Mavzu: Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar


Download 0.77 Mb.
bet57/78
Sana13.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1352419
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi ( Gofforov, Yunusov, Sharipov)

3-masala:
50–80-yillarda O`zbekistonda qurilish matetiallari sanoati rivojlandi. Urushgacha O`zbekiston hududida bir necha kichik g‘isht zavodlari, 1926-yilda Bekobodda qurilgan Xilkovo sement zavodi, 1932-yilda qurilgan Quvasoy sement zavodi ishlagan bo‘lsa, 1985-yilda qurilish materiallari sanoatining ko‘plab korxonalari turli xil qurilish mahsulotlari ishlab chiqardi. Shular jumlasiga Bekobod, Quvasoy, Angren, Ohangaron, Navoiy, Qumqo‘rg‘on yirik sement zavodlari, Toshkent, Chirchiq, Yangiyo‘l, Angren, Ohangaron, Bekobod, Bektemir, Jizzax, Samarqand, Andijon, Chirchiq, Farg‘ona, Qarshi, Nukusdagi yirik panelli uysozlik kombinatlari va boshqalar kiradi. Hozirgi zamon qurilishida keng foydalanilayotgan marmar va boshqa bezak toshlar asosida toshtaxtalar tayyorlash keng taraqqiy topdi. O`zbekistonda 34 ta marmar koni bor. Toshkent, G`azalkent, Ohangaron, Kitob, Nukus va G`azg‘onda marmarni qayta ishlash, undan qurilish materiallari tayyorlash zavodlari va kombinatlari qurildi.
Respublikada yengil sanoatni ustun darajada rivojlantirishga imkon beruvchi barcha omillar mavjud edi. Birinchi navbatda, ko‘plab paxta, pilla, kanop xom ashyosi yetishtirilardi. 50–80-yillarda O`zbekistonda yengil sanoat bir tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirildi. Asosiy e’tibor paxta qabul qilish, paxta tozalash, pillakashlik, qorako‘l teriga kanop tolasiga dastlabki ishlov berish, yung yuvish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. O`zbekiston bunday xom ashyolardan tayyor mahsulotlar tayyorlash imkoniyatiga ham, huquqiga ham ega emas edi. Bu masalani Markaziy hokimiyat hal qilardi. Tayyor xom ashyo Rossiya sanoat korxonalariga, Ittifoqning boshqa shaharlariga olib ketilardi va tayyor mahsulotga aylantirilardi, ortib qolgan xom ashyo boshqa mamlakatlarga sotilardi va undan katta daromad olinardi. Respublikada 80-yillarda 107 paxta tozalash zavodi, ko‘pchiligi qurilish tozalash sexlariga ega bo‘lgan 490 paxta punktlari ishladi. G`ijduvon, Buxoro, Namangan, Juma kabi yirik paxta tozalash zavodlarining har biri yiliga 100 ming tonna paxtani qayta ishlardi. Yiliga respublikada 1,5 mln. tonna paxta tolasi yetishtirilib berilardi. Respublika to‘qimachilik sanoati yetishtirilgan paxtaning atigi 10 foizini qabul qilishi va tayyor mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 70–80-yillarda respublika to‘qimachilik sanoatining yirik korxonalari Buxoro to‘qimachilik kombinati. Andijon ip-gazlama kombinati, Nukus ip-gazlama kombinatining Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Yangiqo‘rg‘on, Beshariq, Rishton, Vobkent, G`ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg‘ona to‘qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1985-yilda 395,7 mln. metrga yetdi.
O`zbekistonda mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan ko‘p tarmoqli oziq-ovqat sanoati kompleksi barpo etildi. Uning yog‘-moy, konserva, non, un yormasi, qandolat, go‘sht, sut, baliq, choy, tamaki, vino yetishtiruvchi tarmoqlari ishladi. 1985-yilda oziq-ovqat sanoati kompleksida 271 korxona faoliyat ko‘rsatdi. Tarmoqning respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmidagi salmog‘i 14 foizni tashkil etardi. Bu tarmoqda yog‘-moy sanoati yetakchi o‘rinda turardi. 1985- yilda 17 ta yirik yog‘-moy korxonasi 445,1 ming tonna paxta yog‘ini ishlab chiqargan. Go‘sht kombinatlarida 232,3 ming tonna go‘sht, 54 ming tonna kolbasa mahsulotlari yetishtirilgan, 24 ta sut zavodida 554 ming tonna sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 ming tonna mol yog‘i yetishtirlgan. Respublikada qandolat sanoati ham birmuncha o‘sdi. 50-yillarda Namangan va Buxoro shaharlarida konditer-makaron fabrikalari, 1964-yilda Yangiyo‘l konditer fabrikasi ishga tushirildi. Toshkentdagi “O`rtoq” konditer fabrikasi 1965-yilda tubdan rekonstruksiya qilindi. 1968-yilda Yangiyo‘lda achitqi zavodi qurildi. 1985-yilda qandolat sanoati tarmog‘iga qarashli 60 ga yaqin zavod va sexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Respublika sanoati bir tomonlama rivojlantirildi, boshqa mintaqalardagi korxonalar uchun xom ashyo bazasiga aylantirildi. Respublika aholisi boy tabiiy resurslardan, og‘ir mehnat evaziga yetishtiriladigan qimmatbaho paxta xom ashyosidan bahramand bo‘lolmasdi. Respublikada anchagina yirik sanoat korxonalari qurildi, biroq ular mustaqil ravishda tayyor mahsulot ishlab chiqara olmas edi. Bu korxonalarda tayyorlanadigan mashinalar, asbob-uskunalar uchun zarur bo‘lgan asosiy detallar boshqa mintaqalardan keltirilar edi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling