Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Urushdan keyingi yillarda xalq xo‘jaligining tiklanishi. Ma’muriyatchilikning kuchayishi, ziyolilarni qatag‘on qilishning yangi bosqichi. Reja
- Adabiyotlar
Nazorat uchun savollar:
Urushning dastlabki kunlarida fashist bosqinchilariga qarshi janglarda o‘zbekistonlik jangchilar ko‘rsatgan jasorat haqida nimlarni bilasiz? O`zbekistonlik jangchilar Moskva uchun janglarda qanday jasorat ko‘rsatdilar? Urushda tub burilish yasashga o‘zbekistonlik jangchilar qanday hissa qo‘shdilar? O`zbekistonlik partizanlardan kimlarni bilasiz? Ularning jasorati haqida so‘zlab bering. Yevropa mamlakatlarini fashizm asoratidan xalos etishga o‘zbekistonlik jangchilar qanday hissa qo‘shdilar? Sobir Rahimov general unvonini qachon olgan, uning jasoratini bilasizmi? “Turkiston legioni” nima, nima uchun u barbod bo‘ldi? Urush O`zbekiston xalqi boshiga qanday kulfatlar keltirdi? “Xotira va Qadrlash” kuni haqida nimalarni bilasiz? Mavzu: Urushdan keyingi yillarda xalq xo‘jaligining tiklanishi. Ma’muriyatchilikning kuchayishi, ziyolilarni qatag‘on qilishning yangi bosqichi. Reja: 1) O`zbekiston xalq xo‘jaligining tinch qurilishga o‘tishi. 2) Ma’muriyatchilikning kuchayishi. 3) Ziyolilarni qatag‘on qilishning yangi bosqichi. Adabiyotlar: 1. «O`zbekistonning yangi tarixi”, 2-kitob, T.”Sharq”. 2000, 501-520 betlar. 2. Usmonov Q, Sodiqov M «O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yy.). T.”Sharq”2003, 178-188 betlar. 1-masala: Urush tamom bo‘lgach, O`zbekiston xalq xo‘jaligini tinch qurilishga o‘tkazish va tiklash ishlari boshlandi. Bu jarayon boshqa respublikalardan birmuncha farq qilardi. G`arbiy viloyatlar va respublikalarda birinchi navbatda vayron bo‘lgan xo‘jalikni tiklashga e’tibor berilgan bo‘lsa, O`zbekistonda xo‘jalikni tinch qurilishga o‘tkazish birinchi darajali vazifa edi. Sovet davlati dasturlarida asosiy mablag‘lar va vositalar g‘arbiy hududlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, Sharqdagi hududlar, jumladan, O`zbekiston o‘z mablag‘larigagina tayana olardi. Buning ustiga yuqoridan tiqishtirilgan baynalmilallik tamoyiliga ko‘ra O`zbekiston xo‘jalikni tiklashdagi, aholini oziq-ovqat va iste’mol mollari bilan ta’minlashdagi tasnqisliklarga, malakali ishchi va mutaxassislar yetishmasligiga qaramay, g‘arbiy hududlarga har jihatdan yordam berishga mjbur qilinar edi. O`zbekiston aloqachilari Dnepropetrovsk viloyatiga 300 mutaxassis, Toshkent temir yo‘lchilari g‘arbdagi temir yo‘llarda ishlash uchun 230 kishi yubordilar. O`zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston respublikalari, Rossiyaning sharqiy viloyatlari, Chuvashiston, Tatarison va Boshqirdiston avtomon respublikalari, Ukrainaga 5 ming traktor, 300 avtomashina, 500 traktor plugi va ko‘p miqdorda boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari yetkazib berdilar. Donbass shaxtalarini qayta tiklashga O`zbekiston nasoslar, kompressorlar, ko‘targich kranlar, elektr kabellari va boshqa uskunalar yubordi. 1946-yil 18-mart kuni SSSR Oliy Kengashi tomonidan “SSSR xalq xo‘jaligini tiklash va yanada rivojlantirishning 1946–1950-yillarga mo‘ljallangan rejasi haqida qonun” qabul qilindi. Rejada vayron bo‘lgan xo‘jalikni tiklash, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada oshirishga erishish vazifasi ilgari surildi. O`zbekiston rahbariyati Markaz tomonidan real imkoniyatlardan kelib chiqmagan, texnika vositalari va moliyaviy resurslar tanqisligiga qaramay oshirib belgilangan ko‘rsatkichlarni e’tirof etishga majbur bo‘ldi va respublikada amalga oshriladigan tadbirlarni belgilab chiqdi. Markazning O`zbekistonni asosiy paxta bazasi sifatida qoldirishdan iborat yo‘li qat’iy edi. Shu bois urushdan keyin respublikadagi mashinasozlik zavodlari qurol-aslaha va boshqa harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishdan qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarishga moslab qayta jihozlandi. Kimyo sanoati korxonalari mineral og‘itlar ishlab chiqarishga moslab qayta qurildi. Yengil va oziq-ovqat sanoati xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirdi. Urush yillarida boshlangan yirik inshoatlar, jumladan, quvvatiga ko‘ra SSSRda uchinchi o‘rinda turuvchi Farhod GESining birinchi va ikkinchi navbatlari, O`zbekison hamda boshqa respublikalar sanoati uchun yuqori sifatli po‘lat yetkazib beruvchi Bekobod metallurgiya kombinatining yangi korxonalari va boshqalar qurilishi davom etdi. 1946–1950-yillarda 150 dan ortiq yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Yoqilgi` sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg‘ona vodiysida Moyli va Shahrixon, Surxondaryo viloyatida Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neft haydash zavodi kengaytirildi. Yengil sanoat o‘sib bordi. Farg‘ona va Q`oqonda yangi to‘qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samar qand va Namanganda ip yigirish fabrikalari ishga tushirildi. Transport tarmoqlari va yuk tashish ancha kengaydi. O`zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston hududlarini bog‘lovchi Chorjo‘y-Qo‘ng‘irot temir yo‘l magistralining qurilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkentda 29 km. uzunlikdagi dastlabki trolleybus yo‘li ishga tushirildi. Sanoat korxonalarini malakali ishchilar va mutaxassislar bilan ta’minlash choralari ko‘rildi. Ishchilar tayyorlash hunar maktablari, fabrika zavod ta’limi tarmoqlari, temir yo‘l bilim yurtlari, shuningdek, korxona va muassasalarning o‘zlarida tashkil etilgan kurslar orqali amalga oshirildi. Respublika dehqonlari qishloq xo‘jaligini, ayniqsa paxtachilikni tiklashga va rivojlantirishga katta kuch sarfladilar. Qishloq xo‘jaligida paxta ekiladigan maydonlarni yildan-yilga ko‘paytirish asosiy vazifa bo‘lib qoldi. Paxta va bedani almashlab ekish uchun ajratiladigan sug‘oriladigan maydonlarni 1945-yildagi 947 ming gektardan 1947-yilda 1287 ming gektarga, 1953-yilda 1500 ming gektarga yetkazish belgilangan edi. Ayni paytda g‘alla, qand lavlagi, poliz va sabzavot ekiladigan maydonlar qisqarib bordi. O`zbekiston xalq xo‘jaligini tiklash uchun ajratilgan mablag‘larning katta qismi paxtachilikkka yo‘naltirildi va uning bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlarga sarflandi. Respublika traktor parklari ancha ko‘paydi, kolxozlarga texnik xizmatni ko‘rsatuvchi MTSlar soni 245 taga yetdi. 1950-yil avgustida bo‘lgan O`zbekiston Kompartiyasi MQning VI plenumi qarorlari asosida kolxozlar yiriklashtirildi. O`zbekiston SSRdagi 1777 ta mayda kolxoz o‘rniga 1950-yil avgustida 752 ta yirik kolxoz vujudga keldi. Kolxozlar, sovxozlar, MTSlarni rahbar xodimlar va mutaxassislar bilan mustahkamlash choralari ko‘rildi. 1949-yil yanvarida bo‘lgan respublika komsomolining XII s’ezdi 20 ming komsomol a’zosini Mirzacho‘lda doimiy ishlash va yashash uchun safarbar etishga qaror qildi. 1949-yil 15-martigacha Sirdaryo, Mirzacho‘l, Bekobod, Bo‘ka tumanlariga 14,5 ming kishi, shulardan 10,5 ming komsomol a’zosi doimiy ishlash uchun keldi. Amalga oshirilgan tadbirlar ijobiy natija bera boshladi. Paxta hosildorligi birmuncha oshdi. 1940-yilda gektaridan 14,9 s, 1945-yilda 10,9 s hosil olingan bo‘lsa, 1950-yilda respublika paxtakorlari 2282,4 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirdilar, hosildorlik gektariga 20,1 s ga yetdi. Qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini tiklash tadbirlari ham amalga oshirildi. Respublika chorvachiligida murakkab vaziyat yuzaga kelgan edi. Urush yillarida chorva mollari 1 mln. boshdan ziyodroqqa kamaygan edi. Chorvachi bo‘lmagan kolxozlarga jamoat chorvasini vujudga keltirishga yordamlashildi. Ammo respublika chorvachiligida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish qoniqarsiz ahvolda qolaverdi. Buning asosiy sabablari chorvachilikda moddiy-texnik bazaning nochorligi, chorva mollari zotini yaxshilash ishlarining yo‘lga qo‘yilmaganligi, chorvadorning o‘z mehnatidan moddiy manfaatdor emasligi va boshqalardan iborat edi. Respublika dehqonlari g‘alla yetishtirish, bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish sohasida ham ter to‘kib mehnat qildilar. Ammo 1950-yil da ham bug‘doy, arpa, sholi, kartoshka, sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirish urushdan oldingi darajadan ancha past bo‘ldi. Buning asosiy sababi bunday mahsulotlarni yetishtirish uchun sug‘oriladigan ekin maydonlarining qisqartirilishi, bu sohaga yetarli moliyaviy va texnika vositalarining ajratilmasligi edi. Urushdan keyingi yillarda maktab yoshidagi barcha bolalarni maktablarga to‘la jalb qilish tadbirlari amalga oshirildi. Urush yillarida harbiy muassasalarga berilgan maktab binolari xalq maorifi organlariga qaytarib berildi. Ular qayta ta’mirlanib bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlari yo‘lga qo‘yiladi. 1950-yilda 37 oliy o‘quv yurtida 40 ming talaba o‘qidi, bu 1940-yilga nisbatan ikki baravardan ko‘p edi. O`zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibidagi 23 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari xo‘jalikni tiklash va yanada rivojlantirishga ko‘maklashuvchi ilmiy izlanishlar olib bordilar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling