Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar
Download 0.77 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)
4-masala:
XX-asrning 50–80-yillarida transport tarmog‘i ancha rivojlandi. Respublikamiz shahar, viloyat, tumanlarini bog‘lovchi, qo‘shni respublikarga chiquvchi temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari qurildi, havo transporti rivojlandi. 50-yillarda uzunligi 627 km. bo‘lgan Chorjo‘y – Qo‘ng‘irot temir yo‘li qurildi va Quyi Amudaryo shahar va tumanlari O`zbekistonning boshqa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan temir yo‘l orqali bog‘landi. 1962-yilda qurilgan uzunligi 280 km. bo‘lgan Navoiy – Uchquduq temir yo‘li yangi topilgan konlarni sanoat markazi bilan bog‘ladi. Mirzacho‘l, Jizzax, Qarshi cho‘llarida yangi yerlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq ravishda 1962-yilda 133 km.lik Jizzax – Mehnat, 1970-yilda 144 km.lik Samarqand – Qarshi temir yo‘llari qurildi. 1974-yilda 218 km.lik Termiz – Qo‘rg‘ontepa, 1975-yilda 13 km.lik Taxiatosh – Nukus temir yo‘llari qurilib ishga tushirildi va Qoraqalpog‘iston poytaxti respublikaning temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘landi. 1972-yili 408 km.lik Qo‘ng‘irot – Beynov temir yo‘lining qurilishi natijasida O`zbekiston va boshqa O`rta Osiyo respublikararidan Ittifoqning Yevropa qismi va Kavkazga tomon ikkinchi temir yo‘l ochildi. 1985-yilda respublika temir yo‘llarining uzunligi 3,5 ming km.ni tashkil etdi. 50–70-yillarda respublikada zamonaviy avtomobil yo‘llari qurildi yoki qaytadan ta’mirlandi. Toshkent – Termiz Katta O`zbekiston trakti ta’mirlangan bo‘lsa, Toshkent – Olmaliq, Toshkent – Buxoro – Nukus, Mo‘ynoq – Zarafshon, Samarqand – Chorjo‘y, Farg‘ona halqa yo‘li, Toshkent halqa yo‘li qurilib foydalanishga topshirildi. To‘rtkol – Nukus – Taxtako‘pir Qoraqalpog‘iston trakti qurildi. Qizilqum cho‘lini kesib o‘tuvchi Buxoro – Gazli – Sazakino avtomagistrali, Qamchiq dovoni orqali Toshkent – Angren – Qo‘qon yo‘li qurildi. Toshkentdan barcha viloyat markazlariga va yirik shaharlarga, tuman markazlaridan kolxoz va sovxozlarga, posyolka va qishloqlarga qatnaydigan avtomobil marshrutlari tashkil etildi. Respublikada 70 dan ortiq avtobus-taksomotor parklari barpo etildi va ular o‘z davrining texnika vositalari bilan ta’minlandi. Respublikaning avtomobil yo‘llari uzunligi 80,4 ming km.ni, shu jumladan, usti qattiq qoplama bilan qoplangan yo‘llar 66,7 ming km.ni tashkil etdi. Respublikada havo transportining ahamiyati ham ortib bordi. Havo yo‘llari respublikaning 120 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlarini bog‘ladi. Toshkent havo yo‘llari orqali Ittifoqning markaziy shaharlari, respublikalarning poytaxtlari, yirik sanoat markazlari bilan bog‘landi. O`zbekiston havo yo‘llarining uzunligi 60 ming km.ga yetdi. 1985-yilda republika aeroportlarida 5,5 mln.ga yaqin passajir va 63,4 ming tonna yuk jo‘natildi. Shahar yo‘lovchi transporti ham kengaydi. 1947-yilda Toshkentda temir yo‘l vokzali bilan eski shahar orasida uzunligi 18 km. bo‘lgan birinchi trolleybus yo‘li qurilib, 10 ta trolleybus qatnay boshladi. 1946-1947 yillarda shaharlarda taksi mashinalari orqali passajirlar tashish yo‘lga qo‘yildi. Trolleybus qatnovi 1956- yilda Samarqand, 1968-yilda Olmaliq, 1970-yilda Farg‘ona, 1971-yilda Andijon, 1973-yilda Namangan shaharlarida ham yo‘lga qo‘yildi. 1985-yilga kelganda respublika shaharlaridagi tramvay yo‘llarining uzunligi 250,5 km.ga, trolleybus yo‘l-lari 541,4 km.ga yetdi. Respublikaning 80 ta shahar va posyolkalarida avtobuslar qatnovi tashkil etildi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda Toshkent metropolitenining o‘rni katta edi. Toshkent metrosi 1972-yildan boshlab qurila boshlandi. Uning 12,1 km.lik birinchi yo‘nalishi 1977-yilda, ikkinchi yo‘nalishi 80-yillarda foydalanishga topshirildi. Respublikada aloqa vositalari tarmog‘i kengaydi. Urushdan keyingi yillarda shaharlararo telefon, telegraf aloqalarining keng tarmoqlari vujudga keldi. Kabel va radiorele liniyalari qurildi. 1965-yilda Toshkent Moskva va Ittifoqning boshqa shaharlari bilan koaksial kabeli orqali bog‘landi. 1971-yilda Toshkentda shaharlararo kuchli avtomatik telefon stansiyasi ishga tushirildi. 1972-yilda Samarqand, Buxoro, Termiz, keyinroq Namangan, Qarshi, Farg‘onada AMTS-IM tipidagi shaharlararo avtomatik stansiyalar ishga tushirildi. 1985-yilda shaharlardagi telefon stansiyalarining abonent telefonlari soni 953,9 mingtaga yetdi. Kolxoz va sovxozlar telefonlashtirildi. 1985-yilda respublikada 4166 ta pochta, telegraf va telefon aloqalari korxonalari ishladi. Radio eshittirish tarmoqlari kengaydi. 1956-yil 5-noyabrda O`zbekistonda birinchi marta Toshkent televizion markazi ishlay boshladi. 60-yillarning oxirlarigacha Farg‘ona vodiysi, Samarqand viloyati ham televizion ko‘rsatuvlar bilan ta’minlandi. 1977-yilda Samarqand va Andijonga Toshkent televideniyasining ikki kanalini rangli tasvirda uzatishga erishildi. 1978–1979-yillarda Toshkentda balandligi 350 metrli televizion minora qurildi. Urganch va Nukusda telemarkaz qurilib ishga tushirildi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling