Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
2-masala:
O`zbekistonliklar 62- va 63-armiyalar safida turib tarixiy Stalingrad jangida qahramonona jang qildilar. Janglar avjiga chiqqan paytda Stalingradga Samarqandda va Farg‘onada tuzilgan 90- va 94-o‘qchi brigadalar yetib kelib jangga kirdilar. Bu brigadalar asosan o‘zbek yigitlaridan tuzilgan bo‘lib, komandirlar orasida S.Nuriddinov, V.Umarov, A.Murodxo‘jayev, F.Norxo‘jayev va boshqalar bor edi. 21-otliq askarlar diviziyasining baland jangovar ruhda jang qilishida diviziya komissari, keyinroq general-mayor unvoniga erishgan Mullajon Uzoqovning xizmati katta bo‘ldi. 128-gvardiyachi Turkiston tog‘-o‘qchi diviziyasi askarlari dushmanga qarshi shiddatli zarbalari bilan shuhrat qozondilar. Kichik leytenant M.Kabirov vzvodi Perelovsk xutori yonidagi tepalikni egallash uchun bo‘lgan qattiq jangda tirik qolgan 11 jangchi dushmanning 300 jangchisiga qarshi 12 kun davomida tepalikni qo‘ldan bermay jang qilishdi va dushmanni o‘sha tepalik yonida to‘xtatib qolishdi. Ularning 9 tasi o‘zbek, 1 tasi qozoq va 1 tasi tatar edi. Og‘ir jangda B.Alimbekov, D.Ahmedov, B.G`afforov, S.Mardonov, H.Musayev, S.Payziyev, N.Haitov, S.Tlenovlarning qoni ana shu tepalikda abadiy qoldi. Faqat Abdurahmon Erdonov va M.Kabirovlar tirik qolishdi. Bu tepalik hozirgacha “Sharqning 11 qahramoni tepaligi” deb atalib kelinmoqda. Mashhur Pavlov uyini mudofaa qilishda qatnashgan o‘zbek yigiti Kamoljon Turg‘unov, Stalingrad jangida o‘zining motoo‘qchilar rotasi bilan dushmanning 400 askar va zobitini qirib tashlagan, 230 tasini asirga tushirgan va ko‘pgina qurol-aslahani qo‘lga tushirgan namanganlik yigit Mamasoli Jabborov, 400 dan ortiq askarni o‘z pulemyotida yer tishlatgan buxorolik mergan Haitov, Toshkent pedagogika institutining talabasi Yelena Stempkovskayalar jasorati Stalingrad jangi solnomasidan munosib o‘rin egallaganlar. O`zbekistonlik jangchilardan 2738 kishi “Stalingrad mudofaasi uchun” medali bilan mukofotlandi. 1943-yil yozida Kursk yoyida bo‘lgan qattiq janglarda O`zbekistonda tuzilgan 62- va 69-o‘qchi diviziyalar, 162- O`rta Osiyo-Novgorod-Shimol askar va zobitlari alohida jasorat ko‘rsatdilar. O`zbekistonliklar, shuningdek, 5- va 15-o‘qchi diviziyalar hamda 5-gvardiyachi va 62-gvardiyachi o‘qchi diviziyalar tarkibida ham jang qildilar. Zolotaryovka qishlog‘ uchun bo‘lgan qattiq jangda farg‘onalik Ahmadjon Shukurov dushmanning 110 ta askar va zobitini yer tishlatdi hamda 15 tasini asir oldi. Bu jasorati uchun unga Qahramon unvoni berildi va Zolotaryovka qishlog‘i Shukurovka deb ataladigan bo‘ldi. Kursk jangida Zilmat Hasanov bir o‘zi 80 fashistga qarshi jang qilib, 60 dan ortig‘ini qirib tashladi, patronlari tugagach, qaltis paytda o‘zini ham, dushmanlarni ham portlatib yubordi. Kurskda porloq g‘alabaga erishilgach, qizil armiyaning 2 ming km. uzunlikdagi frontlarda qudratli strategik hujumi boshlanib ketdi. Dnepr daroysini kechib o‘tishda Toshkentda tuzilgan 441-o‘qchi diviziya jasorat ko‘rsatdi. Fashistlar o‘q yo‘gdirib, ularni yo‘q qilib tashlashga intildilar. Tirik qolgan 10 tacha jangchi rota komandiri Jo‘raxon Usmonov boshchiligida madad kelgunicha ikki kecha-kunduz davomida marrani egallab turdi. Bo‘linmaning barcha jangchilari yuksak mukofotlarga sazovor bo‘li, Jo‘raxon Usmonov Qahramon unvoni bilan taqdirlandi. Dneprni birinchi bop`lb kechib o‘tganlar orasida buxorolik starshina Vali Nabiyev, andijonlik Qambarali Do‘stmatov, qoraqalpoq Xudoybergan Shoniyozov, shofirkonlik Xalloq Aminov, romitanlik Sharif Ergashev, Buxorodan chiqqan T.A.Tixonov va boshqalar bor edi. Dneprni kechib o‘tishda, uning o‘ng qirg‘og‘idagi istehkomlarni egallashda ko‘rsatgan jasorati uchun jami 26 o‘zbek yigitlariga Qahramon unvoni berildi. Kurskdagi ga`laba va dushmanning Dneprdan uloqtirib tashlanishi natijasida jahon urushining borishida tub burilish yasaldi, harbiy strategik tashabbus dushmandan batamom tortib olindi. Stalingraddagi g‘alaba Gitler Germaniyasining yengilishi muqarrarligini ko‘rsatgan bo‘lsa, Kursk va Dneprdagi g‘alaba nemis-fashist qo‘shinlarini halokatga mahkum etdi. O`zbekistonlik jangchilar Leningrad qamalini yo‘q qilish, Ukraina, Belorussiya, Moldova va Boltiqbo‘yi respubliklarini dushmandan ozod qilsih uchun bo‘lgan jangllarda qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. 1944-yil kuz oylariga kelganda dushman mamlakatdan butunlay haydab chiqarildi, SSSR chegaralari tiklandi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling