil birinchi navbatda 
mahalliy zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini ko‘zlab ish tutdi. Davlatning iqtisodiy 
kuch qudratini oshirish, qishloq xo‘jaligini, hunarmandchilikni va savdoni rivojlanishi uchun 
keng shart-sharoitlar tug‘dirib berish lozim edi. Shu maqsadda Ismoil katta va yaxshi 
qurollangan, saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk g‘ulomlaridan 
iborat qismlarni tuzishga e’tibor berdi. Natijada Somoniylar davlati tez orada musulmon 
sharqidagi markazlashgan kuchli davlatga aylandi. Mamlakatning qudratini mustahkamlash 
maqsadida Ismoil Somoniy bir qancha islohotlar o‘tkazdi. Mana shunday islohatlardan biri 
davlatni boshqarish ma’muriyatini joriy qilish bo‘ldi. Bu ma’muriyat dargoh – amir saroyi va 
devon – davlat idorasi, vazirliklardan iborat bo‘lgan.
Davlatni boshqaruvchi oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Ismoil Somoniy o‘z davrida 
markazlashgan davlat boshqaruvi tizimini joriy etgan edi. Somoniylar davlati majmuini 
mustahkamlashda Nuh II Somoniyning ma’rifatli vazirlari Abdulloh Muhammad Jayhoniy va 
Abufazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta bo‘lgan. Somoniylar hukmronligi davrida 
bosh vazir lavozimiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmui dargoh (amir 
saroyi) va devonga (vazirliklar, davlat idorasi) bo‘lingan. 


36 
Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Nasr II davrida Buxoro registonida davlatdagi 10 ta 
devonga atab maxsus 10 ta bino qurilgan.
Somoniylar davrida viloyat va tumanlar amir tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan 
idora qilingan. Odatda bunday lavozimga mahalliy boy zodagonlar tavsiya etilgan. Somoniylar 
davlatida musulmon ruhoniylarining ta’siri nihoyatda kuchli bo‘lgan. Ular markaziy hokimiyat 
ishlarida ham faol ishtirok etganlar. Somoniylar davlatining diniy hayotida hanifiylar 
mazhabligiga mansub ruhoniylar hamma diniy lavozimlarni o‘z qo‘llariga olishgan. 
Ruhoniylarning boshlig‘i “ustod”, keyinchalik “Shayx ul-islom” deb atalgan. “Ustod” dan so‘ng 
o‘z lavozimi bo‘yicha ruhoniylar orasida “xatib” turgan. U jome’ masjidlarida juma namozida 
xutba o‘qish huquqiga ega bo‘lgan. Bu davrda Buxoro Sharqdagi islom olamining eng nufuzli 
markazlaridan biriga aylanadi. Movarounnahrdagi dastlabki madrasalarning bu yerda barpo 
etilishi ham bejiz emas. 
Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida 
Movarounnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy 
hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur’atlar bilan 
rivojlana boshladi. Movarounnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy jihatdan eng 
rivojlangan o‘lkalaridan hisoblangan.
Umuman, Somoniylar davrida Xuroson va Movarounnahr qishloq xo‘jaligining turli 
tarmoqlari xususan, dehqonchilik yaxshi rivojlangan. Somoniylar davrida dehqonchilik bilan bir 
qatorda hunarmandchilik ham keng sur’atlar bilan tarqalgan. Shahar aholisining ko‘p qismi 
hunarmandchilikning turli sohalari bilan mashhur bo‘lishgan. Manbalarda qayd qilinishicha, 
Movarounnahrda, ayniqsa to‘qimachilik yaxshi taraqqiy qilgan. Bu yerlarda ipak va jundan 
tayyorlangan turli-tuman gazlamalar o‘zining yuqori sifatliligi, bejirim va nafis naqshlari bilan 
ajralib turgan. Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vedar va Surxondaryodagi Darzangi 
to‘qimachilarining mahsulotlari faqatgina Movarounnahr va Xurosondagina emas, balki Iroq, 
Eron va Hindistonlarda ham ma’lum bo‘lgan. Xususan, Narshahiyning yozishicha, Zandanada 
tayyorlangan gazlamalarga Sharq bozorida ehtiyoj juda katta bo‘lgan. Ibn Xavqal va 
Muqaddasiyning qayd etishicha, Vedarda tayyorlangan yuqori sifatli gazlamalar aholining 
yuqori tabaqalari orasida juda qadrlangan. Bu gazlamalardan asosan amirlar, vazirlar, turli 
amaldorlar, qozilar o‘zlariga liboslar tiktirganlar. Vedar gazlamasi hatto Xuroson parchasi ham 
deb atalgan. Gazlamalarning turli navlari bundan tashqari Keshda, Nasafda, Dabusiyada va 
ko‘pgina boshqa shaharlarda ham tayyorlangan.

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling