Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА O`zbekistonning eng yangi tarixi 2022 (2)
Katta Xorazm – Amudaryo quyi havzasidan Turkmaniston janubiga qadar, shuningdek,
O‘rta Osiyoning markaziy tumanlarini o‘ziga birlashtirgan, O‘rta Osiyoning keng hududlarini o‘z nazoratida tutgan qabilalar konfederatsiyasi hisoblangan. Xorazm davlati egallagan hududlar ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan ancha janubga, ya‘ni Murg‘ob va Tajang daryolari atroflariga qadar ham yoyilgan. Shu boisdan bu qadimgi tarixiy o‘lka fanda 2 xil: Katta Xorazm va Qadimgi Xorazm nomlari bilan ma‘lum. «Avesto»da Katta Xorazm davlati haqida bir qancha ma‘lumot bor. Unda Xorazm O‘rta Osiyodagi rivoj topgan, o‘z hududiy chegaralariga ega bo‘lgan o‘lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma‘lumoticha, qadimda Oks (Amudaryo) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun‘iy sug‘orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho‘lli, sahroli yerlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot taassurotlarida Xorazm o‘lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega bo‘lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug‘doy, suli, arpa, meva – sabzavotchilik mahsulotlarini mo‘l-ko‘l yetishtirganligi qayd etib o‘tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g‘isht, paxsalardan keng foydalanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o‘ziga xos ko‘rkamligi ta‘minlangan. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog‘ – kon ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib olingan qimmatbaho ma‘danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko‘rsatkichiga yetganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullangan, ularning tuya, ot, qo‘y – echkilardan iborat ko‘plab chorva mollari bo‘lgan. Savdo bozorlarida g‘alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh qilingan. Miloddan avvalgi IV asrda Amudaryo quyi oqimi hududida Qadimgi Xorazm davlati tashkil topdi. Ushbu asrda Katta Xorazmning Amudaryoning quyi oqimidagi hududi Qadimgi Xorazm davlatiga uyushadi. Bu paytda Xorazmda Farasman ismli shoh bo‘lganligi manbalarda tilga olinadi. U g‘oyatda tadbirkor xukmdor bo‘lgan. U Iskandar Zulqarnaynga elchi jo‘natib, uning Xorazm tomonga yurishini oldini oladi. Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling